1. Shakli o’zgargan yer usti novdalari haqida to’g’ri ma’lumot keltiril


Download 19.87 Kb.
Sana25.11.2020
Hajmi19.87 Kb.
#151717
Bog'liq
Biologiya Ma'rufga


Biologiya

1. Shakli o’zgargan yer usti novdalari haqida

to’g’ri ma’lumot keltirilmagan javobni toping.

A) qulupnay jingalagi, kaktus tikani

B) do’lana tikani, no’xat gajagi

C) akatsiya gajagi, loviya tikani

D) bodring jingalagi, zirk tikani

2. Evolyutsiya davomida to’garak

chuvalchanglarda paydo bo’lgan proggressiv

o’zgarishlarni aniqlang.

1) tana bo’shlig’i; 2) oshqozon; 3) o’rta va

keyingi ichak; 4) anal teshigi; 5) qon aylanish

sistemasi; 6)kipriklar bilan ta’minlangan

varonkasimon ayirish sistemasi; 7) halqum usti

va osti nerv tuguni, qorin nerv zanjiri

A) 1, 2, 3, 4, 7 B) 1, 3, 2 C) 1, 4 D) 1, 4, 5, 6

3. Tarkibida xloroplasti bo’lmagan o’simlikni

toping.

A) xlorella B) elodiya

C) ban’yan D) xlomidamonada

4. Agar polimyelit virusi orqa miyaning dumg’aza

segmentlarini zararlasa quyidagilardan

qaysilarining nerv orqali boshqarilishi buziladi?

A) me’da osti bezi, jigar, ko’ndalang ichak



B) buyrak kapsulasi, bachadon, qovuq

C) diafragma,sigmasimon ichak, tuxumdon

D) urug’don, to’rt boshli muskul, oshqozon

5. Mollyuskalar bilan baqalarning o’xshashlik

tomonini toping.

A) o’pka xaltalari bor

B) teri orqali nafas oladi

C) qon aylanish sistemasi o’xshash

D) nerv sistemasi o’xshash

6. Quyida berilganlardan to’g’risini tanlang.

A) xromasomalarning spirallashmagan qismi

to’q bo’yaladi va geteroxromatin deyiladi.

B) noteng yelkali xromasomalar akrosentrik

deyiladi

C) turning biotizm sifatida mavjudligini

belgilab beruvchi faqatgina biotik omillar

yig’indisiga ekologik nisha deyiladi



D) tuproq muhitida yashovchi organizmlar

edafobiontlar deyiladi

7. Yorug’sevar o’t o’simliklarning baland

daraxtlar soyasida o’sishi quyidagilardan qaysi

biriga misol bo’ladi?

A) neytralizm B) amensalizm

C) mutualizm D) kommensalizm

8. Mayda kurtaklaridan o’yilgan barg hosil

qiluvchi o’simlikni toping.

A) tok B) tut C) terak D) qayrag’och

9. Quyidagi raqamlarni ularga mos organlar

bilan to’g’ri juftlangan javobni aniqlang.

a-qizilo’ngach; b-og’iz bo’shlig’i c-jig’ildon

d-kloaka e-oshqozon f-oshqozonosti bezi

j-buyrak m-kekirdak h-o’pka o-havo xaltasi

n-jigar

A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-f, 5-e, 6-d, 7-n, 8-m, 9-o, 10-h, 11-j



B)1-b, 2-c, 3-a, 4-e, 5-f, 6-d, 7-j, 8-m, 9-h, 10-o,

11-n


C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-e, 5-j, 6-m, 7-o, 8-d, 9-n, 10-h, 11-f

D)1-b, 2-a, 3-c, 4-e, 5-f, 6-d, 7-o, 8-m,9-h,10-j, 11-n

10. Soyaga chidamli (a) yorug’sevar (b)

soyasevar (c) o’simliklar to’g’ri juftlangan

javobni aniqlang.

1) qizil suvo’t; 2) lipa 3) plaun;

4) shakarqamish; 5) anturium; 6) nastarin;

7) qirqbo’g’im; 8) monstera; 9) yo’sin;

10) giasint; 11) sorgo; 12) qulupnay;

13) qirqquloq; 14) yapon saforasi; 15) binafsha;

16) qo’ng’ir suvo’t

A) a-1,3,7,9,13,16; b-2,4,5,6,8,10; c-11,12,14,15;



B) a-2,6,12,15; b-4,5,8,10,11,14; c-1,3,7,9,13,16;

C) a-1,3,6,8,12,16; b-2,4,7,9,11,15; c-5,10,13,14

D) a-1,9,12,14,15; b-2,3,5,8,11; c-4,6,7,9,10,13

11. And markazida tarqalgan o’simliklar qaysi

javobda to’g’ri keltirilgan?

A) bug’doy, soya, beda, arpa

B) kakao daraxti, banan, kofe daraxti

C) tamaki, ananas, kartoshka

D) zaytun, qalampir, oq jo’xori

12. Klaynfelter sindromi bilan kasallangan

yigitning mitoz profaza bosqichida autosoma

xromasoma va DNK sonini aniqlang.

A) 44, 94 B) 44, 90 C) 44, 45 D) 88, 90

13. Quyidagilardan xloroplastga xos

xususiyatlarni belgilang.

1) ATF sintez qiladi; 2) membranasida ko’p

fermentlar bor; 3) hosil bo’lgan ATF

hujayraning hayotiy jarayonlariga sarflanadi;

4) anaerob sharoitda sodir bo’ladi; 5) barcha

hujayralarda minglab uchraydi; 6) kislorod

ishtirokisiz ATF sintezlaydi; 7) kislorod

ajraladi; 8) o’simlik hayvon, zamburug’

hujayralarida uchraydi; 9) zamburug’larda

uchramaydi; 10) quyosh energiyasi hisobiga

suvni parchalaydi; 11) quyosh energiyasi

hisobiga ATF hosil qiladi; 12) ATF sarflab

organik modda hosil qiladi;

A) 1, 3, 4, 6, 7, 10, 11 B) 1, 6, 7, 9, 10, 11, 12

C) 2, 5, 7, 8, 11, 12 D) 1, 3, 6, 9, 10, 12

14. Detritlarni hosil qilishda qatnashadigan

konsumentlarni aniqlang.

A) yomg’ir chuvalchangi, kanalar

B) qarag’ay, sharq sauri

C) mog’or zamburug’i, chirituvchi bakteriyalar

D) xemosintezlovchi bakteriyalar, hasharot

lichinkalari

15. Bosh miyaning qaysi qismida oshqozon-ichakda

shira ajralish funksiyasi ta’minlaydigan refleks

markazi joylashgan?

A) oraliq B) o’rta C) uzunchoq D) miyacha

16. Qaysi hayvonlarda qovurg’alar

rivojlanmaganligi uchun ko’krak qafasi hosil

bo’lmaydi?

1) okun; 2) dengiz tulkisi; 3) gekkon; 4) baqa;

5) akula; 6) salamandra; 7) agama; 8) timsoh;



9) triton; 10) toshbaqa;

A) 1, 2, 4, 5, 6, 9 B) 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10

C) 1, 2, 5 D) 4, 6, 9

17. Agar vazopressinning i-RNK molekulasida

9ta kodon bo’lsa, u nechta nukleotiddan tashkil

topgan?


A) 9ta B) 54ta C) 3ta D) 27ta

18. Ovqat tarkibidagi yog’ dastlab qayerga

so’riladi?

A) qonga, keyin to’qima suyuqligiga

B) qonga, keyin limfaga

C) to’qima suyuqligiga, keyin xujayraga



D) limfaga, keyin qonga

19. Quyidagilar orasidan ikkita xivchinga

egalarini tanlang.

1) gidraning hazm qilish hujayrasi

2) qirqbo’g’im spermatozoidi 3) ulotriks

izogametalari 4) xlomidomanada 5) xlorella

6) ulotriks zoosporasi 7) gidra spermatozoidi

A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 4, 5, 6

C) 1, 3, 5, 7 D) 3, 4, 5, 7

20. Chigit po’sti hujayralariga tegishli javobni

toping


1) ko’p yadroli; 2) bir hujayrali; 3) bir yadroli;

4) yumaloq; 5) uzunchoq; 6) rangsiz; 7) ko’p

qirrali; 8) ko’p hujayrali;

A) 1, 4, 6, B) 3, 5, 2 C) 1, 5, 8 D) 2, 3, 7

21. Yuqorida rasmda tasvirlangan o’simlikka

oid to’g’ri ma’lumotni toping.

A) rekombinogenez o’zgaruvchanlikka misol

bo’ladi

B) o’zgarishlar tashqi muhit ta’siriga bog’liqmas

C) o’zgaruvchanlik chegaralari genotip bilan

aniqlanadi

D) o’zgarishlar individual xarakterga ega

22. Quyidagi kasalliklardan tug’ma holatda

uchraydigan kasallikni aniqlang.

1) shabko’rlik; 2) ichterlama; 3) bazedov;

4) yassioyoqlik; 5) nevroz; 6) glaukoma;



7) gemofiliya; 8) botulizm; 9) daltonizm;

10) kesson;

A) 1, 3, 6, 9 B) 2, 3, 7, 8

C) 1, 4, 7, 9 D) 1, 4, 7, 10

23. O’pkasi hamda havo pufaklari yordamida

nafas oladigan, cho’lda uchraydigan

hayvonlarni aniqlang.

A) moyqurt, xo’jasavdogar, to’rg’ay

B) butli o’rgimchak, burgut, bitiniya

C) oqquyruq, qum bo’g’ma iloni, tasqara

D) nereida, charx ilon, qoraqurt

24. No’xat donini sariq rangi(A)yashil rangi(a)

ustidan, tekisligi(B) burushganligi(b)ustidan,

gultojbargining qizil rangi(C) oq rangi(a)

ustidan dominantlik qiladi. Quyidagi genotipga

ega organizmlardan qaysi birining chatishishi

natijasida 4ta sariq, tekis, qizil va 4ta yashil,

tekis, qizil formalarni olish mumkin?

A) AABBCc x AaBbCc B) AaBbCc x aabbcc



C) AaBbCC x aaBBCc D) AAbbCC x aaBbCc

25. A vitaminiga tegishli xususiyatlarni toping.

A) miqdorining ortib ketishi aterosklerozga

moyillikni paydo qiladi.

B) yetishmasligi shabko’rlikka olib kelmaydi.

C) hosil bo’lishida karotinin moddasi ishtirok

etadi.

D) qora smorodina, jigar A vitaminiga boy

mahsulot hisoblanadi.

26. Yirik tuyoqli sutemizuvchi hayvonlardan los

quruqlik ekosistemalarining qaysi biomlarida

tarqalgan?

A) tundrada, dashtlarda

B) mo’tadil iqlim o’rmonlarida, ignabargli

o’rmonlarda

C) tropik o’rmonlarda, sahrolarda

D) o’tloqlarda, taygada, tropik o’rmonlarda

27. Glukozaning kislorodsiz bosqichida 10 mol

ADF ishtirok etgan bo’lsa, kislorodli bosqichida

issiqlik sifatida ajralib chiqqan energiya

miqdorini hisoblang.

A) 7200kj B) 5800kj C) 6400 D) 7600kj

28. Quyidagilar orasidan barg sukkulentlari

(a), poya sukkulentlarini (b) toping.

1) kaktus; 2) aloe; 3) agava; 4) sutlama;

5) molodilo; 6) saksovul;

A) a-1, 2, 5 b-4, 6 B) a-2, 3, 6 b-1,4,5

C) a-2,3,5 b-1,4 D) a-1, 2, 5 b-4, 3, 6

29. Na`matak(a) va tuxumak(b) ga xos bo`lgan

xususiyatlarni aniqlang.

1.guli qiyshiq, yon bargchali 2. bargi murakkab

yonbargchali 3. mevasi chetlari bir-biriga

qo`shilib ketgan meva bargchadan iborat

4. manzarali daraxt 5. o`tkazuvchi sistemasi

o`lik naydan iborat 6. nish urib chiqanidan

keyin ikki urug`palla barg bilan chiqadi

A) a-2, 5 b-1, 6 B) a-1, 6 b-4, 5

C) a-2, 3 b-5, 6 D) a-2, 4 b-1, 3

30. DNK molekulasida 3600ta nukleotid bor.

Umumiy nukleotidlarning 25%ini guanin

nukleotidlari tashkil qiladi. DNKning bir

zanjirida adenin nukleotidlarining 70%i, sitozin

nukleotidlarining esa 30%i joylashgan. Ushbu

DNKdan sintezlangan i-RNKda nechta triplet

kod mavjud.

A) 1800 ta B) 600 ta C) 900 ta D) 1200 ta



Download 19.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling