1. Shamol energiyasi va undan foydalanish asoslari, nazariyasi va amaliyoti


Download 0.57 Mb.
bet2/5
Sana23.10.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1717519
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shamol energetika qurilmalari va elektr stansiyalari (1)

Nsham.oqimi = 0,0049*q*V*F
bu erda: q – havoning zichligi (temperatura va atmosfera bosimiga nisbatan), kg/m3;
V–havo oqimining tezligi,m/s;
F– maydon yuzasi, m2.
Shamol energetik qurilmasi uzatayotgan energiya miqdori, havo oqimi hosil qiladigan energiya miqdoridan tubdan farq qiladi. Chunki havo oqimi energiyasining bir qismi shamol g‘ildiragi parraklarida, reduktor va generatorlarda isrof bo‘ladi. Isrof bo‘lgan energiya miqdori, shamol energiyasidan foydalanish koeffitsienti bilan hisobga olinadi. Shamolga perpendikulyar joylashgan maydon yuzasini shamol g‘ildiragi diametri bilan belgilab, shamol energetik qurilmasining quvvatini quyidagi formulada hisoblash mumkin.
Nsham.ener.quril. = 0,00386*q*V*D2*ξpar.*ηred.*ηgen
D-ish g‘ildiragi diametri, m;
ηred.vaηgen.-reduktor va generatorning foydali ish koeffitsientlari;
ξpar.-parraklarda isrof bo‘lgan havo oqimi energiyasi.
Bu erda: q – havoning zichligi (temperatura va atmosfera bosimiga nisbatan), kg/m3; V–havo oqimining tezligi,m/s; F– maydon yuzasi, m2.

Hisoblarga ko‘ra, parrakli shamol dvigatellaring shamol energiyasidan foydalanish koeffitsienti 48 % gacha bo‘lishi mumkin, shamol qurilmalarining umumiy foydali ish koeffitsienti undan ham kichikroq bo‘ladi. Shamolga perpendikulyar bo‘lib asosan, shamol qurilmalarinig parraklari joylashadi. Shamol qurilmasi quvvatini parraklar soni emas balki, ish g‘ildiragi diametri belgilaydi rasmda shamol qurilmasi ish g‘ildiragi diametri bilan uning quvvati orasidagi bog‘lanish grafigi ko‘rsatilgan. Shamol agregatining quvvati, shamol tezligiga to‘g‘ri, ish g‘ildiragi parraklari soniga teskari proporsionaldir



Havo oqimi hosil qiladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish, shamol elektrostansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bir necha shamol qurilmalarining yig‘indisi shamol elektrostansiyasini tashkil qiladi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling