1. Shamol energiyasi va undan foydalanish asoslari, nazariyasi va amaliyoti


Download 0.57 Mb.
bet4/5
Sana23.10.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1717519
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shamol energetika qurilmalari va elektr stansiyalari (1)

4- rasm. Jahon miqyosida shamol qurilmalarining umumiy o‘rnatilgan quvvatini o‘zgarish dinamikasi.
Rivojlangan chet el mamlakatlarida, shu jumladan AQSH, Germaniya, Kanada kabi mamlakatlarda shamol qurilmalarini yaratish, o‘rnatish va ishlatishni rivojlantirish maqsadida muayyan energetik siyosatlar olib borilmoqda. Bunday siyosatlarga muvofiq holda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, firmalar va tashkilotlarga imtiyozli kreditlar berish, ushbu qurilmalar uchun zarur bo‘lgan uskunalarni imtiyozli narxlarda sotib olish, har xil soliqlardan ozod qilish singari rag‘batlantirishlar ko‘zda tutilgan.


5- rasm. AQSHning Texas shtatida joylashgan shamol elektr stansiyasining umumiy ko‘rinishi.

5- rasmda misol tariqasida AQSHning Texas shtatida Oldxam qo‘rg‘oni yaqinida joylashgan shamol elektr stansiyasining umumiy ko‘rinishi tasvirlangan.


Hozirgi davrda jahon miqyosida o‘rnatilgan shamol turbinalarining umumiy quvvatida Yevropa mamlakatlarining umumiy ulushi 48% ni, AQSHniki 35% ni tashkil etadi. Shamol qurilmalarining umumiy quvvati bo‘yicha jahon miqyosida birinchi beshtalikka AQSH, Germaniya, Ispaniya, Xitoy va Hindiston kiradi.

Ma’lum vaqt oralig‘i (kun, oy, yil) bilan bog‘liq shamol energetikasi hisoblarini amalga oshirish uchun shamol energiyasi kadastri to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Shamol energiyasi kadastri, shamolning miqdor xarakteristikalari bo‘lib, ular asosida shamol agregati ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan energiya hamda uning ishlash davriyligi to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi. Shamol energiyasi kadastriga shamolning quyidagi xarakteristikalari kiradi.


1.Uzoq vaqt oralig‘ida shamolning o‘rtacha tezligi.
2. Shamol o‘rtacha tezligining takrorlanishi.
3. Shamol tezligini kunlik va yillik silijish xarakteristikalari.
4. Shamolli va shamolsiz davrlarning davomiyligi.
5. Bofort shkalasi bo‘yicha shamolning tezlik oraliqlari hamda erdagi predmetlarga shamolning ta’siriga mos bo‘lgan o‘rtacha oylik va yillik shamol tezligi.
6. Shamolni kuchayishidagi maksimall tezligi.
7. Shamolning yo‘nalishi («shamol guli»).
8. Shamolning turbulentligi (havo oqimining ichki strukturasi).
9. Shamolni kuchayishi, susayishi va ko‘tarilishi (birlik vaqt oralig‘ida shamol tezligining o‘zgarishi).
10. Shamol oqimining zichligi (atmosfera bosimi, temperatura va namlikka bog‘liqligi).
11. Shamol oqimi tarkibining fazasi (bir fazali-toza shamol oqimi, ikki fazali-yomg‘ir tomchilari aralash shamol oqimi, uch fazali-yomg‘ir tomchilari va boshqa predmetlar aralashgan havo oqimi).

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling