1. shamollatishning ko’rinishlari va uning qurilmasi. Ishlab chiqarishda isitish. Isitish sistemasining ko’rinishlari


Download 358.08 Kb.
bet3/6
Sana09.04.2023
Hajmi358.08 Kb.
#1344188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaxsiy himoya vositalarning turlari va ularning yaroqlik mudatlari

Mexanik shamollatishning


Mexanik shamollatish uskunalari. Mexanik shamollatish sistemalarida havoning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi markazdan qochma va o’qli shamollatkichlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi (9.5.-rasm). Markazdan qochma shamollatkichda kurakli ishchi g’ildirak chig’anoqsimon kojuxda, o’qli shamollatkich esa silindrik kojuxda joylashgan bo’ladi. Markazdan qochma shamollatkichlar past bosimli (1000 Pa gacha),
o’rta (1000 dan 3000 Pa gacha) va yuqori bosimli (3000 dan 15000 Pa gacha)
bo’ladi.
Xonaga kiradigan havo kalorifyer yordamida isitiladi. Havoni sovutish uchun esa ikki tipdagi havoni yengillashtirish sovutuvchilardan foydalaniladi: sirtqi va kontaktli. Sirtqi sovutuvchilar tuzilishi bo’yicha kalorifyerlarga o’xshash bo’ladi va ularda sovuqlik tashuvchilar sifatida sovuq suv, ammiak yoki freonlar xizmat qiladi, havoni kontaktli sovutish sug’orish kamyerasining yomg’irli bushlig’idan havoni o’tishi orqali amalga oshiriladi.





BK-1500 kondisionirining prinsipial sxemasi.1-o’qli shamollat-kich. 2-shamollatkichning elektr dvigateli. 3-zaslonka. 4-markazdan qochma shamollatkich. 5-bug’latuvchi.6-havo filtri.7-to’siq. 8-boshqarish pulti. 9-kapilyar trubkasi. 10-quritish filtri.11-kengaytirgich.12-rotasion kompressor.13-kondensator.



Havoni kondisionirlash. Oddiy shamollatish sistemasi odamlar
SHamollatish sistemasida havoni tozalash qurilmasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun havo maxsus chang ushlagich va filtrdan o’tkaziladi. CHang ushlagichni keng tarqalgani siklon hisoblanadi (9.6.-rasm). Sanoat matodan, qog’ozdan, moyli elektrik va ultratovushli filtrlar ishlab chiqariladi. Moyli filtrni filtrlovchi elementi moyga botirilgan metall to’r hisoblanadi.
SHamollatkichlar ishchilar ishlayotgan zonalarda havoning barcha parametrlarini birdan ta’minlay olmaydi. Bu vazifalarni faqat kondisionyerlar bajara olishi mumkin. Ular haroratni, namlikni, havoni ko’zg’aluvchanligi va tozaligi uning azonlashganligi va ionlashganligini avtomatik rostlashi mumkin. To’liqsiz kondisionirlashda sanalgan jarayonlarni bir qismi, to’liq kondisionlarlashda esa hammasi bajariladi.
Kondisionirlash sistemasi markaziy (bir necha xonalarga xizmat ko’rsatuvchi) va mahalliy (bir xonada mikroiqlimni ta’minlovchi) turlarga bo’linadi.
Odamlar uchun normal mikroiqlimni ta’minlovchi kondisionyerlardan tashqari, texnologik jarayonlarni turunligini va tozaligini taminlashda har xil qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash muddatini oshirishda va boshqa maqsadda ishlatiladigan kondisionyerlar ham mavjud.
Uy sharoitida va ma’muriy xonalarda mikroiqlimni taminlash uchun BK-1500 va BK-2500 kabi maishiy kondisionyerlar ishlab chiqariladi (9.7.-rasm).
BK-1500 kondisioniri 25 m2, BK-2500 esa 35 m2 maydonga ega bo’lgan xonalarga mo’ljallangan. Bu kondisionyerlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: havoni sovutadi va changdan tozalaydi, havo haroratini avtomatik ushlab turadi, havo namligini kamaytiradi, havo oqimi yo’nalishini va harakati tezligini o’zgartiradi va bunday tashqari shamollatish rejimida ishlab tashqi muhit bilan havo almashtirishi mumkin.

Download 358.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling