1 shavkat zokirov
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
SSSR barham topgandan so`ng Sharq mamlakatlari SSSR va sotsialistik mamlakatlar lagerini barham topishi Sharqdagi geosiyosiy vaziyatni tubdan o`zgartirib yubordi va XXasrning so`nngi o`n yilligida Osiyodagi siyosiy va mafkuraviy strukturalarning evolyutsiyasi uchun yangi sharoitlarni yaratdi. Birinchidan xomiysiz qolgan Osiyodagi sotsialistik rejimlar endi mutloqo o`zgacha sharoitlarga moslashishga majbur edilar. Ulardan faqatgina Shimoliy Koreyadagina ortodoksal pozitsiyalarda qoldilar, XXR va Vitnam esa bozor munosabatlari yo`liga (ko`p jihatdan 1991 yilga qadaroq) kirdilar. Ikkinchidan sotsialistik orientatsiya rejimidagi ko`pgina mamlakatlar shunchaki undan shov-shuvsizgina voz kechib qo`ya qoldilar. Ular o`z rejalarini kapitalistik yo`nalish bilan almashtirdilarki, bu hususiy tadbirkorlikka katta erkinlik berishi va rivojlangan kapitalistik mamlakatlar bilan yaqinlashuvda ifodalandi, biroq odatda bu davlatlarning ichki tizimi, xususan iqtisodiyotda davlat sektorining kuchli pozitsiyalari kam o`zgardi. Zero, ko`p xollarda bu jarayonlar 1991 yilga qadar masalan Misr, Iroq, Jazoir, Suriya va Pirmada boshlangan edi. 35 Barcha Sharq mamlakatlari uchun SSSR barham topgandan so`ng ilgari SSSR dan kelgan iqtisodiy va texnikaviy yordamni garchi u G`arb mamlakatlari avvalo AQSH va GFR yoki sobiq mustamlakachi metropolitsiyalar bilan aloqalarni kuchayishi xisobiga qanchalik kam darajada bo`lmasin, uning o`rnini to`ldirish vazifasini ko`ndalang bo`ldi. Sharq mamlakatlari aholi qatlamlari vakillari G`arbning rivojlangan mamlakatlariga migrotsiyasi ortib bordi. U ilgari ham yuqori darajada bo`lsa-da, lekin u birmuncha yo`naltirilgan xarakter kasb etardi: maribliklar Faransiya va boshqa fransuz tili mamlakatlariga ( Belgiya Shvetsiya, Kanadaga ), turklar- Germaniyaga va hakazo. Arablarning Buyuk Britaniya va Skandinoviyaga, Eronliklarning Ispaniya va Fransiyaga, turklarning Fransiya va Skandinaviyaga birmuncha migrotsiyalari yuzaga keldi. Ilgari faqatgina Buyuk Britaniyaga ketuvchi hindlar va --- Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham paydo bo`la bordilar. Aynan shuning uchun 1990-yillar nafaqat G`arbning Sharqdagi ta`sirini kuchaytirishi davri balki Sharq mamlakatlarida ham G`arbda ham millatlararo qarama-qarshiliklarni keskinlashshi bosqichi bo`lib qoldilar. Afg`onistonda SSSR tomonidan uzoqni ko`rmasdan boshlangan va mag`lubiyatga uchragan urush Eron, Pokiston va Afg`onistonni birlashtiruvchi giyohvand moddalar savdosining yangi zonasini vujudga kelishini rag`batlantirdi. Bu yerda harakat qilayotgan giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi kartellar afg`onlar va O`rta Osiyo aholisining iqtisodiy qiyinchiliklari, MDX mamlakatlari chegaralarining 1991 yildan keyin muayyan darajada mustahkam emasligi va mintaqadagi siyosiy barqarorlikda foydalanib giyohvand moddalarni Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali Rossiya va Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishni yo`lga qo`ydilar. Giyohvand moddalar biznesi o`z domiga nafaqat jinoiy strukturalarni, balki turli Sharq va G`arb davlatlarining o`zidagi burjuaziyani byurokratiya, davlat strukturalari bojxona tizimlarini muayyan doiralarini ham torib, Eron Pokiston va Afg`oniston davlatlari va ular bilan chegaradosh bo`lgan MDX respublikalaridagi ijtimoiy - siyosiy 36 vaziyatning muhim omili bo`lib qoldi. Bu esa giyohvand moddalar biznesini kengaytirishga va ko`plab mamlakatlarni shu jumladan Markaziy Osiyo va Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, harbiy va aholisining ruhiy ahvoliga beqarorlashtiruvchi ta`sirini kuchayishiga olib keldi. Milliy separatizmning keskin ravishda o`sib ketishi SSSR barham topishining eng muhim oqibati bo`lib qoldi. Sovetlardan keyingimakonda u Qora va Kaspiy dengizidan tortib, Volga bo`yiga va Tyan-shyangacha bo`lgan koplab mintaqalarni qamrab oldi. 1988yildan boshlanib ketgan SSSR hududidagi etnik milliy to`qnashuvlar asta-sekin uzoqqa cho`zilgan urushlarga ( tog`li Qorabog`, Abkaziya va Tojikistonda) yoki parlament to`qnashuvlarga ( gruzinlarni --- bilan ingushlar bilan rus va ukrainlarni qrim tatarlari bilan aylanib boradi. Ruslar va Rusiyzabon aholi Rossiyadan ajralib chiqqan MDX ning ba`zi respublikalari va Boltiq bo`yida ba`zan huquqsiz vat a`qib qiluvchi kamchilikni tashkil qiluvchi aholi maqomiga tushib qoladi. Bu aholini etnik to`qnashuvlar hududlaridan chiqib ketishlari nafaqat sobiq SSSR xalqlarining fojiasining bir qismigina bo`lib qolmay, ular o`rtasidagi munosabatlarni ham ko`p jihatdan izdan chiqardi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy boshqa xayotiy muhim aloqalarni uzilib qolishiga olib keldi. Biroq SSSR barham topganan so`ng harbiy professional yollanuvchilarga aylangan bu odamlarning ko`pchiligi MDX xududidagi turlki qaynoq nuqtalarga yokiu 1991-1997 yillarda barham topgan Yugoslaviyaga serblar va xarvatlar bilan urush olib borayotgan Posniya musulmonlariga yordam berish uchun yo`l oladilar. Keyinchalik bu jangarilar Kosova albanlariga yordam bera boshladilar. Butun sovetlardan keyingi makonni qamrab olgan etnik ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy inqirozini ifodalagan birinchi va ikkinchi chechin urushida ularning ishtiroklari yanada salmoqli bo`lgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling