1 shavkat zokirov
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Katta oqituvchi Zokirov SH. Mualliflar: T.f.n., dоtsеnt Qosimov E. T.f.n., dоtsеnt v/b Ismаtullаеv F. О. Tаqrizchilаr: T.f.n., professor Lafasov M.F. T.f.n., dоtsеnt Tursunov R. T.f.n., dоtsеnt v/b Rasulova N. Mеtоdik qo’llаnmа Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti Ilmiy-mеtоdik kеngаshining 2013 yil “------”------------dаgi № -------- - sоnli mаjlis bаyonnоmаsi bilаn nаshrgа tаvsiya etilgаn. 4 Mustamlakachilik tuzilishining yemirilishi. Jahon mustamlakachilik tuzilishining barxam topishi jarayoni chorak asrdan ko`proq davom etdi. Sharqning mutloq ko`pchilik mamlakatlarida xalqlar mustaqil yashash huquqi uchun uzoq vaqt qattiq kurash olib borishga majbur bo`lgan edilar. Sotsializm yo`lini tanlagan mamlakatlarda (Xitoy, Koreya, Vetnam,Kampuchiya,Laos) kurash ayniqsa murakkab va ko`p qon to`kilishi sharoitlaridan boradi. Mustamlakachilikka qarshi shavqatsiz kurash Osiyo va Afrikaning ozodlik kurashiga milliy burjuaziya boshchilik qilgan mamlakatlarda ham avj olib ketgan edi. Bu kurashning borishida turli siyosiy kuchlarining jipslashuvi jarayoni yuz berib, xalqlarning milliy o`zligini anglashuvi ularning siyosiy faolligi o`sib borardi. Imperiyalarning sobiq mustamlakalarini e`lon qilish vaqtiga kelib burjua vakillari keldilar. Sharqning ko`pchilik mamlakatlarida milliy burjuaziya qanchalik turli-tuman va hilma-xil bo`lishi barobarida davlat hokimiyati ham shunchalik turli-tuman ko`rinishida bo`lishi bilan farqlanadi. Agar hokimiyatiga mayda milliy burjuaziya vakillari kelgan bo`lsalar unda ular ko`pincha mayday burjuadagi sotsializm deb tushuniladigan milliy sotsialistik davlat qurish to`g`risidagi o`z intilishlarini e`lon qilar, bunda chet el va yirik mulkchilikni milliylashtirish (ayniqsa banklarni) va ularda davlat yoki mayda mulkdorlar manfaatlari yo`lida foydalanish ko`zda tutilar edi. Hokimiyat tepasiga kelib qolgan yirik burjuaziya vakillari ham chet el sarmoyasini banklarni milliylashtirishga intilsalarda, ammo iqtisodiy dasturni ular yirik tadbirkorlikni qo`llab quvvatlashni mo`ljallagan holda ishlab chiqadilar. Ta`kidlaganidek urushdan keyingi davrdan mustamlakachilik tizimining yemirilishi chorak asrdan oshiq vaqtga cho`zildi. Mustaqil bo`lgan birinchi mamlakatlar 5 qatorida Indoniziya bo`lib , 1945 yilning 17 avgustida Jekartada mustaqillikni tayyorlash bo`yicha qo`mitaga boshchilik qilgan Sukarno respublika tuzilganligini e`lon qiladi. Uning o`zi respublikasining birinchi Prezidenti bo`lib qoladi. Ertasi kuni konstitutsiya qabul qilinib, milliy hukumat tuziladi, muvaffat parlament chaqiriladi. Konstitutsiyaga muvafiq davlat va xalq hayoti uchun muhim bo`lgan ishlab chiqarish tarmoqlari davlat mulkchilikni, ulardan maksimal foydalanish va xalqnining turmush darajasini ko`tarish maqsadida o`z qo`liga oladi. Konstitutsiya tomonidan shuningdek davlatning chet el kompaniyalari ustidan nazorat o`rnatish, xalq uchun demokratik xuquqlar, barcha fuqorolarning tengligi, mehnat huquqi ta`lim olish huquqi uyushmalar tuzish, so`z, vijdon erkinligi va boshqa demokratik huquq va erkinliklar joriy qilish imkoniyatlari ko`zda tutiladi. Bu qoidalar Kostitutsiyaga so`l kuchlarining bosimi ostida kiritilgan edi. Respublikaning e`lon qilinishi bu vaqtda xali yunon okkurpatsiya ostida bo`lgan Indoniziya xalqini amalda umumiy qo`zg`olonga chaqiriqni bildirar edi. Barcha frontlarda mag`lubiyatga uchragan Yaponiya Indoniziyada uning boyliklarini o`z manfaatlari yo`lida foydalanishni ko`zlab mustaqil qo`g`irchoq indonez davlatini tuzishga urinib ko`rdi. Tabiiyki, bunday mustaqillik mamlakatga intervisitsiya uyushtirish uchun bahona izlayotgan ingiliz, galand mustamlakatchiliklari tomonidan tan olinadi. Qo`zgolon amalda hamma joyda birin ketin boshlanib ketdi. Qo`zg`olonchilar Yapon xarbiy qismlarini qurolsizlantiradilar, ularning qurol-yarog`larni qo`lga kiritib, jangovar otryadlar tashkil qila bordilar. Bu aslida Indoniziya aholisining deyarli barcha qatlamlarini qamrab olgan qo`zg`olon bo`lgan edi deyish mumkin. Ishchilar chet elliklarga tegishli bo`lgan korxonalarni egallab ularni davlat mulki deb e`lon qilardilar. Yoshlar o`rtasida demokratik xarakat jonlandi. Mamlakatda o`ziga xos bo`lgan ikki hokimiyatchilik, yuzaga kelib, Yapon mamuriyati va armiyasi bilan bir vaqtda respublika milliy qo`mitalari va ularning qurolli otryadlari faoliyat 6 ko`rsatayotgan edi. Biroq indoniziyaliklarga ham ko`p yillar davomida o`z mustaqilliklari uchun kurash oldinda turgan edi. 1945 yilning sentabrida Indoniziyaga go`yoki Yapon bo`linmalarini qurolsizlantirish uchun ingiliz qo`shinlarini keltiriladi, aslida ular asta-sekin mamlakatni okkupatsiya qilishni boshlab yubordilar. Bu yerga ingilizlar bilan birga amerikaliklar tomonidan qo`llab- quvvatlangan golland otryadlari ham yotib keldilar. Oktabr oxirlarida ingliz va golland qo`shinlari mamlakatning bir qator strategic punktlari va bandargoxlarini ( Jakarta, Semarang va boshqa) bosib oldilar. 1945 yilning 10- noyabrida ingiliz qo`shinlari Surabaya shahrini shturm bilan egallashga urinib ko`rdilar, biroq ularning bu hujumlari yomon qurollangan bo`lsada vatanparvar indoniziyaliklarning qattiq qarshiligiga uchradi. Bu yerdqa jangler ikki xafta davom etgani holda xalq uchun katta ma`naviy ahamiyatga ega bo`ldi. Bosqinchilik siyosatiga qattiq qarshilik ko`rsatilishi xalqaro jamoatchilik tomonidan norozilik bildirishi Nederlandiya hukumatini muzokaralar boshlashga majbur bo`ldi. Gollandparastlik mavqeida bo`lgan Angliya bu munozaralarda vositachi sifatida maydonga chiqadi. 1946 yilning noyabrida nihoyat Lingad ahdnomasi parfinirovna bu axdlashuvi 1947- yilning martida kuchga kiradi, bunga ko`ra Niderlandiya- Indoniziya ittifoqi doirasida Indoniziya qo`shma shtatlari tuzildi. Biroq 1947-yil yanvaridayoq Niderlandiya va unga ittifoqchi davlatlar Indoniziyani iqtisodiy metodlar bilan yon berishiga majbur qilishga umid qilib qamal qilishini boshladilar. Biroq hamal ham imperiya davlatlariga ular istagan natijani bermadi. 1947 yilning iyulida Niderlandiya Indoniziyaga qarshi ochiqdan-ochiq urush boshlab yuboaradi. Yaxshi qurollantirilgan va tayyorlangan golland armiyasi buyerda qattiq qarshilikka duch keladi. Halqaro jamoatchilik Indoniziyani ximoya qilib chiqadi. Shundan so`ng Indoniziya yarashuv yo`liga o`tishga majbur bo`ldi. Lekin 1948 yil boshlarida imzolangan Renvil ahdlashuvi shartlari respublika uchun 7 nihoyatda og`ir edi. Xatto burjua hukumatining barcha so`l kuchlari nisbatan ig`vogarlik xatti xarakatlari munosabati bilan yuzaga kelgan Indoniziyadagi siyosiy vaziyatning keskinlashib ketganligidan foydalangan gollandlar qayta hujumga o`tib mamlakatning eng muhim markazlarini egallab oldilar. Bu hol Indoniziyaga qarshi Gollandiyaning ikkinchi mustamlaka urushini boshlanganligini bildirar edi. Mamlakat prizedenti va parlamentining ko`pchilik a`zolari qamoqqa olinib yavadek yelib chiqib ketiladi. Faqatgina uzoq va shiddatli davom etgan partizonlar urushi natijasida gollandlar mamlakatning ko`pchilik rayonlaridan siqib chiqarilib to`la qurshab olinadi. 1949-yilning avgustida Gaoga shahrida dumaloq stol konferinsiyasi boshlanib, uning borishida Indoniziya Respublikasi Niderlandiya tomonidan tan olindi Konferinsiya qarori ko`ra 15 ta qo`g`irchoq shtatlari bilan birga Niderlandiya qo`shma shtatlari Respublikasiga kiritildi.1950 yil avgustida shtatlar gollandlar esa nihoyat mamlakat suverenitetini tan olishga majbur bo`ldilar. Og`ir va mashaqqatli kurash natijasida Fillipen xalqi ozodlikka erishdi. Kommunistlar tomonidan tuzilgan Hukbalaxonning partizantlar armiyasi Yapon okkupantlari uzoq va shiddatli janglar olib bordilar. 1944-yil oktabrida Afrika qo`shinlari Fillipenga tushirilgan paytda mamlakatning anchagina qismi (Luson oroli) Filipenliklarning o`zlari tomonidan ozod qilib bo`lingan edi. Amerika qo`shinlari qo`mondoni general Makartur mamlakatni ozod qilishni ozodlik uchun kurashchilarni qamoqga olish va mustamlaka tartiblarini joriy qilishdan boshladi. Tabiiyki uning faoliyati hamma joyda halunning qarshilik ko`rsatishini keltirib chiqardi. 1945- 1946 yillarda Yashrika okupandlarga qarshi kurash asnosida Fillipenda demokratik alyans (ittifoq) yuzaga keldi va unga mamlakatni asosiy vatanparvarlik tashkilotlari shu jumladan Fillipen komunistik partiyasi Hukbalaxon milliy dehqonlar ittifoqi va boshqa tashkilotlar berdilar. Milliy mustaqillik, agrar islohatlar mamlakatni industiallashtirishni alyansning asosiy mamlakatlari edi. 1946-yil iyulida AQSH fillipenni suveren 8 respublika deb e`lon qilishga majbur bo`ldilar. Lekin bu faqat mamlakat hududida AQSH harbiy ba`zalari va mutaxasislarini 99-yil moboynida saqlanishi shartini qo`yish bilan sodir etildi. Urushdan keyingi yillar Britan mustamlaka ittiriyasi chuqur inqirozni boshdan kechirdi. Buyuk Britaniyaning harbiy g`alabasiga salomoqli hissa qo`shgan Diminaslarning milliy ozodlik harakati kengayib bordi va ular mustaqillikning tobora ko`proq talab qila boradilar Hind masalasi millatlar Britan hamdo`stligi siyosiy va tashqiy asoslarni qayta o`rab chiqishning katalizatori bo`lib qoldi. Hindiston vitse qirolining Hindiston milliy kongressi va musulmonlar ligasi lidirlari bilan 1945-yil yozida Simladagi muzokaralarda shigmizlar toj-u taxt va parlament oldida ma`sul bo`lgan umum Hindiston ijroi kengashini (vazirlar mahkamasi) Miken bu kengashini siyosiy tamoillari bo`lgan emas, balki diniy tamoillari asosida shakllantirish sharti bilan tuzishni taklif qildilar. Bu taklif ikkala Hind partiyasi, partiyalari tomonidan qabul qilinmadi. 1946 yil boshidan Britaniya hukumati Hindistondan vaziyat ustidan nazoratni uzil-kesil yo`qotdi. Millatlar aro to`qnashuvlarda yuzlab odamlar nobud bo`ldi. 1946-yil bahori Klimentr Ettyan hukumati Hindistonga oldindan shart qo`ymasdan dominion statusga berishiga majbur bo`ldi. Hindiston Milliy kongressi (XMK) lideri Javoxarlal Neru Ijroiya kengashini shakllantirdi. Lekin Musulmonlar Ligasining vakillari unga kirishidan bosh tortdilar. Mamlakatda yangidan hind-musulmon to`qnashuvlari boshlandi. 1947 yil yoziga kelib vitse-qirol Lyus Maut batten Hindistonni ikki dominionga Hindiston va Tojikistonga bo`lish rejasini ishlab chiqdi. Maut battening o`zi Hindistonning general gubernatori bo`lib qoladi, Tojikistonning general-gubernatori lavozimini esa mamlakat tarixida birinchi marta oq irqqa mansub bo`lmagan shahs Muhammad Ali Jinna egallaydi. 1947 yil 15 avgustda Dehli va Karochida Britan Hamdo`stligiga ixtiyoriy tarzda kiruvchi ikki mustaqil davlatni tuzilganligi xaqida 9 rasman e`lon qilinadi. 1948 yilning 13 fevralida so`nggi britan harbiy bo`linmalari Hindistonni tark etdilar. Hindiston mustaqillikining e`lon qilinishi Millat Britan Hamdo`stligining evolyutsiyasida yangi bosqichni boshlanishiga asos soldi. “Britaniya qaramog`idagilar” tushunchasi o`rniga “Hamdo`stlik fuqorosi” tushunchasi qo`llaniladigan bo`ldi. 1947 yildan “dominion” termini “Hamdo`stlik a`zosi” terminiga tobora tez-tez almashtirila boshlaydi. (rasmiy hujjatlardan dominion termini 1952 yilda chiqarilgan edi) 1948 yili mustamlakalarining ozod bo`lishining zanjir reaksiya davom etadi: Qeylon va Birma mustaqillikni qo`lga kiritadilar. Birma Yapon okkurpantlariga qarshi umumxalq qo`zg`oloni 1945 yilning martida boshladi. Qo`zg`olonga Birmaning milliy Qahramoni Aun San boshchilik turli partiyalarini (shu jumladan Birma kommunististik partiyasi) birlashtirgan 200 ming kishidan iborat bo`lgan Xalq ozodlik antifashist ligasi rahbarlik qildi. Unga shuningdek o`n minglab partizonlar va muntazam milliy qo`shinlar bo`ysunar edi. 1945 yilning avgustida deyarli butun Birma Yapon okkupantsiyalardan tazolandi. Buyuk Britianyaning Birma ustidan o`z nazoratini o`rnatishga bo`lgan urushlari muvaffaqiyat qozonmadi. 1947-yilning yanvarida britan hukumati Londondagi konferensiyada Xalq ozodlik antifalistning ligasi (XOAL) vakillari bilan muzokaralarda mamlakatning mustaqillikka bo` lgan huquqini tan olishga majbur bo`ladi. 1947-yilning yanvarida britan hukumati Londondagi konferensiyada xalq ozodligi antifashist ligasi vakillari shubhasiz g`alaba keltirdi. Ular Birma Ittifoqi milliy hukumatini ham tuzdilar. Mustamlakaga agentura tomonidan Aun Sanna va bir necha hukumat a`zolarini tashkiliy tarzda o`ldirishiga qaramay, hukumat 1947- yilning 24-sentabrida konstitutsiyasini qabul qiladi, 1948-yilning 4-yanvarida esa Birma ittifoqqqaning mustaqillik tantanali suratda e`lon qiladi. 10 Suveren Birma davlatini tashkil topishi prezident sifatida juda muhim siyosiy huquqiy ahamiyat ega edi. Ta`sis yig`ilish Birmani mustaqil suveren Respublika deb e`lon qilishga qaror qiladi.Yana davlat tomonidan boshqaruvning respublika shakllini qabul qilishi uning Hamdo`stlikka a`zoligini tugatar edi, binobarin britan parlamenti 1947- yilning dekabrida Birmaning mustaqilligi to`g`risida aktni qabul qildi. Bunga ko`ra u Hamdo`stlik doirasidan tashqarida bo`lgan mustaqil respublika bo`lib qolgan edi. 1948 yili Buyuk Britaniya bunday statusni mustaqil va o`z-o`zini boshqaradigan dominion Seplonga beradi. Bu yerda hokimiyatga Birlashgan milliy Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling