1 shavkat zokirov
Uzoq sharqda siyosiy muammolar siyosiy qarama-qarshiliklar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzoq sharqda siyosiy muammolar siyosiy qarama-qarshiliklar.
16 Biroq global miqyosida yuzaga kelgan yangi kuchlar nisbatini bevosita natijasi bo`lgan ko`pgina o`zgarishlar ortga qaytarmaslik harakatiga egabo`ldi. Bu holat uzoq sharqda bir muncha namoyon bo`ldi. Urushda mag`lubiyatga uchragan Yaponiya taslim bo`ldi va o`n yilliklarga o`zining buyuk davlat maqomini va mintaqadagi mamlakatlarga tasir ko`rsatish qobilyatini yo`qotdi. Buning ustiga Yaponiya AQSH qo`shilar tomonidan arupatsiya qilib olindi va amerikaliklarnin ijtimoiy iqtisodiy moderizatsiyalash madaniny va texnologik visterizatsiyalash bo`yicha maqsadli yo`naltirilgan siyosatning obekti bo`lib qoldi. Bunday xolat Korea yarim oroli janubida ham sodir bo`ldi. AQSH barcha joyda Yaponiyaning o`rnini egallashga shoshildilar. Biroq Yapon Kvantun orolining sobiq sovet armiyasi tomonidan tor mor keltirilishi komunistlar nazoratidagi Xitoyning ozod qilingan rayonlarini kengayishi va mustahkamlanishi. XKP rahbarligida tuzilgan Xitoy xalq ozodlik armiyasi (XXOA)ni qurollanishi va aslahalar bilan taminlashi uchun (SSSR hisobiga ham o`lja tushirgan Yapon qurollarining taqdim qilinishi yo`li bilan ham) shart -sharoitlarni yaratdi. 1945-yil oxirlariga kelib ozod qilingan rayonlar Xitoy hududining deyarli to`rtdan bir qismini (asosan mamalakat ichida) qamrab olgan edi. Bu hududlarda 150 mln aholi yashar edi. Garchi Chan Kay Shining milliy hukumati AQSH yordamida ilgari Yaponlar tomonidan akupatsiya qilingan hududlarning kata qismini egallab olishga muvofaq bo`lgan bo`lsada XKPning pozitsiyalari ko`payib bormoqda edi. XKP xokimyat uchun anchyin kurash sharoitida Gomindanpartiyasi bilan ham bevosita AQSH bilan ham Chan Kay Shi diktaturasidan norozi bo`lgan turli kuchlar bilan ham muzokaralar olib borib yetarlich ustamon siyosatlar olib bordi. AQSH Chan Kay Shi rejasi XKP ni tor-mor keltira oladi deb unga yuqori baho berdilar, bevosita intervinsiyaga esa (ko`p jihatdan SSSRning tasiri ostida va 1945-yildagi SSSR va Angliya urishlarida Xitoy ishlariga aralashmaslik to`g`risidagi axtnoma natijasida) jurat qilmadilar. Xitoy hududida joylashgan ularning 17 qurolli kuchlari janglarda tashqarida qoldirildi. Bu esa Xitoy xalq ozodlik armiyasiga Chan Kay Shining armiyasini tor-mor mor keltirish imkonini berdi.XKP ko’p jixatdan dehqonlar oilasiga tayanib, aholining bir qadar faol qatlamlarini avvalo ishchilarni o’z tomoniga og’dirishga o’rta qatlamlar va burjuaziyani betaraf keltirishga erishdilar. 1949-yil 1-oktabrida Xitoy xalq respublikasining e’lon qilinishi bilan tugallangan Xitoy inqilobining g’alabasi butun SHarq mamlakatlari uchun ulkan ahamiyatga ega edi. Birinchidan, u aholisi jihatidan dunyoda eng kata mamlakada komunistlar hokimyat teppasiga olib keldi, bu esa jahon komunizmi kuchlarni salmoqli darajada oshirdi va uning tasirini ayniqisa Osiyoda keskin kuchaytirib yubordi.ikkinchidan ubutun G’arb olamiga Sharq xalqlarining sabr- bardoshi cheksiz ekanligini namoyish qildi. Uchinchidan, Xitoy inqilobi Sharqda uzoq vaqt hokum surgan ananaviy expluatatorlik rejimlarini chiriganligi ojizligini Ikkinchi jahon urushi natijasida yuzaga kelgan yangi vaziyat va sharoitlarga boshqaruv usullari va ijtimoiy tashkilotlarning mos kelmay qolganligini ko’rsatdi. AQSH va G’arb davlatlari yuz bergan barcha hodisalardan tegishli xulosa chiqarib bir tomondan SSSR va XXDR tasirini yoyishaga maksimal darajada kuch bilan qarshilik ko’rsatish yo’lini tutsalar, boshqa tomondan Sharqning ularga qaram bo’lgan mamlakatlarga texnik-iqtisodiy va ijtimoiy madaniy jixatdan moderinzatsiyalash siyosatini olib bordilar. 1910-yildan Yaponoya tomonidan shafqatsiz sulm ostida ezilib kelayotgan Koreya xalqi 1931-yildan Yapon bosqinchilariga qarshi og’ir partizanlik urushini olib bordi. Bu urushda ko’p koreislar istiqomat qilgan qo’shni Xitoydagi kabi kommunistlar faol ro’l o’ynadilar. Kvontun armiyasi tor-mor keltirilganidan so’ng sobiq sovet qo’shinlari Koreyani egalladilar. Bu yerda kommunistlar va ularning ittifoqchilari pirovarda Koreya mehnat partiyasiga birlashdilar va bu partiya hokimyatga keldi.Koreya urushdan keyingi jahon amaliyotifa birinchi ikiga bo’lingan mamlakat bo’lib qoldi. 18 Shimolda kommunistlar ham, janubdan amerikaliklar tomonidan tuzilgan kommunistlarga qarshi rejim ham butun yarim orolni faqat o’zining yetakchiligida birlashtirishga davo qilardi. Hokimyat uchun davolar sinfiy va mafkuraviy g’animlik bilan mustahkamlandi. SSSR va AQSH 1946-yil boshlangan sovuq urush sharoitida yuzaga kelgan ahvondan yarim orolda o’z ittifoqchilarini rag’batlantirgan, ularga siyosiy-iqtisodiy va harbiy ko`rsatgan holda foydalinib qolmoqchi bo`ldilar. Bu esa ertami kechmi ayniqsa 1949 yil amerikaliklar tomonidan yadro quroliga monopol egalikdan mahrum bo`lgach, Korea bilan qo`shni bo`lgan Xitoyda xalq inqilobining g`alabasi, janubiy- sharqiy Osiyoda qurolli qo`zg`olonchilik harakatini yanada avj olib ketishidan so`ng to`g`ridan- to`g`ri to`qnashuvga olib kelishi muqarrar edi. 1950 yil iyunida Koreya urush boshlanib ketdi. Amerika Qo`shma shtatlari uni avval boshdan keng miqyosdagi baynalminal to`qnashuviga aylantirgan xolda, o`sha vaqtda o`zlariga itoatkor bo`lgan BMT mexanizimini ishga solib, uning nomidan janubiy Koreyaliklar tomonida turib harbiy harakatlarning borishiga aralashuvi yo`lini tutdi. Biroq urushning borishida AQSH armiyasining ustunligi munosabati bilan Shimoliy Koreyani okkupatsiya qilinish real xavfi paydo bo`lganida Xitoy xalqi Respublikasi Shimoliy Koreya tarafida turib urushga kirdi. Koreyadagi Xitoy qo`shinlari rasman xalq ko`ngillilardan iborat diviziyalar sanalsa-da aslida XXRning muntazam armiya qismlari edi. Amerikaliklar urushni Xitoy hududi ( ayniqsa 1949 yildan so`ng o`zgargan sharoitlarida) ga yoyishga jurat qilmadilar. Natijada XXR va Shimoliy Koreya sobiq SSSRning siyosiy, iqtisodiy va harbiy tehnikaviy jihatdan qo`llab quvvatlashi natijasida AQSH, janubiy Koreya va BMT bayram ostida Koreyaga yuborilgan ba`zi mamlakatlarning (Avstraliya, Turkiya) harbiy kuchlariga qarshi tura oldilar. Koreya urushi uzoqqa cho`zilib ketdi va boshlangan vaqtdagi marralarda tomonlarning qaytarilishi bilan 1953 yili yakuniga yetdi. 19 Koreyadagi urush barham topgandan so`ng AQSH mintaqasidagi siyosati barcha choralr bilan Koreya yarim orolining janubimi shimolga qarshi, XXR tuzilgan kontenintal Xitoyni 1949 yildan Chan Kayshi va uning partiyasi Tomindonga boshpana bo`lgan Tayvan oroliga qarshi qo`shni asosiga qurildi. Amerika Qo`shma shtatlari bunday qarama-qarshiliklardan nafaqat siyosiy va Harbiy stratigik manfaatlarini ko`zlabgina qolmay, balki iqtisodiy manfaat ko`rish maqsadida Janubiy Koreya va Tayvanga maksimal darajada harbiy, moliyaviy va texnik yordam ko`rsatdilar, ularni g`arblashtirishning ko`zgusiga aylantirish uchun ular iqtisodiyotiga ko`plab sarmoyalar kiritdilar. Bunga eng ko`p darajada Yaponiyada muvaffaq bo`lindiki, zero Yaponiya Koreya urushida Amerika qo`shma shtatlari va Koreya janubidagi ularning ittifoqchilarini ulkan miqdordagi xarbiy buyurtmalarini xisobiga katta daromad ko`rgan edi. Shunday qilib, uzoq Sharqdan qarama-qarshiliklar tizimini XX asrning ikkinchi yarmi davomida XXR va tayvan, Koreya Janubi va Shimoli o`rtasidagi ziddiyatlar belgilab berdi. Shu bilan birga asta-sekin ayniqsa 1980-1990yillarga kelib SSSR bilan Yaponiya o`rtasida Kuril orollarining janubiy guruhi masalalarida bahs-munozaralar keskinlashdi Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling