1 shavkat zokirov
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharq mamlakatlari xozirgi dunyo va mafkuraviy kengliklarda.
Etnik muommolar
Etnomilliy masala Sharq mamlakatlardagi eng muhim masalalardan biridair. Jazoir va Liviyada barbarlar, Turkiya, Suriya, Iroq va Eronda kurdlar, Eronda ozorbayjonlar, Afg`onistonda turkmanlar, o`zbeklar, tojiklar, pokistonda patanlar ( pushtunlar ) Xitoyda mo`g`ullar, turklar va tibetliklar, butun janubi- sharqiy Osiyo bo`yicha xuatsiyalar, Shri-Lankada tamillar, shuningdek Afrikaning G`arbdagi arablar kabi, hindlar uning sharqi va janubida o`zlarining etnik mavjudliklarini Sharqning yangi davlatlari doirasida xal qilinishini kutmoqdalar. Biroq etnik muommolarni cal etish konferensiannal muommalarning mavjudligi masalan butun Yaqin Sharqda xristianlar, Livanda va Iroqda shialar, Afg`onistonda islomiylar, Xindistonda musulmonlar va sinxlar, Xitoy va Filippinda musulmonlar masalalari tufayli yanada murakkablanib bormoqda. Sharq mamlakatlari xozirgi dunyo va mafkuraviy kengliklarda. XX asrda xarakteri jihatidan bir-biriga qarama- qarshi ikki qudratli umuminsoniy tendendiyalar namayon bo`ldi va o`z xarakatini davom ettirdi. Bular jahon miqyosidagi super jamiyatga interotsiyalashuv va integratsiyaga qarshi qudratli kuchlarining qarshilik ko`rsatishi tendensiyalaridir. Hozirgi kunda jahon bozori va yagona axborot maydoni yuzaga kelgan, xalqaro va millatlar ustidan turuvchi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy institutlar va mafkuralar mavjud bo`lib, Sharq xalqlari bu jarayonda faol qatnashmoqdalar. 39 Sobiq mustamlaka va qaram mamlakatlar nisbiy mustaqillikni qo`lga kiritgan bo`lsalarda, biroq “ ko`p qutbli markaz- ispeferiya” tizimida ikkilamchi va qaram kompanent bo`lib qoldilar. Bu holat Sharq Jamiyatlari mustamlaka va mustamlakachilikdan keyingi bosqichlardagi modernatzasiyaning G`arb mamlakatlarining rahnamoligida o`tganligi bilan belgilangan edi. Ehtimol, ilmiy- tehnik va tehnalogik taraqqiyot o`zgarib boruvchi ehtiyojlari va boshqa ta`sirlar ostida jahon tizimi tarkibiy qismlarini nomunosib rivojlanishi oqibatida jahon iqtisodiy, moliyaviy, harbiy-siyosiy markazlarini qayta joylashuvi sodir bo`ldar. Ana o`shanda, jahon sivilizatsiyasi evolyutsiyasining Yevropa- Amerika yo`nalishi barham topadi, sharqiy komponsit ko`p millatli madaniy asosning yo`naltiruvchi kuchiga aylanadi. Biroq hozirgi G`arb qaror topayotgan jahon sivilizatsiyasining yetakchi kuchi bo`lib qolmoqda. Uning kuchi saqlanib qolayotgan ishlab chiqarish ilm-fan, texnalogiya, umuman iqtisodiy xayotni tashkil qilishidagi ustunligiga tayanadi. Sharq mamlakatlari bir-birlaridan yaqqol qaramay, ular ko`p jihatdan mushtarak jihatlar bilan bog`langanlar. Ularni cususan mustamlaka va yarim mustamlaka o`tmishi, shuningdek jahon iqtisodiy tizimida pereferiya xolati birlashtirib turadi. XX asrda siyosiy fikrning rivojlanishi. Davlat-milliy mafkurasi. Rasmiy davlat- milliy mafkurasi- bu amalda hukumat yo`lini belgilovchi davlatchilik, siyosiy hokimiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari bo`yicha konsepsiyalar va qarashlar tizimidir. Davlat siyosatining asosida yotuvchi mafkuralar va dasturlar- turli- tuman etnosla, diniy, tabaqaviy sinfiy guruhlar (qanchalik ularning manfaatlari turlicha bo`lsada) - o`zaro harakterning natijalaridir. Davlat mafkurasi xalqning aksariyat ko`pchilik qismini umumiy maqsadlar va hayotiy manfaatlar to`g`risidagi tasavvurlarni ifodalagan milliy g`oya tayanishi zarur. Xukmdorlarning almashinuvi bilan davlat 40 mafkurasi ko`p xollarda o`zgaradi, binobarin milliy, g`oya esa muddatli omil xisoblanadi. Sharqdagi o`nlab davlatlar o`z tarixi, dunyo qarashi va vaziyatga bog`liq tarzda o`zgarib turuvchi milliy muommolarga ega. Shulardan ko`plab rasmiy doktrinallar va dasturlar kelib chiqqan. Biroq bu barcha turli- tumanlik asosida davlatchilik va siyosiy rejimining tipiga bog`liq bo`lmagan holda mustamlakachilikdan keyingi davrda hokimiyat tuzilmalarini barqarorligi, milliy borliqning barqarorligi, iqtisodiyotning o`sishning barqarorligi, va ijtimoiy sohaning barqarorligidan iborat to`rtta “B” formulasi yotadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling