1 shavkat zokirov


Janubiy-Sharqiy Osiyo milliy ozodlikdan ijtimoiy barqarorlikka


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana22.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1285837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Janubiy-Sharqiy Osiyo milliy ozodlikdan ijtimoiy barqarorlikka 
Yaponiya taslim bo`lgandan so`ng butun Janubiy- Sharqiy Osiyoni milliy- 
ozodlik inqiloblari to`lqini qamrab oldi. Indoniziyada Yaponiya taslim bo`lguncha 
qadaroq mamlakatning milliy yetakchi Axmad Sukarno 1945-yil 1-iyunda bo`lajak
indonez davlatining beshta tamoili ” Pancha shila” ilgari so`radi: millatparvarlik
(ya`ni Xalqaro tenghuquqlilik va xamkorlik ), demokratiya ( xalq vakilligi va fikrlar 
erkinligi ko`zda tutiladi), umumiy faravonlik ( ya`ni iqtisodiy tenglik) va yaratganga
e`tiqod qilish ( mamlakatning konkert sharoitlarida diniy bag`rikenglik sifatida 
talqin qilinadi.) Indoneziya Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan bu tamoillar 


20 
o`zining ahamiyatini to XX asr oxiriga qadar o`z ahamiyatini saqlab keldi, Sukarno 
esa mamlakat ozod bo`lgandan so`ng 20 yil davomida uning rahbari bo`lib keldi. 
1945-yil 
2-sentabrida 
Ozodlik 
milliy 
qo`mitasi 
va 
Hindixitoy
kompartiyasining rahbari Xo Shi Min Vitnam Demokratik Respublikasi tuzilganligi 
e`lon qildi. Xalq qo`mitalari Malayziyaning Yaponlarga qarshi partiyalar armiyasi 
nazorat qilayotgan rayonlarda ham tuziladi. Biroq butun mamlakat miqyosida 
uyushgan harakatning (ayniqsa tub joy Malayziyaliklar orasida va aholining milliy 
tartibining turli-tumanligi mamlakatga britan qo`shinlari qaytib kelguniga qadar 
mustaqil hukumatni tuzilishiga imkon bermagan edi. Keyinroq ingilizlar, 
faransuzlar, gollandlar Yapon okkupatsiyadan ozod qilingan barcha mamlakatlarda 
urushga qadar bo`lgan o`z statuslarini qayta tiklashga urinib ko`rdilarki, bu esa 
amalda uzoqqa cho`zilgan milliy-ozodlik urushlariga aylanib ketgan qattiq qurolli 
qarshilik ko`satishni keltirib chiqardi. Bu kurash Indoniziyada 1949-yilgacha, 
Vitnamda 1954 yilgacha, Malayziyada 1957 yilga qadar davom etadi. Janubi-Sharqiy 
Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham harbiy to`qnashuvlar xollari yuz berdi, biroq 
ular yo siyosiy kurashga bo`ysundirilgan yohud turli siyosiy, ijtimoiy va etnik
guruhlar o`rtasidagi ichki to`qnashuvlar xarakteriga ega edi. Tabiiyki Rozumentsiya 
Mustamlakachilar bunday to`qnashuvlarni u yoki bu mamlakatning xalqi orasidagi 
nifoq solib, bu bilan o`zlarining arbitr sifatidagi o`z pozitsiyalarini saqlab qolish 
niyatida har qanday choralar bilan rag`batlantirish yo`lini tutdilar. Biroq bu Birma 
vatanparvarlari yetakchisi 1946-yildayoq shunday degan edi: “Agar Angliya va 
Amerika birlashib olib, o`z shartlarini tikishtirishni niyat qilsalar, Rossiya va ko`p 
sonli mayday davlatlar bunga yo`l qo`ymaslik maqsadida jipslashadilar”. 
Germaniya va Yaponiya ustidan 1945- yilga g`alabadan so`ng sobiq SSSR obro`-
e`tiborini ko`tarishi, va inqilobiy vaziyat sharoitdan urushdan keyingi tartibot 
modelini topishga intilish bu mintaqada sobiq SSSR ga umid qilish, tayanish 
g`oyasini nafaqat kommunistlar balki millatparvarlar orasida ham yoyilishiga ta`sir 


21 
ko`rsatadi. Bunga albatta urush yillarida siyosiy, Mafkurakiy va miqdor jihatdan 
kuchayib borgan mahalliy kommunistlar ham roli uyg`onadi. 
SSSR Sharqda Amerika Qo`shma Shtatlari va umuman g`arb davlatlariga 
avvalo kompartiyalariga, shu jumladan kommunistlar tomonidan tuzilgan qurolli 
kuchlariga tayanib qarshi turishiga urundi. Biroq bu yo`l Xitoy va Vitnamda o`zini 
oqladi. Koreya shimolidagi mahalliy kommunstlarning muvaffaqatlarida SSSR va 
Xitoyning qo`llab quvvatlashi va har tomonlama yordam katta omil bo`lgan edi. 
Boshqa mamlakatlarga keladigan bo`lsak, bu yerda kompartiyalar o`z oldilariga 
qo`ygan maqsadlariga erisha olamadilar. Ular Indoneziyada ( 1948-1949 yillarda), 
Fillepinda (1952 yil), Malayziyada (1950 yillarning o`rtalariga kelib) og`ir 
ma`lubiyatga uchradilar. Bu ko`p jihatdan ularning kamsonligi, taktik jihatdan 
ularning kamsonliligi, aholining asosiy ommasidan ajralib qolganligi, taktik jihatdan 
yetuk emasligi, Moskvadan (yoki keyinroq Pekindan) bo`ladigan yo`l yirik 
ko`rsatmalarni ular tomonidan ko`r-ko`rona bajarilishi va boshqa omillar bilan 
izohlanadi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling