1. «Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish


Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar


Download 207.03 Kb.
bet11/13
Sana22.02.2023
Hajmi207.03 Kb.
#1222377
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shaxs,Temperament va xarakter,Qobiliyat

Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar
G’arbiy Yevropalik olimlar psixologiyadagi irsiyat nazariyasiga qarshi chiqadilar. Masalan, shveysariyalik psixolog V. Boven qalbaki doktrina deb tarbiyaviy tadbirlardan voz kechish jinoyat bo’lur edi, deb ta'kidlaydi.
Ingliz bioximigi S.Gouz kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun to’siqlar biologiyaga qaraganda ijtimoiy sharoitda ko’proqdir, deb uqtiradi.
Ingliz psixologi, D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta'siri haqida fikr yuritiladi.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning ijtimoiy sharoiti belgilaydi deb uqtiradilar. Masalan, Gelvesiy o’z vaqtida tarbiya yordamida geniyni yaratsa bo’ladi, degan edi. Rus olimi A.N. Leont'ev ham o’zining funksional organlar nazariyasi bilan bu nazariyaga A.Uxtomskiy asos solgan bo’lib, shunga o’xshash konsepsiyani yoqlaydi.
Masalan, tabiiy qobiliyatni muhitga bog’liq deb hisoblaydi. Modomiki, ishchilarning bolalari ulg’ayadigan og’ir ijtimoiy muhitdagi kishilarning madaniy va intellektual rivojlanish darajasi past ekan. Mutlaqo tabiiyki, bu bolalar ham o’z ota-onalarining rivojlanishi darajasidan o’tib keta olmaydilar deydi u.
Ko’zga ko’ringan rus psixologi S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevning konsepsiyasiga norozilik bildirdi. Uning fikricha tug’ma iste'dod nishonalari bu reallikdir, uni rivojlantirish lozim.
Hayotiy kuzatishlar va maxsus tekshirishlar qobiliyatning tabiiy zaminini inkor qilib bo’lmasligini ko’rsatadi. Bir qator maxsus faoliyatlar borki, ular uchun tabiiy zamin xususan muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun zehn nishonalari bo’lgan kishi noqulay sharoitda ham zehn nishonalari bo’lmagan, lekin qulay hayotiy sharoitdagi kishiga nisbatan yuksak qobiliyat ko’rsata oladi. Va aksincha, masalan, bir oilada va bir maktabda rivojlanayotgan aka-ukalar yoki opa-singillar yaxshi yoki yomonligidan qat'iy nazar, bir xil ijtimoiy sharoitda bo’lganlarida ularning qobiliyati va rivojlanishi paytida ba'zan keskin farqlar kuzatiladi.
Qobiliyatning uchinchi konsepsiyasining tarafdorlari ancha to’g’ri pozisiyada turadilar. Ya'ni qobiliyat qulay ijtimoiy sharoit mavjud bo’lganda faoliyat jarayonida shakllanadi. Bu oxirgi konsepsiyada hayot o’zining butun xilma xilligi bilan aks ettiriladi va maxsus tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi.
Shubhasiz, qobiliyat miya tuzilishining qandaydir tug’ma anatomik xususiyatlari bilan, birinchi navbatda miya mikrostrukturasi xususiyatlari bilan bog’liqdir. Bu xususiyatlar in'ikos jarayonining xususiyatiga va shaxsning xatti-harakatiga ta'sir qiladi.
Bolada juda erta seziladigan psixologik xususiyatlar zehn yoki dastlabki tabiiy xususiyatlardir. Shuni aytib o’tish lozimki,
Download 207.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling