1. «Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish
Download 207.03 Kb.
|
Shaxs,Temperament va xarakter,Qobiliyat
B.M.Teplov haqli ravishda aytgandek, psixologik xususiyat har taraflama ahamiyatga ega bo’lib, ular xarakterning ham, qobiliyatning ham tabiiy asosini tashkil qiladi. Umumiy tipdagi xususiyatlar kuchda va tonusda ifodalanadigan faollik, vazminlik, in'ikos va harakat jarayonlarining sezgirlik darajasi, shubhasiz qobiliyatning tashkil topishiga ta'sir qiladi.
Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular birinchidan, voqelikni yaxlit, to’la va jonli tarzda idrok etadilar, qolbuki mutafakkirlar uni bo’lib-bo’lib qabul qiladilar va shuning bilan go’yo uni jonsizlantiradilar. Ikkinchidan, badiiy tip vakillarida tasavvur abstrakt fikrlashdan ustun bo’ladi. Fantaziya - deydi I.P.Pavlov - bu badiiy qobiliyat bo’lib birinchi signal tizimiga tegishlidir. Fikrlovchi tipda esa aql nazariy bo’lib, u so’z bilan bog’liqdir. Uchinchidan, badiiy tip yuksak emosionallik bilan ajralib turadi, chunki birinchi signal tizimi I.P.Pavlov tili bilan aytganda asosiy emosional fondni tashkil qiluvchi miya qobiqi bilan yaqin bog’liqdir. badiiy tip hayajonli, muqarrar, emosional tipdir degan edi I.P.Pavlov va aksincha, mutafakkir tipda emosional fon va birinchi signal tizimi zaif bo’lsada, lekin u sog’lom va soddadil odam bo’ladi. Ko’pchilik olimlar vunderkindlar jismonan zaif deb biladilar. Lekin bu xulosa noto’g’ri. Vunderkindlarning hammasi aqlan va jismonan soppa soq. Buni isbotlash uchun 20-yillarda amerikalik psixologlar tomonidan tadqiqotlar o’tkazilgan. Bu tadqiqotga A.Termen boshchilik qilgan. Ular tadqiqot uchun 15000 o’quvchilarni o’g’il bola va qizlarni saralab oldilar. Ular umumiy aqlan rivojlangan, o’ziga xos xususiyatli 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar edi. Saralash jarayoni test natijalari va o’qituvchilarning tavsifnomasi asosida o’tkaziladi. So’ng bu o’quvchilar 10 yil mobaynida tadqiq etiladilar. Bu o’quvchilar boshqalarga nisbatan sog’liqlarining farqi yo’q, ular ham kasal bo’ladilar, asablari charchaydi. Lekin baribir ular boshqalarga nisbatan sog’lom, har tomonlama rivojlangan yetti muchali sog’ bolalardir. Rus psixologi Download 207.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling