1. Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi kim tomonidan belgilanadi?
Download 19.49 Kb.
|
test
1. Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi kim tomonidan belgilanadi? a) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi b) Markaziy bank c) G’aznachilik organlari d) to’g’ri javob yo’q 2. “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini yuritish qoidalari” O’z.R AV. Tomonidan qachon ro’yxatga o’tkazilgan? a) 2016-yil 30-martda 2772-son b) 2016- yil 23-avgustda 2821-son c) 2016-yil 22-dekabrda 2850 -son d) 2014-yil 28- aprelda 2577-son 3. Yagona g’azna hisobvarag’i qanday hisobvaraq hisoblanadi? a) Shaxsiy hisobvaraq b) G’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i c) Hududiy moliya bo’linmalari tomonidan boshqariladigan hisobvaraq d) Tashkilotlarning shaxsiy hisobvarag’i 4. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga nimalar kiradi? 1. davlat budjeti; 2. davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari; 3. budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari; 4. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari; 5. mahalliy budjet; 6. budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi; 7. vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari; a) 1,2,3,4, b) 2,3,4,7 c) 4,5,6,7 d) 1,3,5,7 5. Davlat budjetining daromadlari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi? a) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi b) Markaziy bank c) G’aznachilik organlari d) to’g’ri javob yo’q 6. Shaxsiy g’azna hisobvaraqlari qanday turlar bo’yicha ochiladi? a) budjet tizimi budjetlarining darajalari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari b) Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari c) budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlari d) hamma javoblar to’g’ri 7. Davlat byudjeti daromadlarining tasnifiga ko’ra daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari nechta koddan iborat va nechta qismdan tarkib topgan? a) 25 kod - 6qism b) 27 kod - 6 qism c) 21kod - 4 qism d) 17 kod - 4 qism 8. …. bu O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan tahliliy hisob registrlaridir. a) Yagona g‘azna hisobvarag‘i b) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari c) g‘aznachilik memorial orderi d) bankdagi hisobraqam 9. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari nima? a) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari c) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan mablag‘lar; d) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablag‘lari 10. Yagona g’azna hisobvarag’iga qaysi mablag’lar kiritiladi? a) Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari b) Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgarmalari mablag’lari c) Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgarmalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari d) Tashkilotlarning o’z mablag’lari 11. Budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarda qaysi hisoblar yuritiladi: budjetdan mablag‘ oluvchining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan va uning faoliyatini yuritishni ta’minlash va markazlashgan tadbirlarini amalga oshirish uchun rejali budjet ajratmalari; yuridik shaxs bo‘lmagan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun nazarda tutilgan rejali budjet ajratmalari; kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasida nazarda tutilgan rejali budjet ajratmalari; Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar; yuridik va moliyaviy majburiyatlar; XTR; kassa xarajatlari. i, ii,iii,v v, vi, vii,i i, ii,iii,v, iv,vi hammasi to’g’ri 12. Budjetdan mablag‘ oluvchining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qancha unikal raqamdan iborat? a) 22 b) 28 c) 27 d) 23 13. Quyidagilardan qaysi to’g’ri emas? a) Zarurat bo’lganda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish uchun asos bo‘lgan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib beriladi b) Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari uchun shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar ushbu jamg‘armaning tegishli mablag‘lari bo‘yicha har bir xarajatlar smetasi bo‘yicha alohida ochiladi. c) Budjetdan mablag‘ oluvchi tugatilganda, tugatilayotgan tashkilotning rahbari ushbu jarayon boshlangan kundan boshlab ikki ish kuni ichida moliya organiga yuqori turuvchi tashkilot yoki o‘rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan tugatish to‘g‘risidagi va tugatish komissiyasining tayinlanishi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalarini tugatish komissiyasining faoliyat yuritish muddatlarini ko‘rsatgan holda taqdim etadi. d) Agar budjetdan mablag‘ oluvchi bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchisi bo‘lsa, tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar ochish uchun shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochish to‘g‘risidagi arizaga muvofiq shaklda xizmat ko‘rsatiladigan quyi budjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxati ilova qilinadi Download 19.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling