1 Shermuxamedov B. U. – Tми
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o`rni
www.interfinance.uz
2
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o`tganlaridek: “...jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo`nalish bor. Bu-xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir”[1]. Jamiyatimizning iqtisodiy negizi bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi muhim o`rin egallaydi. Ushbu sohani jadal rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirib borish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror ijtimoiy- iqtisodiy o`sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining o`rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i muntazam o`sib, 2016 yil yakunlari bo`yicha 56,9 foizga, sanoatda esa 45 foizga oshdi. Shuningdek ish bilan band aholining 78 foizi mazkur sohada mehnat faoliyatini yuritmoqda. Ushbu ko`rsatkichlarga erishishda tijorat banklari kreditlash hajmining oxirgi yillarda o’sishi ham muhim omillardan hisoblanadi. [1]. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xususida quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o`rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o`sishga erishishda muhim omil bo`lib hisoblanadi” [2] Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni alohida rol o`ynadi, chunki bu farmonda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan[3]. Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, yangi ish o`rinlarini yaratish bilan bog`liq masalalarni hal etishda tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish juda muhimdir, aynan ushbu masalaga berilgan e’tibor yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, ushbu sohaning mamlakatimiz YaIMdagi ulushini doimiy oshib borishiga sabab bo`lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016 yilda tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan sub’ektlar soni 32 mingtaga yaqinni tashkil etdi. [3]
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 5, октябрь, 2017 йил Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling