1 Shermuxamedov B. U. – Tми
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o`rni
www.interfinance.uz
4
rivojlantirish yo`lida to`liq erkinlik berish, amaliyotda “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo`ladi” degan printsipni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qat’iy oldini olish, davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarni yanada kengaytirish va soddalashtirish, xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg`armalarida davlat ishtirokini kamaytirish ko`zda tutilgan[5]. Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali kichik biznesning respublikamiz ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishdagi roliga baho beramiz. 2-jadvaldan ko`rinib turibdiki, 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan umumiy investitsiyalar hajmining 40,3 foizi, ya’ni 19963,2 mlrd. so`mlik investitsiyalar o`zlashtirildi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami sanoat ishlab chiqarishining 45,0 foizini, ya’ni 50020,8 mlrd. so`mni tashkil etdi. Shu yili jami iqtisodiyotda band bo`lganlarning 78,1 foizi, ya’ni 10 392,5 ming nafar kishining bandligi ta’minlandi, shu jumladan band bo`lganlarning 8212,1 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar, 2180,4 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to`g`ri keldi.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling