23. Fikr qanday vosita orqali ifodalanadi?
A) tovush; B) so‘z ;C) ibora; D) gap.
24. O‘zbek tili leksikasida yangi ma’no kasb qilgan so‘zlarni toping.
A) dallol, bozorbop B) ishbilarmon, tadbirkor C) firmachi, fermer D) barchasi to‘g‘ri
25. O‘zbek tiliga xos bo‘lmagan bo‘g‘in turlari berilgan javobni toping.
A) teologiya B) kontrakt C) tashvish D) A,B.
26. Til oilalariga xos xususiyatlar noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni bеlgilang.
A) lug‘aviy jihatdan yaqin bo‘lgan tillar B) kеlib chiqish manbasi bir xil bo‘lgan tillar C) fonеtik jihatdan yaqin bo‘lgan tillar D) grammatik jihatdan yaqin bo‘lgan tillar
27. Quyidagi qaysi bo‘linish to‘g‘ri?
A) til oilasi > til turkumi > muayyan til B) til turkumi > til oilasi > muayyan til C) muayyan til > til turkumi > til oilasi D) til turkumi > muayyan til > til oilasi
28. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarashning taqiqlanganligi “Davlat tili haqida”gi qonunning qaysi moddasida yozilgan?
A) 1-moddasida B) 2-moddasida C) 24-moddasida D) 14-moddasida
29. Quyidagi maqolni davom ettiring: Ovqatni tuzi mazali qiladi, odamni - ...
A) yuzi B) ko‘zi C) o‘zi D) so‘zi
30. Til va nutqning o‘zaro farqlari ko‘rsatilgan javobni toping.
A) tilni xalq yaratadi, nutq esa ma’lum shaxsga tegishli bo‘ladi B) til aloqa vositasi, nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi C) tilning umri uni yaratgan xalq umridek uzundir, nutq umri qisqa bo‘ladi D) barchasi to‘g‘ri.
33-VARIANT (1-MA’RUZA: TILSHUNOSLIK HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT)
1. Qadimgi turkiy til qaysi davrlargacha qo‘llangan?
A) X asrgacha B) XV asrgacha C) VIII asrgacha D) XIV asrgacha
2. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra yer yuzida nechta til mavjud?
A) 2000 dan ortiq B) 2000 ga yaqin C) 3000 dan ortiq
D) 3000 ga yaqin
Do'stlaringiz bilan baham: |