1. ShKni elektr tarmog‘iga ulash Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari
Off-line arxitekturasiga asoslangan UPS varianti
Download 59.16 Kb.
|
Elektr ta‘minoti tizimida ishonchlilikning kompleks ko‘rsatkichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqli-interfaol UPS
- On-Line
- Ikki barobar o‘zgartirgichli UPS ning blok-sxemasi (on-line).
Off-line arxitekturasiga asoslangan UPS varianti (Back-UPS) 6-rasmda keltirilgan. Bu holatda UPS tarmoq filtri (F), zaryad hosil qilish qurilmasi, eng sodda sxemalarda bajarilgan invertor va kommutator kabi bog‘lamalardan tashkil topgan. Kompyuter o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan tarmoq filtri orqali ta’minlanadi. UPS ichida joylashgan akkumulator doimiy ravishda zaryad berish qurilmasidan zaryadlanadi. Akkumulatordan foydalanilganda kuchlanishni o‘zgartirgich ishga tushadi. Bir ish tartibidan ikkinchisiga o‘tish vaqti taxminan 4–5 ms. Bunday qurilmalarning eng katta kamchiligi generatsiyalash ish tartibiga soxta o‘tishidir. Bu vaziyatning yuzaga kelishiga sabab kompyuterning bevosita o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan ozuqalanishi va kuchlanishning keskin o‘zgarishiga moyilligidir. UPSning bu turiga ARS firmasining Back UPS modeli, Invensys firmasining Powerware 3110 modeli (quvvati 600 V/A, batareyaning hajmi 9 amper-soat, maksimal yuklamaning quvvatlash vaqti 4,2 min) kiradi.
Chiziqli-interfaol UPS (Line-Interactive). Chiziqli-interfaol UPSga kuchlanishni barqarorlashtirish funksiyasini kiritish uchun 6-rasm. Off-Line tipidagi UPS sxemasi. 7-rasm. Chiziqli-interfaol UPS sxemasi. o‘chirib-yoqish shaxobchali transformator yoki avtotransformatordan (A/T) foydalaniladi (7-rasm). Kirish tarmoq kuchlanishi bosqichma-bosqich muntazamlashtiriladi, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish vaqti 4–5 ms dan oshmaydi. Bu sinfga ARS firmasining UPS Smart va Matrix modeli hamda Invensys firmasining Back-UPS va Powerware 5119 manbayilari (quvvati 100 V/A, quvvatlash vaqti 100 foiz, yuklamasi 5,5 min) kiradi. Murakkab UPS lar gohida On-Line atamasi bilan nomlanuvchi, kuch lanishni ikki barobar o‘zgartirish sxemasi bo‘yicha bajariladi (8-rasm). Bunday sxemotexnikada kompyuter har doim kuchlanishning ikkilamchi o‘zgartirgichidan oziqlanadi. Ikkilamchi o‘zgartirgichlar elektr energiyani tarmoqdan oziqlanuvchi yoki akkumulatordan yoki birlamchi o‘zgartirgichdan oladi. Bunday UPS lar kompyuterga nisbatan barqaror kuchlanish ta’minotini ta’minlaydi. Shuningdek, ularda bevosita kompyuterdan oziqlanishga o‘tish va akkumulator «issiq» almashtirish imkoni ko‘zda tutilgan. UPSning 8-rasm. Ikki barobar o‘zgartirgichli UPS ning blok-sxemasi (on-line). bu sinfiga EXIDE firmasining Prestige seriyasi kiradi. ARS firmasi tomonidan 500 V·A quvvatga ega bo‘lgan Matrix-UPS uzluksiz ta’minotning modulli tizimlari ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda UPS ning deyarli hamma modeliga uning ish tartibini boshqarish sxemasi hamda kuchlanishni nazorat qilish datchigi kiritilgan. UPS ni kompyuterga ulash uchun RS-232 yoki USB interfeysidan foydalaniladi va bunday UPS larga nisbatan SmartUPS termini qo‘llaniladi. Eng intellektual uzluksiz elektr ta’minoti manbayida lokal tarmoq orqali boshqarish funksiyasi mavjud. Shaxsiy kompyuterlar va uning tashqi qurilmalari ofis binolarini yalpisiga qoplagani uchun kompyuter va telekommunikatsiya qurilmalarini elektr ta’minoti va yerga ulash muammosi yuqori professional darajada hal qilinishi kerak. Download 59.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling