1-sinf o'quvchilariga masalalar yechishga o'rgatish metodikasi Mundarija Kirish
Matematik masalalar va ularning turlari
Download 149 Kb.
|
1-sinf o\'quvchilariga masalalar yechishga o\'rgatish metodikasi
2.3 Matematik masalalar va ularning turlari
Matematik masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Sodda masalalar bitta amal bilan yechish mumkin bo’lgan masalalar jumlasiga kiritiladi. Bir nechta sodda masaladan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi. Har qanday sodda masalaga doir ikkita teskari masala tuzish mumkinki, ularning har biriga o’sha syujet bo’yicha izlanayotgan son sifatida esa to’g’ri masala shartida ma’lum bo’lgan son qatnashadi. Masalan: hovlida 5 ta qiz o’ynayotgan edi. Ularning 2 tasi uyga ketdi. Hovlida nechta qiz qoldi? Masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin. Birinchisi ,,Hovlida bir nechta qiz o’ynayotgan edi. 2 ta qiz uyiga ketgandan so’ng, hovlida 3 ta qiz qoldi. Oldin hovlida nechta qiz qoldi? 2- hovlida 5 qiz. Bir nechta qiz uyiga ketgandan so’ng hovlida 3 ta qiz qoldi. Nechta qiz uyiga ketgan?’’ Bu masala berilgan 1-masalaga nisbatan, shuningdek 2-masalaga nisbatan ham teskari masala sifatida qarash mumkin.
Hozirgi paytda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar rivojlangan bir paytda boshlang’ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan an’anaviy usulda o’qitish emas, balki o’quvchilarning o’qishga, bilim o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga qaratilgan o’qitishning noan’anaviy shakllarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishdek muhim vazifalar qo’yilgan. Masala ustida og’zaki ishlagandan keyin masala mazmunini matematik atamalar tiliga o’tkazish kerak va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv shaklida ifodalash kerak. Shuni nazarda tutish kerakki, hamma hollarda ham qisqacha yozishni bajarish bilan birga masala sharti analiz ham qilinadi. Qisqacha yozishning vazifasi ana shundan iborat. Haqiqatdan, masalani qisqacha yozish o’quvchi xotirasiga tayanch bo’lib, sonli ma’lumotlarni tushunish va yaratish imkonini beradi, bu ma’lumotlarni masalada nima berilganligini va nimani izlash kerakligini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib matematik masalalar yechish o’quvchilarning matematik bilimlarini rivojlantirish usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga murakkab va qiziqarli masalalar o’qitish samaradorligini oshirishning eng yaxshi usullaridan biri sifatida bo’lishi ham mumkin. Shu sababli boshlang’ich sinf matematika darslarida masalalar yechish usullarini to’g’ri tashkil etish, undan oqilona foydalanish, masalaning turli shakllarini tashkil etish va unda turli didaktik vositalardan imkon darajasida foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmog’i maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni masalalarni yechishga o’rgatish boshlangʻich matematika kursining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda amallar soniga nisbatan cheklanmaydi, ya'ni o’quvchi nafaqat ikkita, balki uchta va to’rtta ko'paytmalarning yig’indisini topish talab etilgan, hayotiy masalalarni yecha olishi kerak. Tarkibli masalalarda sodda masalalarning barcha turdagi ko’rinishlari uchrashi mumkin. Tadqiqotimizda berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanish o’rnata olish ko’nikmasiga nisbatan talabni ko’proq qo’yuvchi bir qator yangi masalalar berish nazarda tutilgan. Bu masalalarni o’rganish uchun alohida dars qo'shimcha dars soatlari shart emas. Bunda o’qituvchi dastlab masala haqida tushuntirishlar olib boradi, so’ngra o’quvchilar o'zlari mustaqil ishlashlari uchun metodik tavsiyalar taklif qilishi mumkin. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling