1-sinfda musiqa o`qitishning vazifalari va mazmuni


Download 106.63 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi106.63 Kb.
#1076622
Bog'liq
Husenova Dilshoda MUT 21.1

1-SINFDA MUSIQA O`QITISHNING VAZIFALARI VA MAZMUNI


Boshlang`ich sinflarga dars o`tishda faoliyat turlari:
1-Musiqa tinglash
2-Jamoa bo`lib kuylash
3-Musiqa savodi
4-Musiqiy ijodkorligi
1-Musiqa tinglash:notaga qarab kuylash,musiqiy ko`nikma hosil qilish va shakllantirish hamda asarni to`g`ri ijro etishka yordam beradi
2-Jamoaviy kuylash:musiqa o`quvini ijodiy rivojlantirishda muxim o`rin tutadi,buning uchun ovoz sozlashka va o`qituvchining ovozi ham shunga yarasha sifatli bo`lishiga alohida e`tibor qaratish kerak
3-Musiqa savodi darsning ta`limiy vazifasini bajaradi.Musiqa savodini oshirish uchun esa kuylash va tinglashga doir asarlarni tahlil qilish lozim.
4-Musiqiy ijodkorligi bu metroritmni his qilish.Bunda ritmik harakatlardan foydalanish mumkin.Bolalar cholg`usida jo`r bo`lish mashg`uloti ham bynga misol bo`la oladi.
Darsning maqsadi:musiqa madaniyati fani va musiqa olami haqida tushuncha berish o`quvchilarda ijodiy mahorat,nafosat va badiiy didni o`stirish,musiqiy qobilyat va iqtidorni rivojlantirish
Dars o`tishda tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
O`quvchilarni darska tayyorgarligi
Musiqa fani sozanda yoki xonandani emas,eng avvalo insonni tarbiyalaydi
1-sinflar uchun dars o`tishda ularni yoshini inobatka olgan holda dars jarayonlarini qiziqarli o`yinlar,rangli rasmlar va ko`rgazmalar bilan o`tish kerak
1-sinf o`quvchilariga qo`yilgan talablar
-nota yo`lidagi notalar joylashuvini bilishi
-skripka kalitini nota yo`liga to`g`ri joylashi
-cholg`ularni ovoziga qarab ajrata olishi
-kuyga ritmik jo`r bo`lish
-chapak va shovqinli cholg`ulardan foydalanishni bilishi
Bu vazifalarni o`qituvchi yil yakuniga qadar bolaning imkoniyati va yoshini inobatka olib o`rgatib borishi buning uchun harakat qilishi,o`z ustida ishlashi lozim!
Download 106.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling