1-sinfda (tayyorlov bosqichi uchun) sto` darsi: Mavzu: “Non isi” revoyati. Dars maqsadi
Download 17.06 Kb.
|
non
1-sinfda (tayyorlov bosqichi uchun) STO` darsi: Mavzu: “Non isi” revoyati. Dars maqsadi. Yaxshi o`qish sifatlarini shakllantirish o`quvchilar nutqini o`stirish va boyitish TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish. Dunyodagi eng xushbo`y aziz, qadrli ne`mat non ekanligini o`quvchilarga tushuntirish va nonni avaylab asrab ushog`ini ham uvol qilmasdan ko`zga surtish kerakligini o`quvchilarga o`rgatish. TK5 umumbashariy ahamiyatga ega bo`lgan qadiryatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an`nalar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo`lish. Yangi mavzuni puxta o`zlashtirish o`quvchilarning o`qish malakasini oshirish va og`zaki nutqini o`stirish. FK1 badiiy asar sejujetini qayta so`zlab bera olish. FK2 asar qahromonlariga munosabat bildira olish. Dars metodi: suhbat savol-javob, rolli o`yinlari. Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar. Darsning borishi Tashkiliy qism: salomlashish; davomat; o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Kirish suhbati Buyuk bobokalonlarimizdan kimlarni bilasiz. A. Navoiy, H.Bayqaro bobolarimiz haqida eshitganlarimiz? Bu bobolarimiz o`zining aqil u donishmandligi zukkoligi bilan tarximizda o`chmas iz qoldirgan va xalqimizning muhabatini qozongan, shuning uchun bu bobolarimiz haqida ko`p hikoyalar, rivoyatlar afsona-yu ertaklar yozib qoldirilgan. “Non isi” rivoyati o`qib beriladi. Rivoyat yuzasidan suhbat: Rivoyat sizga yoqdimi? Rivoyatda kimning qahromonligi hikoya qilinadi? Dunyodagi eng xushbo`y narsa nima ekan? Non haqida qanday maqol va hikmatli so`zlarni bilasiz? O`quvchilar javobi umumlashtirilib, umumiy xulosa qilinadi. Asarga ishlangan rasmlar ko`rsatiladi. Bu jarayonda asar mazmuni yuzasidan rasmlarga bog`lab qisqacha suhbat uyishtiriladi. Uyga topshiriq. Non haqida maqol va hikmatli so`zlar yodlab kelish. Ota-onalardan, bobo-buvilardan non haqida rivoyat, ertak, hikoyalar bilib kelish. Non va A.Navoiy, H. Bayqaro bobolarimizning suratlarini chizish. Download 17.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling