1. Sirkoniy. Gafniy. Vanadiy. Sirkoniy (Zirconium) Zr, a = 91,22


Gafniy Gafniy (Hafnium) Hf, A = 178,49


Download 22.4 Kb.
bet2/2
Sana08.09.2023
Hajmi22.4 Kb.
#1674042
1   2
Bog'liq
Mavzu.3 Sirkoniy, Gafniy,Vanadiy kimyosi va texnologiyasi

Gafniy
Gafniy (Hafnium) Hf, A = 178,49. Gafniy yer po‘stlog‘ining 4*10-4 foizini tashkil etadi. U xossalari jihatidan sirkoniyga o‘xshaydi va ko‘pincha, sirkoniy minerallarida aralash holda uchraydi, shu sababli uning mavjudligi kecli bilingan, faqat davriy qonun va davriy sistema kashf etilgandan keyingina bilingan va 1923- yilda topilgan. Gafniy birikmalarining xossalari ham sirkoniy birikmalarining xossalariga o'xshab ketadi. Gafniy elektrotexnika va radiotexnikada ishlatiladi.
Vanadiy (Vanadium) V, A = 50,942. Bu element tabiatda ko‘p tarqalgan, lekin juda tarqoq holda uchraydi. U yer po‘stlog‘ining 0,02 foizini tashkil etadi. Vanadiy 1830- yilda topilgan; uning birikmalari rang-barang bo‘lgani uchun qadimgi skandinav go‘zallik xudosi Vanadis nomi bilan atalgan.
Tabiatda vanadat kislotaning turli tuzlari — vanadatlar, masalan, Pb5(V04)3Cl uchraydi. Ular Afrika, QSH, Rossiya (ba’zi temir rudalar bilan), Qozog'iston, O‘zbekiston (qo‘rg‘oshin kon)da bor. Vanadiyning patronit V2S5, ferganit V3(V04)206—6H2O kabi minerallari ma’lum. Uning 2 tabiiy va 7sun’iy izotopi olingan. Vanadiy rudasiga H2S04, NaOH yoki Na2CO3 ta’sir ettirib,undagi vanadiy V2O ga yo kalsiy vanadat yoki ferrovanadatga aylantiriladi, so‘ngra uiglerod yoki Al bilan qaytarib, vanadiy olinadi.
Vanadiy kulrang tusli qattiq metall bo‘lib, uning solishtirma og'irligi 5,87 ga teng, tc=1720°C, tqay=3400°C.
U odatdagi sharoitda havo va suv ta’siriga ancha chidaydi. Zar suvi va nitrat kislota kabi oksidlovchilarda, shuningdek, HF da eriydi. Yuqori haroratlarda kislorod va azot bilan birikadi. Uning hamma birikmalari zaharlidir. Vanadiyning VO. V2O3, VO2, V2O5 kabi oksidlari bor. VO, V20 3 qora rangda bo'lib, asos xossalariga ega, VO2 ko‘k rangda boiib, amfoter xususiyatiga ega. V2O5 esa qizg'ish-sariq tusda bo‘lib, kislotali oksiddir. VO ga muvofiq keladigan V(OH)2, VC12, VSO4 kabi birikmalar ma’lum. V2O3 ga muvofiq keladigan tuzlar binafsha, V2O3 ga muvofiq keladigan tuzlar yashil, VO2 ning birikmalari esa havorang tusda bo‘ladi. VO2 ko‘k tusli modda bo'lib, amfoter oksiddir, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, vanaditlar hosil qiladi. Vanaditlarning suvda eriydiganlari, masalan, kaliy va natriy vanaditlar K2[V4O9]-7H2O, Na2[V4O9] 7H2O holida kristallanadi. VO2 ni kislotalarda eritib, VC14 V(SO4)2 lar hosil qilib bo‘lmaydi, chunki ular eritmada gidrolizlanib ketadi va VOCl2, VSO4 shaklida kristallanadi. VO ni vanadil ioni deb, VO SO4 ni esa vanadil sulfat deb ataladi. Vanadiyning eng barqaror, ko'p uchraydigan, ko‘p ishlatiladigan va eng muhim birikmalari 5 valentli vanadiy birikmalari, ya’ni V2O5 ga muvofiq keladigan birikmalardir. Vanadiyning 2, 3,4 valentli birikmalari oson oksidlanib, 5 valentli birikmalarga aylanadi. Va05 ning ozroq amfoterlik xossalari bo‘lsa-da, u, asosan, kislotali oksid, ya’ni angidriddir, P2C5 ga o ‘xshash, V2O5ga ham muvofiq keladigan meta, orto va pirokislotalar bor. Bu kislotalaming tuzlari oson hosil qilinadi; natriy va kaliy vanadatlar suvda yaxshi eriydi, boshqa ko‘pgina vanadatlar suvda erimaydi. Vanadiy qo‘shilgan temir rudalaridan olinadigan va ferrovanadiy deb ataladigan qotishmadan vanadiyli po‘lat tayyorlanadi. Tarkibida 0,1—0,2% V bo’lgan po’latlar mayda kristalli, pishiq va elastik bo‘ladi. Ulardan, ko‘pincha, avtomobil va samolyot dvigatellarining detallari ishlanadi. Va20 5 yaxshi katalizatordir. Masalan, H2S04 ishlab chiqarishda katalizator sifatida temir, qalay oksidlari bilan birga V2O5 ishlatiladi. Vanadiy birikmalaridan shisha sanoatida, tibbiyotda va fotografiyada foydalaniladi.
Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling