1. Sirkoniy. Gafniy. Vanadiy. Sirkoniy (Zirconium) Zr, a = 91,22
Download 22.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu.3 Sirkoniy, Gafniy,Vanadiy kimyosi va texnologiyasi
Mavzu: Sirkoniy, Gafniy,Vanadiy kimyosi va texnologiyasi. Reja: 1.Sirkoniy. 2. Gafniy. 3.Vanadiy. Sirkoniy. Sirkoniy (Zirconium) Zr, A = 91,22. Sirkoniy tabiatda ko‘p tarqalgan element, yer po‘stlog‘ining 0,025% ini tashkil etadi va nihoyatda tarqoq holda uchraydi. Sirkoniyning muhim minerallari badaleit ZrO2 va sirkon ZrSO4- Sirkoniy rudalari Donbassda bor. Sirkoniy 1787- yilda topilgan. U kulrang yaltiroq metall, kukun holida esa qora rangda bo‘ladi; sirkoniyning kimyoviy xossalari titanga o'xshaydi. Odatdagi sharoitda unga suv va havo ta’sir etmaydi, yuqori haroratda birmuncha faol bo‘ladi; suyultirilgan kislotalar va ishqorlar unga ta ’sir etmaydi. HF da va zar suvida erimaydi. Uning asoslilik xossalari titannikidan ortiq. 2 va 3 valentli sirkoniy birikmalari titannikiga qaraganda ko‘proq beqarordir. Demak, sirkoniy o ‘z birikmalarida hamisha 4 valentlidir. ZrC2— suvda erimaydigan va nihoyatda qiyin suyuqlanadigan oq modda (tc= 2680°C). Sirkoniy tuzlari eritmasiga ishqorlar ta’sir ettirilganda oq iviq cho'kma — sirkoniy gidroksid hosil bo’ladi. Bu gidroksid kolloid holga oson o‘tadi, kislotalarda eriydi, ishqorlarda erimaydi. Ishqorlar va ishqoriy metall karbonatlari bilan qizdirilganda sirkonatlarni, ya’ni sirkonat kislota tuzlarini hosil qiladi. Bularning tarkibi M2ZrO3, M4ZrO4 bilan ifodalanadi. Sirkonatlarning suvda eriydiganlari gidrolizlanadi. Zr+4 tuzlarning eritmalari ham gidrolizlanadi va titanilga o‘xshash, sirkonil ZrO+2 ionlarini hosil qiladi. Sirkonil xlorid ZrOCl2 bunga misol bo‘la oladi. Sirkoniy po‘latning turli navlarini tayyorlashda ishlatiladi. ZrO2 o’tga chidamli idishlar, shishalar, moy bo'yoq va emallar tayyorlashda ishlatiladi. ZrC dan qimmatbaho toshlarni tarashlash va shishalarni kesishda foydalaniladi. ZrN ham g‘oyat qattiq va qiyin suyuqlanuvchan moddadir (ts=2950°C). Download 22.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling