1. Sivilizatsiya
Download 20.14 Kb.
|
Зебра
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Matriarxat
- 3. Yunon-Baqtriya
- 6. Eftaliylar
- 9.Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari
1.Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi.Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. 2. Matriarxat (lot. mater — ona va yun. arche — ibtido, hokimiyat; aynan — ona hukmronligi), ginekokratiya — asosan, ibtidoiy jamiyatning ilk davridagi ijtimoiy tuzum shakllaridan biri. Baʼzi xalqlarda patriarxatdaya oldin mavjud boʻlgan, ayrimlarida urugʻchilik tuzumidan sinfiy jamiyatga oʻtish davrida ham saqlangan. M.da ayollar hukmron mavqega ega boʻlgan, mulk va naslnasab sotsial mavqe ona urugʻi boʻyicha oʻtgan, nikoxdan soʻng er xotin jamoasiga koʻchgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin oʻz jamoalarida alohida-alohida yashagan. M. Jan.-Sharqiy Osiyodagi ayrim xalqlar (mas, minangkabau va mikronezlarning ayrim guruhlari)da hozirda ham saqlanib qolgan. Patriarxat — ibtidoiy jamiyat davriga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar shakli. P.da jamiyat, xoʻjalik, oilada erkak hukmron mavqega ega boʻlgan. P.ningxoʻjalikfaoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. Bu davrda ibtidoiy jamiyat yemirilib, uning soʻnggi bosqichida mulkiy tabaqalanish va davlat yuzaga kelgan.[1] 3. Yunon-Baqtriya podsholigi Oʻrta Osiyo hududida eramizdan avvalgi 250-125 yillarda mavjud boʻlgan davlatdir. 4. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang‘ davlati paydo bo‘ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradilar. Milodiy V asrning 2-yarmida Qang’ davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Xitoy manbalarida Shi), Samarqand (Kan), Maymurg’ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqo’rg’on (Xe), Usrushona (Tsao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan. Bu hudud asta-sekin Eftaliylar davlati tarkibiga qo’shib olingan. VIII va IX asr boshlarida qarluq, o’g’uzlar tazyiqi va arab istilosi natijasida qang’li qabila ittifoqi batamom emirilib, bir necha qismga bo’linib ketadi. Bir qismi shimoli sharqqa - Talas va Chu daryolari oralig’iga kelib joylashadi. Ikkinchi qismi Kaspiy dengizining shimolidagi Yoyiq (Ural) daryosi atrofidagi yaylovlardan makon topadi.Uchinchi qismi esa Orol dengizining janubi sharqiy sohillarida, Sirdaryoning quyi oqimlarida qolib, o’g’uzlarga tobe bo’ladilar. XII - XIII asrlarda qang’lilar Xorazmning siyosiy hayotida muhim rol o’ynaganlar. Shu davrda Talas va Chu vodiylarida yashovchi qang’lilardan 60 ming kishi Xorazmga ko’chib keladi. Mo’g’ullar bosqini arafasida Xorazmda qang’lilardan tuzilgan qo’shinning soni 90 minggga etgan. Xorazmshoh Tekesh qang’li beklaridan birining qizi - Turkon xotunga uylanadi. Keyinchalik bu ayolning mamlakat siyosiy hayotiga aralashuvi, kaltabinligi mo’g’ul bosqiniga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga to’sqinlik qilgan. Qanglilarning bir guruhi XII - XIII asrlarda Sibir erlariga borib o’rnashadi hamda bu erdagi Oltoy, Enisey turklari va yoqutlarga aralashib ketadi. Ikkinchi bir qismi Zarafshon vodiysiga ko’chib keladi. Mo’g’ullar hujumi arafasida Samarqandda 30 ming qangli bo’lgan. Keyingi asrlarda qang’lilar o’zbek, qozoq va qoraqalpoq xalqlari tarkibiga kirgan. Xorazm, Qoraqalpog’iston, Toshkent, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardagi “qang’li” so’zi bilan bog’liq etnotoponimlar bu fikrni tasdiqlaydi. Qang’ davlati davriga oid yodgorliklar Xorazm vohasidagi Jonbosqal’a, Qo’yqirilgan qal’a, Kichik Qirqqiz, Qo’narli qal’a, Oq tepa va boshqa qal’alar qazilmalaridan topilgan. 5.Davan (xitoycha Dayuandan olingan) — Fargʻona vodiysidagi qad. davlat. Miloddan avvalgi 2—1-asrlardagi Xitoy manbalaridakeng , obod, boy mamlakat — D. haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. D. shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabilazodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. D. atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. 3-asrgacha uchraydi. Soʻngra D. oʻrniga "Boxan" va "Polona" (mil. 5-asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. D. ga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. Xitoyliklar D. deb nomi toharlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatni atashgan degan fikr bor. Miloddan avvalgi 2-asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, D. aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan, D.liklar koʻzlari kirtaygan, qalin soqolli xalq boʻlib, savdo-sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. D.da xotin-qizlar izzat-ikrom qilingan. D.da yetishtirilgan "osmon tulporlari" — argʻumoqlar Sharkda mashhur boʻlgan. Miloddan avvalgi 104—101 y.larda Xitoy askarlari D.ga ikki bor hujum qilganlar. 1-hujum Xitoy askarlarining magʻlubiyati bilan tamom boʻlgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarningqarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qoʻshin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda Ershi shahrini qamal etishgan 6.Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga meros bo'lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqanshning o'ziga xos qonun-qoidalari bo'lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan. 7. Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati. 8. O’rta Osiyo yerlariga birinchi bor lashkar tortib kеlgan xukmdor Ziyod bin Abu Sufyondir. U 667 yilda Amudaryo bo’ylarigacha kеladi, Marvni egallab katta boylik va o’ljalar olib yurtiga qaytib kеtadi. 673 yilda Ziyodning o’g’li Ubaydulloh Ziyod yana Buxoroga qo’shin tortib kеladi. U Boyqand va Romiton yerlarini egallaydi. Bu davrda Buxoro taxtini malika Xotun bohqarar edi, U Buxoro hukmdori bеvaqt olamdan o’tgan Bidun Buxorxudotning bеvasi bo’lib o’g’li Tog’shoda yosh bo`lganligidan davlatni o`zi boshqarmoqda edi. Xotun oqila va tadbirkor bo`lganligidan axoli qirg’in bo`lmasligi va mamlakatni vayronalikdan saqlab qolish maqsadlarini ko`zlab Ubaydullox bilan sulh bitimi tuzadi va arablarga har yili bir million dirham tovon to’lab turish majburiyatini oladi. Chunki kuchlar tеng emas edi, yordamga chaqirilgan turk lashkarlari ham vaziyatni biror-bir darajada o`zgartira olmasdi. Arablar buxoroliklardan to’rt ming kishini asir qilib oldilar, juda ko’plab boylik- xazina, qurollar, kiyimlar, oltin, kumush narsalarni o’ljaga tushirdilar. Ular podsho xotinning bir poy etigi va paypog’ini ham topib oladilar. Tilla ishlatilib, har xil qimmatbaho toshlar bilan bеzatilib tayyorlangan etik va paypoq sahroyi arablarni juda ham hayratga solgan. Bu etik va paypoq ikki yuz ming dirham baholangan 9.Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yil) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so‘zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo‘lib, 720-yilda So‘g‘d aholisi bosh ko‘taradi. Qo‘zg‘olonga Samarqand ixshidi G‘urak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar. So‘g‘dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko‘rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So‘g‘ddagi qo‘zg‘olon umumxalq qo‘zg‘oloniga aylanib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va e’tiborli vakillarni qo‘zg‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘lolmadi. VIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda juda ulkan xalq qo‘zg‘oloni ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar oq rangdagi kiyim kiyganligi uchun tarixda u “oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni deb ham shuhrat qozonadi. Bu qo‘zg‘olonning rahbari Muqanna (boshi va yuziga yoping‘ich tashlab yurgani uchun unga shunday laqab berilgan) edi Download 20.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling