9-mavzu: Osiyo mamlakatlari haqida tushuncha
Download 1.42 Mb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubi-g‘arbiy Osiyo.
9-mavzu: Osiyo mamlakatlari haqida tushuncha. REJA: Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo subregionlari. Markaziy Osiyo mamlakatlari Janubi-g‘arbiy va Janubiy Osiyo davlatlari Osiyo jahondagi eng yirik qit’a hisoblanib, uning maydoni 43,4 mln km.kv (jahon quruqlik yuzasining 29,2 %)ni, aholisi soni esa 4,4 mlrd kishiga yaqin (jahon aholisining 59,5% ni tashkil etadi). Zamonaviy Osiyo siyosiy xaritasida 47 ta mustaqil davlat mavjud. Bu davlatlarning 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga, 7 tasi federativ ma’muriy-hududiy tuzilishga ega. Qit’a hududi 5 ta subregionga – Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Sharqiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyoga ajratiladi. Mazkur subregionlarni madaniy-tarixiy mintaqalar sifatida ham ko‘rish mumkin. Ularni ajratishda tarixiy, etnik, diniy omillar bilan bir qatorda, tabiiy belgilarga ham e’tibor qaratilgan. Janubi-g‘arbiy Osiyo. Aholi soniga ko‘ra Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Saudiya Arabistoni davlatlari yetakchilik qiladi. Umumiy aholining 60% qishloqlarda istiqomat qiladi. Subregionda, asosan, neft (Fors ko‘rfazi davlatlari, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston) mashinasozlik (Turkiya, Eron, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston), metallurgiya (Turkiya, Eron, BAA) va kimyo sanoatlari (Eron, Turkiya, Ozarbayjon) rivojlanmoqda. Yengil va oziq-ovqat sanoati Janubi-g‘arbiy Osiyoning barcha davlatlarida rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i dehqonchilik hisoblanadi. Asosan, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, iste’mol uchun bug‘doy, makajo‘xori, arpa yetishtiriladi. O‘rta dengizbo‘yi davlatlarida sabzavotchilik, mevachilik, uzumchilik rivojlangan bo‘lib, ular bilan bir qatorda zaytun yetishtirish katta o‘rin egallaydi va aynan mazkur dehqonchilik turi bo‘yicha mintaqa jahonda yetakchilik qiladi. Turkiyada paxtachilik, tamaki, sitrus meva, donchilik, Eronda xurmo, sitrus mevalari, qand lavlagi, paxta, Iroq, Suriya va Isroilda paxta, tamaki va xurmo yetishtirish rivojlangan. Chorvachilikda Turkiya angor echkilar boqishga, Arabiston yarimoroli davlatlari tuyachilikka, Eron va Afg‘onistonda qorako‘lchilikka ixtisoslashgan. Xizmat ko‘rsatish sohalari orasida transport va turizm katta salmoqqa ega. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling