1. Sodda elektr zanjirlarini tuzish va ishlashini o‘rganish. Zanjirni tuzish bosqichlari: 1-bosqich
Download 1.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgarmas tok va kuchlanish manbalari
Sxemalarni modellash. Sxemalarni modellash kuyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi.
1-usul. Agar sxemaga ulchash asboblari ulangan bo‘lsa, u ekranning o‘ng yuqori burchagida joylashgan tugma yordamida ishga tushiriladi va to‘xtatiladi. Usha erda Pause tugmasi ham mavjud bo‘lib uning yordamida modellash jarayonining ma`lum xolati qayd qilinadi. 2-usul. Ushbu usulda ulchash asboblari (ostsillograf va boshqalar) sxemaga ulanmaydi. Tugunlarning tartib raqamlarini Circuit/Schematic Options/Show nodes komandasi yordamida ko‘rinadigan qilinadi. Keyin Analysis menyusi yordamida tahlil turi belgilanadi. Masalan, ACHX tahlili Analysis/ AC Frequency komandasi, o‘tish jarayonlarining tahlili Analysis/ Transient komandasi, o‘zgarmas tok bo‘yicha tahlil Analysis/ DC Operating Point komandasi yordamida bajariladi. Keyin dialog oynasida tahlil parametrlari va modellash natijalari ko‘rilishi kerak bo‘lgan tugunlar belgilanadi (Nodes for Analysis maydonida). Simulate tugmasini bosib modellash jarayoni ishga tushiriladi. Modellash grafiklari Analysis Graphs oynasida hosil bo‘ladi. Ushbu oynani to‘liq ekranga ochish mumkin. Signallarning parametrlarini ikkita vizir chiziq yordamida ko‘rish mumkin. Ushbu chiziqlar Toggle Cursors belgisi bosilganda hosil bo‘ladi (Toggle Cursors komandasini kontekst menyudan ham bajarish mumkin, grafikning ustida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va Toggle Cursors tanlanadi). Vizir chiziqlar sichqoncha yordamida siljitiladi va kerakli joyga olib kelinadi. Signallarning parametrlari dinamik oynada aks etadi. O‘zgarmas tok va kuchlanish manbalari. 11-rasmda keltirilgan. Ular Sources asboblar panelida joylashgan va sxemalarni ta`minlash uchun xizmat qiladi. 11-rasm. O‘zgarmas kuchlanish manbalari O‘zgarmas kuchlanish manbasi VCC (11-rasm, a) raqamli sxemalarga +5V kuchlanish (mantiqiy 1) berish uchun ishlatiladi. Batareyadan (11-rasm, b) raqamli va analog sxemalarni ta`minlash uchun foydalaniladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling