1. Sof siljish haqida tushuncha. Sof siljishda guk qonuni
Download 21.26 Kb.
|
5-mavzu Sof siljish haqida tushuncha. Sof siljishda guk qonuni. Sof s-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Siljishga ishlaydigan birikmalar. Tayanch so`z va iboralar
- Sof siljishdagi GUK qonuni
Sof siljish haqida tushuncha. Sof siljishda guk qonuni. Sof siljishdagi potentsial energiya Reja:
2. Sof siljishda GUK qonuni. 3. Sof siljishdagi potentsial energiya. 4. Siljishga ishlaydigan birikmalar. Tayanch so`z va iboralar: siljish, sof siljish, siljish deformasiyasi, sof siljish yuzachalari, sof siljishdagi potensiyal energiya,siljishga ishlaydigan birikmalar, parchin mixli birikmalar, payvand birikmalar, usma-ust payvandlash,uchma-uch payvandlash. Ba'zi hollarda konstruktsiya elementlarining mustahkamligi, shuningdek birligi materialning siljishga qarshiligi bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Bunda siljish deformatsiyasini unga mos keluvchi kuchlanish holatini o`rganish zaruriyati paydo bo`ladi. Nuqtaning deformatsiyalangan holati tushunchasida umumiy holda uning tarkibiga siljish deformatsiyasi ham kirishi aniqdir. Deformatsiyaning bu turini batafsil o`rganish uchun sof siljish tushunchasi kiritiladi. Nuqta atrofida ma'lum yo`nalishda ajatib olingan to`g`ri to`tbuchakli element sof siljishda faqat sof siljish deformatsiyasiga uchraydi, uning tomonlari cho`zilmaydi. Ajratilgan elementning tomonlariga faqat urinma kuchlanishlargina ta'sir qiladi. (91-rasm). Shunday qilib, sof siljish deganda ma'lum yo`nalishlarda olingan o`zaro perpendikulyar ikkita yuzachaga faqat urinma kuchlanishlargina ta'sir etadigan kuchlanish va deformatsiyalanish holati tushuniladi. Bu yuzachalar sof siljish yuzachalari deyiladi. U larni berilgan deb hisoblab, hamda o`tgan ma'ruzalarning formulalaridagi deb qabul qilib quyidagilarni hosil qilamiz: (9.1) (9.2) Sof siljishdagi GUK qonuni Cho`zilgan yoki siqilgan sterjenlarning qiya yuzalarida urinma kuchlar vujudga kelganidan ularda siljish deformatsiyasi orasida biror bog`lanish bor degan xulosaga kelamiz. Sof siljishda kubning tomoniga ta'sir qilgan urinma kuchlanish bosh normal kuchlanishga teng ekanligini ko`rgan edik, shu sababli quyidagi ifodani yozamiz: (9.3) 9.1-rasm. 9.2-rasm. Agar formulaning o`ng tomonidagi u oldiga yozilgan o`zgarmas miqdorni G bilan belgilasak formulani quyidagicha yozish mumkin bo`ladi: (9.4) bundan ; (9.5) bo`ladi. (9.4) formulaga siljishdagi Guk qonuni deyiladi. (9.5) formula esa siljishdagi elastiklik moduli bilan cho`zilishi yoki siqilishdagi elastiklik modullari hamda Puasson koeffitsiyenti orasidagi bog`lanishlarni ko`rsatadi. Download 21.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling