1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?


 Kim qaysi organ turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy—


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1001265
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
suhbat (1)

30. Kim qaysi organ turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy—
kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk 


solig’i va yer solig’ining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki 
soliq to’lashdan ozod qilish huquqiga ega? 
75-modda. Soliq imtiyozlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan 
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni 
to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb 
e’tirof etiladi. 
(75-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib-
bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi. 
Agar ushbu moddaning 
beshinchi qismida
boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi. 
Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas. 
Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz 
solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda 
aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, ushbu 
moddaning 
oltinchi qismi
 qoidalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin 
ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi 
mumkin. 
Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq 
to‘lovchilar soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan 
paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki 
soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki 
bir necha soliq davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan qo‘shilgan qiymat 
solig‘idan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno. 
Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq 
maqsadlarga yo‘naltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lar 
maqsadli ishlatilmagan taqdirda maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar summasi 
belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirilishi lozim. Soliqlar 
bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan va mazkur imtiyozlarning 
amal qilish davrida foydalanilmagan mablag‘lar summasi berilgan imtiyozlarning 
amal qilish muddati tugaganidan so‘ng bir yil davomida ularni taqdim etishda 


belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda 
foydalanilmagan mablag‘lar budjetga o‘tkazilishi lozim. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar 
O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan 
bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan, berilishi mumkin 
emas. 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi, bundan ijtimoiy soliq va 
O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida) to‘lanadigan 
qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq 
deputatlari Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort 
obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining 
kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq to‘lashdan ozod qilish huquqiga 
ega. 
(75-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-
659-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi) 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling