1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?


Ommaviy mulk tushunchasiga tarif bering


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1001265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
suhbat (1)

5. Ommaviy mulk tushunchasiga tarif bering 
 
213-modda. 17 bob. Fukarolik kodeksi. Ommaviy mulk tushunchasi 
Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal 
mulk) iborat bo‘lgan davlat mulki ommaviy mulkdir. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mulkchilik munosabatlari, shu jumladan 
ommaviy mulk munosabatlari ushbu Kodeks bilan, shuningdek Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
6. Kaysi xollarda solik majburiyati tugatiladi 
 
87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi 
Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi – to‘rtinchi qismlarida boshqacha 
qoida belgilanmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda tugatiladi: 
soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘langanda yoki soliq agenti tomonidan o‘tkazib 
berilganda; 


soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan 
bog‘liq boshqa holatlar yuzaga kelganda.
Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: 
mazkur shaxs vafot etganda; 
uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda. 
Vafot etgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu 
Kodeksning 94-moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati 
doirasida merosxo‘rlardan undiriladi. 
Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: 
ushbu Kodeksning 91-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-
kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda; 
ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-
kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda. 
7. Soliq agentlari kim 
23-modda. Soliq agentlari 
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq 
to‘lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan 
shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi. 
Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
soliq to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi. 
Soliq agentlari: 
soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet 
tizimiga o‘tkazishi; 
soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining 
soliq qarzi summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan 
kundan e’tiboran bir oy ichida yozma ravishda
yoki elektron shaklda xabar qilishi; 
hisoblangan va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va 
byudjet tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha 
alohida yuritishi; 
soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi
va o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni 
soliq organlariga taqdim etishi; 


soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish 
uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 88-moddasida nazar 
tutilgan da’vo muddati mobaynida
but saqlanishini ta’minlashi shart. 
Soliq agentlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar 
ham bo‘lishi mumkin. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling