Soliq qonunchiligida soliq toʼlovchilarning majburiyatlari


Download 1.11 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333876
Bog'liq
Abbos\'s Presentation

Soliq qonunchiligida soliq toʼlovchilarning majburiyatlari

Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir.

Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o‘ziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi. Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi, o‘zgartiriladi va tugatiladi. Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq to‘lovchiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni to‘lashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran yuklatiladi.

Soliq to‘lovchi o‘zining soliq majburiyatini, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda bajaradi.

Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunda soliq to‘lovchi uning soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi natijasida olgan moddiy naf soliq solish maqsadlarida shu soliq to‘lovchining daromadi deb e’tirof etilmaydi. O‘zga shaxs o‘zi tomonidan soliq to‘lovchi uchun to‘langan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli emas.

Soliq majburiyati soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.

Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, o‘n kunlik va kun) o‘tishi bilan belgilanadi. Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish muddatining so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi kerak. Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli.

«Hayotda o’lim va soliqdan muqarrar narsa yo‘q» (B.Franklin)

AQSh katta tarixga ega boy davlat boMganligi uchun uning soliq tizimi chuqur o‘rganilgan, nazariy asoslangan va amaliyotda keng miqyosda sinalgan. Bu tizim bir necha asrlar davomida amaliy xususiyatlarini saqlab, ulami rivojlantirib kelmoqda. AQSh konstitutsiyasiga binoan federal va shtat hukumatlari mustaqil soliq siyosati yuritish huquqiga ega. Soliqlar federal, shtat hukumatlari va mahalliy organlari hukumati tomonidan yigMladi. AQShning hozirgi soliq tizimi 1986 yil sentyabr oyida qabul qilingan. Ushbu soliq islohoti qonuni 1942 yili kiritilgan daromad to‘g‘risidagi qonundan keyin eng yirik soliq tadbiri hisoblanadi. Islohotning asosiy maqsadi federal soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va «adolatli» soliq solish yoMi bilan mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish darajasini rag'batlashtirishdan iborat edi. Islohot natijasida fuqarolami daromad soligMga tortish va korporatsiya foydasini soliqqa tortish tizimi sezilarli darajada o'zgardi.

AQShda 70% dan ortiq soliq tushumlari to‘g‘ri soliqlardan (Toʻgʻri Soliq molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqa), shu jumladan, ulaming 40 foizdan ko‘prog‘i federal daromad solig’dan iborat.

AQSH da to’g’ri va egri soliqlarning tarkibi quyidagi sxemada keltirilgan

AQShni XX asr oxiridagi iqtisodiy siyosatida asosiy o‘rinni soliq sohasidagi tadbirlar egalladi. 1981-1983 yillarda bosqichma-bosqich daromad soligMni stavkasi sezilarli pasaytirildi. Islohot soliqlarni to‘plash boshqarmasi (STB) zimmasiga to ‘g ‘ri keldi


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling