1. “Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi. Fanni o‘rganish usullari
Download 0.84 Mb.
|
2 5262643094444051538
1- jadval
Ma’lumotlar shuni qo‘rsatadiki, 1991 yilga qaraganda 2002 yilda YaIM tarkibida jami byudjetga tushumlar salmog‘i kamaygan. Lekin to‘g‘ri va egri soliqlar salmog‘i ancha oshgan. 1991 yillarda resurs to‘lovlari umuman bo‘lmagan bo‘lsa, 2002 yilga kelib ularga tushum YaIM ning 4% ni tashkil qilgan. Agar bir davlatda ayrim soliqlar harakati jarayonida: ma’lum bir respublika va mahalliy byudjetga biriktirilgan bo‘ladi, ayrimlari esa, byudjetlarni tartibga solib turadigan soliqlarga bo‘linadi. Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik xususiyatiga egadir. Lekin ayrim soliqlar va to‘lovlar ham mavjudki, ular maqsadli xarakterga egadir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda soliqlar, ulardan foydalanish xususiyatiga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi: 1. Umumiy soliqlar-respublika hamda mahalliy byudjetlarga tushadi va qayta taqsimlanadi; 2. Maqsadli soliqlar-bevosita biror bir soha, tarmoq yoki ob’ektni rivojlantirish uchun sarflanadi va taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlarning o‘rni va ahamiyatini quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ifodalash mumkin. Yagona davlat byudjeti daromadlari tarkibida ularning salmog‘i yuqoridagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi. Yuqoridagi ma’lumotlar tahlil qilinganda yuridik shaxslar soliqlari va boshqa to‘lovlari byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etishi ko‘rinadi. Bu soliqlar davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishda mustahkamlikni, uzviylikni ta’minlaydi. Bu soliqlarsiz byudjetni rejali moliyalashtirishning iloji yo‘qdir. Shuning uchun ularning ahamiyati byudjet daromadlarini shakllantirishda beqiyosdir. Jadval Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling