1. “Soliq nazariyasi” fani ijtimoiy-iqtisodiy fan sifatida. Fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi. Fanni o‘rganish usullari


O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarining asosiy ko’rsatkichlari (2011-2012 yillar)


Download 0.84 Mb.
bet38/52
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#231856
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
Bog'liq
2 5262643094444051538

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarining asosiy ko’rsatkichlari (2011-2012 yillar)


Ko’rsatkichlar



2009 yil


2010 yil


2011 yil (reja)

Jami daromad


Jami daromadga nisbatan


Jami daromad


Jami daromadga nisbatan


Jami daromad


Jami daromadga nisbatan




100,0

100,0

100,0

100,0



100,0



Davlat byudjet daromadlari

10421382,5


100

13116396,9

100

16178563,5

100



1.Bevosita soliqlar


2769172,4


26,6


3420602,8


26,1


4238732,8


26,2

1.1 Yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i


542342,9

5,2

645476,1

4,9

825011,7

5,1

1.2 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yalpi daromad solig’i


222415,1

2,1

297034,7

2,2

527481,4

3,3

1.3 Kichik korxonalardan undiriladigan yagona soliq


256002,2

2,5

346321,2

2,6

378360,0

2,3

1.4 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i


1281600,0


12,3

1535033,4

11,7

1789700,0

11,1

1.5 Tadbirkorlik faoliyati bilan shug. yurid . va jis.shaxslar daromadidan olinadigan kat’i belgilingan soliq.

108600,0

1,1

139145,7

1,1

187547,1

1,1



2. Bilvosita soliqlar


5162093,6


49,5


6973809,5


53,1


8656853,1


53,3

2.1 KKS

3093980,9

29,7

3987982,3

30,4

5228773,9

32,3

2.2 Aktsiz solig’i

1503827,0


14,4

21910921

16,7

2481794,0

15,3

2.3 Bojxona bojlari

361100,0

3,5

479267,2

3,8

515980,5

3,2

2.4 JSh tomonidan iste’mol qilingan benzin, dizel va gaz uchun soliq


203185,7

1,9

315467,9

2,4

430304,7

2,6



3. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i


1662498,0


16,0


1974143,8


15,1


2308908,7


14,3

3.1 Mol- mulk solig’i


319045,7

3,1

354128,5

2,7

490536,2

3,0

3.2 Er solig’i


275098,8

2,7

303850,1

2,3

346862,9

2,1

3.3 Er ka’ridan foydalanganlik uchun soliq


1024844,0


9,8

1265000,0

9,6

1409715,0

8,7

3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

43509,5

0,4

51165,2

0,4

61794,6

0,4



4.Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i

358212,2

3,4

457591,7

3,5

530632,6

3,3



5.Ustama foyda soligi


238498,2


2,3


25695,7


0,2


142314,4


0,8


6.Boshka daromadlar


589120,3


5,6


722145,1


5,5


831754,5


5,1

Manba: www.mf.uz



4. Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar

Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydi va bu O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti etakchi bo‘g‘indir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag‘ bilan ta’minlashga ishlatiladi. Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo‘g‘ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining byudjeti pul mablag‘larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.

Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to‘g‘ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko‘payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy xo‘jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag‘larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida umuman O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog‘liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi.

Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo‘linadi:

O‘zbeksiton Respublikasi Soliq Kodeksining 6 moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

4) aktsiz solig‘i;

5) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar buyicha tegishli byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.

O‘zbekisiton Respublikasi Soliq Kodeksining 7 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:

1) mol-mulk solig‘i;

2) er solig‘i;

3) obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

5) ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari;

6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im.

Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar soliq Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha tegishli byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling