1. Soliqlar va majburiy tolovlar auditi Bilvosita soliqlar va majburiy tolovlar auditi
Byudjetga hisoblangan va to’lanadigan
Download 170 Kb.
|
65 Soliqlar va majburiy tolovlar auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shilgan qiymat solig’i Stvkasi, %
- Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan QQSni hisoblanishi va to’lanishi.
Byudjetga hisoblangan va to’lanadigan QQS ni schyot-faktura asosida auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki schyot fakturada xom-ashyo va materiallar sotib olinishida to’langan bilvosita soliqlarni ko’rishimiz mumkin. Korxona tomonidan keyinchalik ishlab chiqarib realizatsiya qilishda to’langan QQS summasini hisobga olish lozim. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan QQSni hisoblanishi va to’lanishi. 10 -jadval
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki «Baxus invest» MCHJ korxonasida qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha byudjet bilan hisoblashishini moliyaviy hisobi va audit qilishda bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Agarda auditor schyot faktura orqali auditorlik tekshiruviga e’tibor beradigan bo’lsa xato kamchilikka yo’l qo’yishi ham mumkin. Auditor tekshiruv jarayonida QQS ning to’g’ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisob-kitob maxsus shakl bo’yicha tuziladi va mohiyati shundan iborat bo’ladiki, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi xaridorlarga sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ulardan olingan va sotib olingan moddiy resurslar, yoqilg’i, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan soliq summasining mazkur hisobot davrida ishlab chiqarish va muomala sarflariga haqiqatdan olib borilgan qiymatiga tegishli summasi o’rtasidagi farq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Хususan, QQS ni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga olinadi: oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchilik ko’rsatilgan masalalarni va ushbu masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishini aniqlash; joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlar uchun qoldiqlar bilan taqqoslash va katta yoki gayri-oddiy tafovutlarni tahlil qilish; joriy davr uchun haqiqiy stavkalarni taqqoslash va katta yoki g’ayri oddiy tafovutlarni tahlil qilish; hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish. Тovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish chog’ida to’langan QQSni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda, aylanma mablag’- larni sotib olishdagi QQS va byudjetdan qoplanadigan QQS hisob-kitobini tahlil qilish zarur. Aylanma mablag’larni sotib olishga doir QQSni tahlil qilishda Bosh daftardagi qoldiqlar, byudjet bilan hisob-kitoblarga doir dastlabki hujjatlar va balansning tuzilishi sinchiklab tekshiruvdan o’tkaziladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishda to’langan QQS summalari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga qabul qilish paytida byudjetga to’lanadigan QQS summasidan to’lig’icha chegirib tashlanadi. Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling