1. Soliqlar va majburiy tolovlar auditi Bilvosita soliqlar va majburiy tolovlar auditi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
Download 170 Kb.
|
65 Soliqlar va majburiy tolovlar auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditor ma’lumot-lari bo’yicha Farqi (+;-)
- 1-chizma Mol-mulk va resurs soliqlari soliqlar auditi quyidagi ketma-ketlikda
- B. Yer solig’i auditi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
auditi natijalari.
Auditor huquqiy va jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliqlar bo’yicha belgilangan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishini tekshiradi. Auditor huquqiy va jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to’lash tartibiga qanday rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tiborberishi zarur. SHu bilan birga soliq to’lovchilar tomonidan mol-mulk solig’i bo’yicha hisoblash varaqalarini soliq organlariga yilning choraklari bo’yicha va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatida topshirilishini ham o’rganish zarur. 1-chizma Mol-mulk va resurs soliqlari soliqlar auditi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlarning to’g’ri qo’llanilishi va to’lov muddatlariga rioya qilinishi ham tekshirilishi zarur. B. Yer solig’i auditi. Auditor mahalliy soliqlar bo’yicha byudjetga qarzdorlikni tekshirganda quyidagi holatlarga e’tibor berishi lozim: mavjud me’yoriy hujjat va yo’riqnomalarga asosan soliq solinadigan bazaning to’g’ri aniqlanganligiga; mahalliy soliqlar bo’yicha belgilangan soliq imtiyozlaridan to’g’ri foydalanilganligiga; o’rnatilgan soliq imtiyozlari va summalarining to’g’riligiga; byudjetga to’lovlar bo’yicha hisobot ma’lumotlarining to’g’riligi va ishonchliligiga. Mahalliy soliqlar va yig’imlar faqat har bir hududdagi mahalliy byudjetlarga tushadi, boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi. Audit o’tkazish manbalari bo’lib hisob-kitob qaydnomalari, to’lov qaydnomalari, kassa chiqim orderlari, bank ko’chirmalari, joriy oy uchun ichki balans hisoblashishlarni hisobga olish qaydnomasi, to’lov topshiriqnomalari, 10-sonli jurnal order, Bosh daftar kabilar hisoblanadi. Yer solig’i va mol-mulk solig’i O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan kiritiladi va uning barcha hududlarida undirib olinadi, bunda ushbu soliqlar va yig’imlarning miqdorlari Hukumat tomonidan belgilanadi. Boshqa mahalliy soliqlar Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrining davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladi. Respublika Vazirlar Mahkamasi faqatgina ushbu mahalliy soliqlarni chegara miqdorlarini belgilaydi. Yangi mahalliy soliqlar va yig’imlarning kiritilishi Respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilishi lozim. Byudjet bilan hisob-kitoblar bo’yicha buxgalteriya hisobi byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar schyotida olib boriladi. Hisoblangan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi: Debet 9430 – “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti, Kredit 4510 - “Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari” schyoti. Byudjetga o’tkaziladigan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4510-“Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari schyoti”, Kredit 5110 –“Hisob-kitob” schyoti. Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling