Kirish II. Asosiy qism
Download 458.5 Kb.
|
naqd pulsiz hisob kitoblarni tashkil qilish tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar, ularning rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi……………………………………18
Reja:
Kirish…………………………………………………………….……..3II. Asosiy qism ……………………………………………………….…….. 1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularining tashkil qilinishi ……………………………………………………………………………….. 62. To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar ularning hisobi va rasmiylashtirilishi …………………………………………………………10 3. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar, ularning rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi……………………………………18III. Xulosa…………………………………………………………….……….29 IV. Fodalanilgan adabiyotlar ………………………………………….…..31 Kirish Iqtisodiyotda yuzaga keladigan pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulsiz aylanishga va naqd pulli aylanishga bo’linadi. Chakana savdo va aholigi pullik xizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va shunga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun aholi tomonidan olingan kreditni naqd pul ko’rinishida qaytarish bilan bog’liq to’lovlarning to’lanishi kiradi. Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz xisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko’p tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va uni tartibga solish nuqtai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko’payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo’ladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning tovar ayriboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvarag’dan ikkinchi hisobvarag’ga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o’z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo’yilgan talablarni oladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining elementlarining har birini alohida ko’rib chiqamiz. 2017-2019 yillarda o’tkazilgan kredit reformasi davrida kiritilgan va sobiq ittifoq davrida mavjud bo’lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriybuyruqbozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi birinchi navbatda ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejalarini bajarish nuqtai nazaridan mahsulot sotuvchi korxona qiziqishlariga xizmat qilar edi. Naqd pulsiz hisobkitoblarni tashkil qilish tamoyillari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun iqtisodiy qiziqishlar va javobgarligi chegaralangan, qat’iy qilib belgilangan edi. Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan: 1. Bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi; 2. To’lov vaqti qat’iy belgilangang ya’ni barcha to’lovlar tovar jo’natilgandan yoki xizmat bajarilgandan so’ngina o’tkaziladi, avans to’lovlari, tijorat kreditiga ruxsat etilmas edi; 3. To’lovchining roziligi - to’lov o’tkazilishining asosi sifatida tan olinadi; 4. Qaysi sohada, qaysi hollarda naqd pulsiz xisob-kitob shakllarini ishlatilishi oldindan belgilab qo’yilgan, bank u yoki bu hisob-kitob shakllarini tanlashga aralashar edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari to’lovchining to’lovga va kreditga layoqatlilik qobiliyatini hisobga olmas edi. Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyili mulkchilik shaklidan qatiy nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z mablag’larini bankdagi hisob varaqlarida saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o’tkazishlari lozimligini bildiradi. Bozor munosabatlari sharoitida hisob-kitoblarning bank orqali o’tkazilishi bozor ishtirokchilarining iqtisodiy mustaqilligi bilan qo’shib olib borilishi kerak. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamoyili shundan iboratki, mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mablag’larini ko’chirishg ularning topshirig’i yoki roziligiga asosan hisobvaraqdagi mablag’lar chegarasida bajariladi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining ishlab chiqilishi va joriy etilishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan mijozlarning hisobraqamlari bo’yicha operatsiyalar o’tkazish tartibi belgilangan. Hisobvaraqlardan mablag’larni o’tkazish, hisobvaraq egasining topshirig’i asosida bajariladi, mijozlarning buyrug’isiz hisobvaraqlardagi pul mablag’lari faqat sud qaroriga binoan, qonunda belgilangan tartibda bank va mijoz o’rtasidagi shartnomaga asosan ko’chirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi fuqorolik kodeksiga asosan mijozlarning hisobvaraqlarida barcha talablarni bajarishga pul mablag’lari etarli bo’lgan hollarda pul ko’chirilishi bo’yicha mijozning topshirig’i va boshqa hujjatlarning kelib tushishi tartibida hujjatlar to’lanishi lozim. Mijoz hisobvarag’ida barcha talablarni to’lashga mablag’lar etarli bo’lmagan taqdirda hujjatlarning to’lanishi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yil 22 yanvardagi «xo’jalik sub’ektlarining bankdagi» hisobvaraqlaridan pul mablag’larni ko’chirish to’g’risidagi 104-V sonli qarori bilan tasdiqlangan yo’riqnomaga asosan olib boriladi. Agar mijoz bilan bank o’rtasidagi kredit shartnomasi tuzilgan bo’lsa to’lovlar bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning uchinchi tamoyili shundan iboratki, mablag’lar to’lovchining hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng oluchining hisobvarag’iga o’tkaziladi. Tijorat banklarining hisob cheklari bo’yicha pul o’tkazish bundan mustasno. Hisob-kitoblar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi o’zaro e’tirozlar belgilangan tartibda bank ishtirokisiz ko’rib chiqilishi hisob-kitoblarni tashkil qilishning to’rtinchi tamoyilidir. Download 458.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling