Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasida bank tizimining shakllaninshi va rivojlanishi Tekshiruvchi: Polatova. M
Download 87.19 Kb.
|
Moliya Ganiyev 94-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat!
MAVZU: Oʻzbekiston Respublikasida bank tizimining shakllaninshi va rivojlanishiTekshiruvchi: Polatova.MTuzuvchi: Ganiyev.XREJA:1.
2.
3.
.Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari ank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismi-dir. Tovar pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi bank-lar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi. SHuning uchun ham, respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablari-ga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon tala-biga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‘lish, xo‘jaliklar va aholining bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni taminlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaru-riy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorli-gini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit, va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar o‘rtasida raqobat bo‘lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali taminlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi pog’onalari espublikamizda ikki pog‘onali bank tizimini jahon tajribasida qabul qilingan tamoyillarga muvofiq shakllantirish ko‘zda tutilgan. Ixtisoslashish va kredit-investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash Respublikamizdagi bank muassasalarining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ularning faoliyati asosan ustuvor tarmoqlar qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, uy-joy qurilishi, avtomobilsozlik savdo va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratilgan. . Hozirgi banklar aksiyador-tijorat banklari sifatida tashkil qilinib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslashgan va ular ixtisos-lashgan banklar bo‘lsa-da, boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham kre-dit va hisob-kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishlari mumkin. Banklar faoliyatining universallashuvi ular o‘rtasida raqobatning yuzaga kelishiga, bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib borishini ta’minlaydi.Mustaqil bank tizimini vujudga keltirishning ikkinchi bos-qichining xususiyatlaridan biri shundaki, 1995 yildan boshlab O‘zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari tashkil qilina bosh-landi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish, korxona va tash-kilotlar faoliyatini rivojlatirish maqsadida maxsus moliya-kredit institutlari – «Madad» sug‘urta kompaniyasi, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi, xususiylashtirish investitsion fondlari va boshqalar tashkil qilinishi respublika bank-moliya tizimining ri-vojlanishini tezlashtirmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funksiyalari arkaziy bankning vazifalari va funksiyalari to‘g‘risidagi fikrlar O‘zbekiston Markaziy bankiga ham tegishlidir. Bu paragrafda biz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining ba’zi bir xususiyatli tomonlari to‘g‘irisida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Rsspublikasida Markaziy bankning asosiy maqsadi pul-kredit tizimi va milliy valyuta barqarorligini ta’minlash asosida iqtisodiy o‘sishga erishishdan iborat. Pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank pul-kredit siyosatini rivojlantirishning bir yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. Bu yo‘nalishlar Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan keyin harakat dasturi sifatida qabul qilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma-xil bo‘lib, bu qonunda aks ettirilgan. O‘zbekiston Resnublikasi Markaziy banki huquqiy shaxs sifatida, davlat mulkiga asoslangan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida o‘z xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplashi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z miqyosi va faoliyat darajasiga ko‘ra respublikamizdagi eng yirik bank hisoblanadi.Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Mar-kaziy banki to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu qonunning 3-moddasida ko‘rsatilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi milliy valyutaning barqaror-ligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx-navo va milliy valyuta kursining barqaror bo‘lish tushunchasini o‘z ichiga oladiAlbatta, pul massasi, valyuta kursi, narx-navoga ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham mavjud. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarpi hal etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir: – monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakl-lantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish; – O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash;Etiboringiz uchun rahmat!Download 87.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling