1. Soliqlar va soliqqa tortish faning maqsadi, vazifalari, predmeti va о‘rganish usullari


Download 90 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi90 Kb.
#1035043
1   2   3
Bog'liq
1427472342 60617

1- jadval

Tо‘g‘ri soliqlar

Egri soliqlar

  1. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i

  2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliq

  3. Yer solig‘i

  4. Mol-mulk solig‘i

  5. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar va maxsus tо‘lovlar

  6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

  7. Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va boshqalar.

1.Qо‘shilgan qiymat solig‘i
2.Aksiz solig‘i
3.Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq
4.Bojxona tо‘lovlari va b.



Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol kо‘rsatish uchun shu davrni tо‘rt bosqichga bо‘lib kо‘rsatish mumkin.


Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - О‘zbekistonning о‘z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.
Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar tо‘g‘ri keladi.
Soliq islohotining uchinchi bosqichi 1998 yildan 2008 yilgacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi. Bu bosqichni soliq tizimida soliqlarni ixchamlashtirish konsepsiyasining boshlanish davri deb atash mumkin.
Mamlakatimizda yuz bergan iqtisodiy о‘zgarishlar, bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatga о‘tib borilishi daromadga jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqning belgilanishi va tо‘planishida ham jiddiy о‘zgarishlar yuz berishiga sabab bо‘ldi. Mazkur о‘zgarishlar va islohatlarning barchasi 2007 yil 23 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2007 yil 30 noyabrda Senat tomonidan ma’qullangan, 2007 yil 25 dekabrda О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov tomonidan tasdiqlangan 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan О‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksida о‘z ifodasini topgan bо‘lib soliq tizimida soliq isloxotlar rivojlanish bosqichining 4-bosqichini boshlab berdi.
2009-2010 yilgi soliq siyosatidagi asosiy о‘zgarishlarning asl mohiyati soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini yanada oshirishga qaratilgan
Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati avvalambor soliq tо‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini yanada oshirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga qaratilgan.
Soliq yukining kamaytirilib borilishi tadbirkorlik subyektlarining real daromadlarini oshirishga, ularning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga va rag‘batlantirishga ijobiy ta’sir kо‘rsatib kelmoqda.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi soliq yukini kamaytirish maqsadida, 2010 yilda foyda solig‘ining bazaviy stavkasi amaldagi 10 foizdan 9 foizga pasaytirildi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tizimida yagona soliq tо‘lovini tо‘lovchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq tо‘lovining amaldagi bazaviy stavkasi 8 foizdan 1 foizli puktga pasaytirilib, 7% miqdorida belgilandi.
2010 yilda ulgurji va chakana savdo korxonalari uchun yagona soliq tо‘lovining oldingi yillarda belgilangan soliq stavkalari о‘zgarmagan holda, ulgurji savdo korxonalari uchun byudjetga о‘z vaqtida hisob-kitoblar amalga oshirilishini ta’minlash va soliq tо‘lashdan bо‘yin tovlash holatlarini oldini olish maqsadida har bir amalga oshirilgan operasiya bо‘yicha tushgan tushum summasining 5 foizi miqdorida joriy tо‘lovlarni amalga oshirish tartibi belgilandi.
Aholi daromadlariga soliq yukini kamaytirish va ularning xarid qobiliyatini oshirish maqsadida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini soliq solishning birinchi shkalasi bо‘yicha 12 foizdan 11 foizga pasaytirildi.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini quyidagi mablag‘lar summasiga kamaytirish shaklida qо‘shimcha imtiyozlar joriy etildi:
О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun (о‘zining ta’lim olishi yoki 26 yoshgacha bо‘lgan farzandining ta’limi olishi uchun) tо‘langan summalar kо‘rinishida ijtimoiy chegirmalar;
jami daromadni fuqarolarning Xalq bankidagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘lariga ixtiyoriy ravishda о‘tkaziladigan mablag‘lari summasi miqdoriga kamaytirish yо‘li bilan imtiyozlar joriy etildi.
Davlat byudjeti daromadlarini barqarorlashtirish maqsadida 2010 yildan alkogol mahsulotlar, pivo, filtrli segaretalar va spirtga aksiz solig‘i stavkasi 25 foizga, filtrsiz sigareta va papiroslarga 50 foizga indeksasiya qilindi.
2010 yilda yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 15 foizga indeksasiyalandi.
Yagona yer solig‘i bо‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni tо‘lash va hisoblashning amaldagi tartibi saqlangan holda soliq stavkasini 3,5 foizdan 5 foizga oshirish belgilandi.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling