1. Soliqlar va soliqqa tortish faning maqsadi, vazifalari, predmeti va о‘rganish usullari
Download 90 Kb.
|
1427472342 60617
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Soliqlarning mohiyati, uning о‘lchamlari va byudjet daromadlarini shakllantirishdagi о‘rni 3. Soliqqa tortish tamoyillari va soliqlarning asosiy vazifalari
- 6. О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari, asosiy yо‘nalishlari va huquqiy asoslari 7. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliq siyosati
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari. О‘zbekiston respublikasi soliq tizimi va soliq munosabatlari subyektlarining huquq hamda majburiyatlari Reja:
1. Soliqlar va soliqqa tortish faning maqsadi, vazifalari, predmeti va о‘rganish usullari 2. Soliqlarning mohiyati, uning о‘lchamlari va byudjet daromadlarini shakllantirishdagi о‘rni 3. Soliqqa tortish tamoyillari va soliqlarning asosiy vazifalari 4. Soliq elementlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, takibi va soliq mexanizmi 5. О‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining mohiyati, ahamiyati va rivojlanish bosqichlari 6. О‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari, asosiy yо‘nalishlari va huquqiy asoslari 7. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliq siyosati «Soliqlar va soliqqa tortish» fani soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, funksiyalari, soliqlarni hisoblash va byudjetga undirish mexanizmini о‘rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Hozirgi kunda har bir fanni о‘rganishda uni talabalarga tо‘liq yetkazish, talabalarni fikrlashga undash va jalb etish, shu orqali yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadi yotadi. Fanni о‘rganishda hozirgi davrning ilg‘or uslublaridan va о‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan keng foydalaniladi. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti – bu soliq tо‘lovchilarning soliqlar va ularga tenglashtirilgan tо‘lovlarning iqtisodiy mohiyati, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati, soliq tizimi va siyosati, soliq turlarlari bо‘yicha belgilangan imiyozlar tizimi, soliqlarni hisoblash mexanizmining amaldagi holatini о‘rganishdan iborat. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining ham о‘ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida obyektning faqat bir tomoniga, о‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibor qaratiladi va halal berishi mumkin bо‘lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta’siri e’tiborga olinmaydi. “Soliqlar va soliqqa tortish” fani shuningdek, о‘z predmetini о‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil - о‘rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish bо‘lsa, sintez esa о‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliq turlarini hisoblash va byudjetga undirish tartiblarining amaliy masalalari mazkur yо‘l bilan о‘rganiladi. Fanni о‘rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy holda tahlilni qо‘shib olib borish muhim о‘rin tutadi. Soliqlarni hisoblash va byudjetga tо‘lashning amaldagi masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan о‘rganishda iqtisodiyotning boshlang‘ich bо‘g‘ini bо‘lgan xо‘jalik yurituvchi subyektlar nuqtai nazaridan, ular bilan davlat byudjeti о‘rtasidagi munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat miqyosida, ya’ni soliqlar va soliq munosabatlariga doir masalalar makroiqtisodiy darajada о‘rganiladi. Soliqlar va soliq munosabatlariga doir bilimlarni о‘rganishda bir qator iqtisodiy fanlarni ham о‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Barcha iqtisodiy fanlar bir-birini tо‘ldirib boradi va о‘rganish uslublarini osonlashtiradi. Biz “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini о‘rganishda “Soliq nazariyasi”, «Iqtisodiyot nazariyasi», «Moliya» va «Pul kredit va banklar» kabi iqtisodiy fanlar bilan birgalikda о‘rganamiz. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib, uning maxsus kengaytirilgan bо‘limidir. Chunki soliqlar va soliq munosabatlarining qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqmasdan, ularga asoslanadi. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani «Soliq nazariyasi» fani bilan ham о‘zaro aloqadorlikda о‘rganiladi. «Soliq nazariyasi» fani soliqlar va soliq munosabatlarining nazariy asoslarini о‘rgansa, «Soliqlar va soliqqa tortish» fanida esa soliqlarni hisoblash va byudjetga tо‘lash mexanizmidagi amaliy va uslubiy asoslar о‘rganiladi. Soliqlarning obyektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida ikki holat: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari bilan ifodalash mumkin. Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bо‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qо‘llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi. Soliqlar majburiy tо‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq tо‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni о‘z mulkiga aylantiruvchi davlat о‘rtasida bо‘ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat kо‘rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jarayonida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bо‘la olmaydi, soliq munosabati bо‘lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yо‘li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda tо‘lanishi yoki undirilishi lozim. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning bilvosita quroli hisoblanadi. Soliqlarning funksiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Kо‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi. Fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib kо‘rsatish maqsadga muvofiqdir: 1. Soliqning fiskal funksiyasi. 2. Tartibga solish funksiyasi. 3. Rag‘batlantirish funksiyasi 4. Soliqning nazorat funksiyasi. 5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimning quyidagi tamoyillarini ta’riflab о‘tish mumkin: Yetarlilik tamoyili. Tadbirkorlik va investisiyalarni rag‘batlantirish. Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili. Oddiylik va xolislik. Boshqarishga qulaylik. Soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish. Soliq stavkalarini qiyoslash. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy tо‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bо‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy tо‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi. Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab uch guruhga bо‘linadi: 1. Oborotdan olinadigan soliqlar. 2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. 3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, tо‘lovchi bilan davlatning о‘zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog‘liqligiga kо‘ra tо‘g‘ri va egri soliqlarga bо‘linadi. Tо‘g‘ri soliqlar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida tо‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga о‘tkazadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda amal qilayotgan tо‘g‘ri va egri soliqlar tarkibiga quyidagi soliqlar kiradi (1-jadval): Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling