Sport psixologiyasi fani bo‘yicha sillabus


Download 0.59 Mb.
Sana19.09.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1681278
Bog'liq
Sport psixologiyasi 3 kurs sillabus (ishchi dastur)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.V.Mullajonov

2023 yil “___” avgust




SPORT PSIXOLOGIYASI


FANI BO‘YICHA


SILLABUS



Bilim sohasi
Ta’lim sohasi

200000 – Gumanitar
210000 Sotsiologiya va psixologiya

Ta’lim yo’nalishi:

60310900–Psixologiya (amaliy psixologiya)















Andijon – 2023

Modul / FAN SILLABUSI
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
60310900–Psixologiya
(amaliy psixologiya) ta’lim yo‘nalishi




Fan nomi:

Sport psixologiyasi

Fan turi:

Maxsus

Fan kodi:

SPSB207

Yil:

4

Semestr:

5

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg’ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar

120

Ma’ruza

30

Amaliy mashg’ulotlar

-

Laboratoriya mashg’ulotlari

-

Seminar

30

Mustaqil ta’lim

60

Kredit miqdori:

4

Baholash shakli:

Imtixon

Fan tili:

O‘zbek




Fan maqsadi (FM)

FM1

Talabalarda Sport psixologiyasi fani to‘g‘risida ilmiy, nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish, shuningdek, sport musobaqalari va mashqdar vaqtida inson psixikasining holati, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o ‘rgatishdan iborat.




Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang’ich bilimlar

1.

Umumiy psixologiya (UMPB131)

2.

Esperimental psixologiya (ЕКРВ119)

3.

Umumiy psixodiagnostika (UPDB206)

4.

Sotsial psixologiya (SOPB107)




Ta’lim natijalari (TN)




Bilimlar jihatidan:

TN1

Sport psixologiyasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida ta’lim-tarbiya berishda nazariy va uslubiy bilimlar bilishi kerak;

TN2

Sport faoliyatida, psixikaning namoyon bo‘lish qonuniyatlari, sportchilarni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishda yuzaga keladigan psixologik muammolar va ularni hal etish usullari hamda sportchilarni mashg‘ulotlar jarayonida o‘zini o‘zi nazorat qilish va boshqarish yo‘llari;
jismoniy tarbiya va sport psixologiyasi haqidagi yangi bilimlarni egallashlari kerak;

TN3

Sportchini texnik va taktik jihatdan tayyorlashda psixologik omillar hamda tanlangan sport turlarida sportchini psixologik jihatdan tayyorlashning dolzarb masalalari haqida bilishlari kerak.




Ko‘nikmalar jihatidan:

TN4

Sportchi hayot faoliyatida shaxs shakllanishining metodlari, funksiyalari, tamoyillari, insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatini optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishda mos usullarni tanlay olish;

TN5

Sportchilar bilan psixologik maslahat ishlarini tashqil eta bilish va zamonaviy psixologik usullardan samarali foydalana olish hamda sport faoliyatida ta’lim va tarbiya jarayonini uzviyligini ta’minlash;

TN6

Sportchilarni mashg‘ulot, musobaqa oldi, musobaqa va musobaqadan keyingi jarayonlaridagi holatlarini kuzatish, taqqoslash hamda baholay olish;

TN7

G‘alaba psixologiyasi va uning psixofiziologik asoslarini, sport jamoalarining ijtimoiy psixologiyasini, sport jamoalarida rahbarlik va liderlikka oid farqlarni biladi.




Fan mazmuni

Mashg’ulotlar shakli: ma’ruza (M)

M1

Sport psixologiyasining predmeti, maqsad va vazifalari.

M2

Sport faoliyati va uning psixologik xarakteristikasi.

M3

Sport mashg‘ulotlari va o‘quv-trenerovka jarayonining psixologik asoslari.

M4

G‘alaba psixologiyasi va uning psixofiziologik asoslari.

M5

Trenerning psixologik kompetentligi. “Sportchi-trener-psixolog” triadasi faoliyatini tashkil etish.

M6

Sportchi shaxsiy psixologiyasi. Sportda neyrokouching.

M7

Sport jamoalarining ijtimoiy psixologiyasi.

M8

Sport jamoalarida rahbarlik va liderlik.

M9

Sportdagi texnik va taktik tayyorlashning psixologik asoslari.

M10

Sport musobaqasi psixologiyasi.

M11

Sportchilarni musobaqalarga psixologik tayyorlash.

M12

Sportchilarning o‘quv-trenerovka, musobaqa oldi, musobaqa, musobaqadan keyingi jarayonlardagi psixologik holatlari.

M13

Sportda psixodiagnostik metodlar.

M14

Mental treninglar va ularni sportdagi tadbiqi

M15

Psixotexnologiyalarni sportda qo‘llash shartlari

Mashg’ulotlar shakli: seminar (S)

S1

Sport psixologiyasining predmeti, maqsad va vazifalari.

S2

Sport faoliyati va uning psixologik xarakteristikasi.

S3

Sport mashg‘ulotlari va o‘quv-trenerovka jarayonining psixologikasoslari.

S4

G‘alaba psixologiyasi va uning psixofiziologik asoslari.

S5

Trenerning psixologik kompetentligi. “Sportchi-trener-psixolog”triadasi faoliyatini tashkil etish.

S6

Sportchi shaxsiy psixologiyasi. Sportda neyrokouching.

S7

Sport jamoalarining ijtimoiy psixologiyasi.

S8

Sport jamoalarida rahbarlik va liderlik.

S9

Sportdagi texnik va taktik tayyorlashning psixologik asoslari.

S10

Sport musobaqasi psixologiyasi.

S11

Sportchilarni musobaqalarga psixologik tayyorlash.

S12

Sportchilarning o‘quv-trenerovka, musobaqa oldi, musobaqa,musobaqadan keyingi jarayonlardagi psixologik holatlari.

S13

Sportda psixodiagnostik metodlar.

S14

Mental treninglar va ularni sportdagi tadbiqi.

S15

Psixotexnologiyalarni sportda qo‘llash shartlari.




Mustaqil ta’lim (MT)


Seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish va uy i
shlarini bajarish 15 soat


Vaziyatli masalalar (kazuslar) tuzish 10 soat


Berilgan manbalarni tarjima qilish 10 soat


Sportchilar ruhiy holatlari (turli vaziyatlar) bo‘yicha esse yozish 5 soat


Anjumanlarga tezis tayyorlash 10 soat


Mavzular bo’yicha qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash 10 soat




Asosiy adabiyotlar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5924-sonli farmoni / https://lex.uz/pdfs/4711327


Hayitov O.E. Sport faoliyati psixologiyasi: Darslik / O.E. Hayitov; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi. – T.: JTSBMIMTQTMOM, 2020. – 180 b.


Mamatov M. Tatbiqiy sport psixologiyasi: Darslik / M. Mamatov; Mas’ul muharrir A.I. Rasulov; O‘zR OO‘MTV, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy un-ti. – T.: “MUMTOZ SO„Z”, 2019. – 284 b.


Psixologiya va sport psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma /D.N. Arziqulov, Z.G. Gapparov, D.B. Vaxabova. – T.: “ITA-Press”, 2017.– 307 b.

Qo‘shimcha adabiyotlar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2909-sonli qarori / https://lex.uz/pdfs/3171590


Ilin Ye.P. Psixologiya sporta. – SPb.: Piter, 2020. – 352 c.7. Umumiy psixologiya: O‘quv qo‘llanma / N.Sh. Umarova,D.N. Arziqulov; Mas’ul muharrir O.E. Hayitov; O‘zbekistonRespublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: “Fan vatexnologiya”, 2018. – 220 b.


Sport psixologiyasi. Uslubiy qo‘llanma / Y.M. Masharipov,Z.O‘. Rasulov, I.Sh. Hamroqulov; mas’ul muharrir B.T. Haydarov. –Samarqand: SamDU, 2016. – 152 b


Masharipov, Y. Sport psixologiyasi: o‘quv qo‘llanma /


Y.Masharipov, N. Jo‘raev; mas’ul muharrir Sh.A. Aminjonov;O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010. – 144


Gapparov Z.G. Sportivnaya psixologiya [Tekst]: Uchebnik dlya stud. in-ta fizkulturы / Z.G. Gapparov; MB i SSO RUz. – T.: OOO «Mexridaryo», 2009. – 312 s.11.Hayitov O.E. Psixodiagnostika: O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU “Talaba”, 2007. – 225 b.



Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi me’zonlar tavsiya etiladi:

  1. 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini to‘la yorita olsa;

  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy hatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilmasa;

  • fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

  • fan doirasida mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

  • konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;

  • mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘zlashtira olsa;

  • fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa;

  1. 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini tushunsa, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘yilmasa;

  • fanning mazmunini amaliy axamiyatini tushungan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirasida bajarsa;

  • fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

  • fan bo‘yicha konspektni puxta shakllantirgan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘zlashtira bo‘lsa;

  1. 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa;

  • bayon qilish ravon bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • fan bo‘yicha mant puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.

  1. quyidagi hollarda talabaning bilim darajasiqoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirganligi sezilib tursa;

  • fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;

  • fanni bilmasa.



Fan o‘qituvchisi haqida ma’lumot



Muallif:

Soliyev Mirzoxid Tursunxo‘jaevich, “Umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:

soliyevmirzoxid@gmail.com

Tashkilot:

Andijon davlat universiteti “Umumiy psixologiya kafedrasi

Taqrizchilar:

T.G.Suleymanova – AndDU, “Umumiy psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
M.V.Xalimova – ADPI, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri professor, psixologiya fanlari doktori (DSc)

Mazkur Sillabus universitet o‘quv-uslubiy Kengashining 2023-yil ___-avgustdagi 1-sonli yig’ilish bayoni bilan ma’qullangan.


Mazkur Sillabus “Umumiy psixologiya” kafedrasining 2023-yil 25-avgustdagi 1-sonli yig’ilish bayoni bilan ma’qullangan.
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: G‘.Haydarov
Fakultet dekani: T.Madumarov
Kafedra mudiri: G.Tojiboyeva
Tuzuvchi: M.Soliyev
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling