1. Soliqlar va yig‘imlar. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari. Soliq to‘lovchilar
Download 18.11 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakolatli organlar
- Soliq organlarining huquqlari
Soliq to‘lovchining vakillari
Soliq to‘lovchi, agar Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli. Vakilning vakolatlari Soliq Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi. Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi. Vakolatli organlar Quyidagilar vakolatli organlardir: soliq organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari; bojxona organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent — AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari; yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar. Soliq organlarining huquqlari Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilish; Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish; hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish ob’ektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirish; mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud qarori bo‘yicha muhrlash; soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qo‘yish; foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa ma’lumotlarni olish; tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; soliq to‘lovchi hisob hujjatlarini yo‘qotgan yoki yo‘q qilgan hollarda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi o‘zida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash; o‘zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish; soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rish; soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va moliyaviy sanksiyalar qo‘llash; soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi; Download 18.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling