1. Soliqqa tortish tamoyillarining mohiyati


Mulk yerlarini bir qismidan «ushr» solig’i


Download 321.02 Kb.
bet6/6
Sana22.04.2023
Hajmi321.02 Kb.
#1378770
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot nazariyasi

Mulk yerlarini bir qismidan «ushr» solig’i, ya’ni ho­silning o’ndan bir qismi miqdorida undirilgan. Bunday yerlar asosan zamonasining ma’naviy xayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ulamo va mashoyixlar tasarrufida bo’lgan.

  • Jon solig’i - «juzya» hisoblangan.

  • Saltanatga hayvonlar yetkazib berish majburiyati «uloq» hisoblangan.

  • Ba’zi bir favqulotdagi soliqlar «ovorizot» bo’lgan.

    6. Zakot-chorva mollaridan qirqdan bir, ya’ni 2,5% miq­dorida undirilgan.
    7. Mahalliy axoliga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, mudofaa va sug’orish inshootlarini hamda yo’l qurilish ishlarida ommaviy ishlab berish majburiyati, muqaddas ommaviy xashar. Begorda qatnashgan xar bir kishi ishlash uchun kerakli asbob-uskuna va yetarli oziq-ovqatlarni o’zi bilan olib kelishi shart bo’lgan.
    Ayrim joylarda qonun bilan belgilanmagan soliqlar ham amalda bo’lgan. Ular quyidagilar:
    1. «Molu-jixot» yer solig’ining bir turi bo’lib, u qishloq xo’jaligi maxsulotlaridan natura tarzida olinib, daromadning beshdan bir yoki to’rtdan bir xajmiga to’g’ri kelar edi.
    2. «Ixrojot» - saroylarning xarajatlarini qoplash maqsadida yigiladigan yig’im;

    1. «Boj» - savdogarlar chegaradan o’tayotgan paytda olinadigan bojxona yig’imi;

    2. «Sari shumor» - jon solig’ining bir turi;

    3. «Xona shumor» - xar bir uydan undiriladigan soliq;

    4. «Qunalg’a» - elchilar, amaldorlar, choparlarni tekinga mehmon qilish;

    5. «SHilon puli» - podshoxlar ziyofati uchun xalqdan to’planadigan mablag’;

    6. «Peshkash» - yuqori martabali amaldorlarga beriladigan sovg’a uchun yig’im kabilar bo’lgan. Bundan tashqari mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi muxim axamiyat kasb etgan. Milliy daromadning eng ko’p qismi shu soxada yaratilgan. SHu munosabat bilan dexqonlar va ijarachilardan «mol sardaraxt», «mol o’tloq», «mol suvloq» va «mirobboni» soliqlar ham undirilgan.

    Amaldagi noqonuniy soliqlar bekor qilingan. Bu orqali esa soliq yuki kamaytirilgan va axoli turmush darajasi yaxshilangan. Bu to’g’risida «Yana buyurdimki, xiroj yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy, qunalg’a va shilon talab qilmasinlar» - deb aytiladi. Amir Temur fikricha, qonunlarni ishlab chiqishda, avvalo xalq manfaatlarini inobatga olish, siyosiy-iqtisodiy vaziyatni e’tibordan chetda qoldirmaslik, soliq to’lovchilarni soliq to’lashga qodirligi va har bir xo’jalikning badavlatlilik darajasi asos qilib olinishi shart hisoblangan. Qonunlarni tuzishda esa zamondoshlari «Xidoya» muallifi, islom olimi Marg’inoniy, XII asrning mashhur faylasufi, Saljuqiylar sulolasiiing birinchi vaziri Nizomul-mulk va XIV asrning mashhur olimi Ibn Xaldun tajribalaridan foydalanilgan holda yaratdi. Amur Temur moliya va soliq tizimini quyidagi tamoyillarga tayangan xolda boshqarib turgan deyishimiz mumkin.
    1. Birinchi tomoyil - adalotparvarlik tamoyili. Soliqqa tortishning ommaviy xarakteri, soliqni fuqarolarning daromadlariga qarab taqsimlash.
    2. Ikkinchi tamoyil - aniqlik tamoyili. Bunga asosan soliq to’lovchiga soliq hisoblash usuli va to’lash vakti tushunarlik tamoyili.
    3.Uchinchi tamoyil - soliq to’lash aholiga oson bo’lishi va qo’lay usulda undirilishi belgilangan.
    4. To’rtinchi tamoyil soliqlarning tobora takomillashtirib borilishi va soliq yig’ish xarajatini kamayib borishi tamoyilidir.
    Soliq to’lovchilarni rag’batlantirish va soliq to’lashdan buyin tovlamasliklari uchun imtiyozlar va soliq qulay tulashlari uchun imkoniyatlar yaratib berilgan.

    1. «Yana amr etdimki, kimki biron saxroni obod qilsa yoki ko’prik qursa yo biron bog’ ko’kartirsa yoxud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa birinchi yili undan xech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa olik-soliq qoidalariga muvofiq xiroj yig’sinlar», deb tuzuklarda belgilab berilgan.

    2. Kuzgi, bahorgi, qishki va yozgi takroriy dehqonchilikdan olingan hosil xalqning o’zida qoldirilgan.

    1. Tarxon (tiyul) unvoniga ega bo’lgan kishilar.

    4. Amur Temur davrida urushlarda yaqindan ko’maklashgan ko’chmanchi aholi.
    5. «Xarob bo’lib yotgan yerlar egasiz bo’lsa, xolisa tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo’lsayu, lekin obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va keraklik jihozlar bersinlar, toki o’z yerini obod qilib olsin», deb belgilangan va bu imtiyoz orqali kambag’allashib ketayotgan kishilarni oyoqqa turib olishlariga yordam berilgan. Yaratib berilgan imtiyozlardan tashqari, rayiyat uchun soliqlarni naqd aqcha bo’lmagan takdirda, maxsulot hisobidan to’lashlari mumkin bo’lgan.
    Amur Temur soliq idoralarini tashkil etishga xam alohida ahamiyat bergan. Sarxat viloyat va mamlakatlarning bir qismi ulariing sobiq egalari bo’lmish, mashxur amirlar, farzandlari va nevaralariga suyurg’ol tarzda bo’lib bergan. Suyurgol doimiy egalik qilish va boshqarish uchun meros qilib berilgan yer-suv, mol-mulk bo’lib, ularning soxiblari shu yerda yashovchi axolidan davlat soliqlari va ulponlarini undirish xuquqiga ega bo’lgan.
    Bir so’z bilan, Amir Temur tomonidan o’rnatilgan soliq tizimi bugungi kun soliq tizimi poydevori, asosi bo’lib xizmat qilmoqda.
    Soliqlar qachon paydo bo’lgan va uning vujudga kelishiga nimalar ta’sir etgan mazmunidagi savolga javob topmoqchi bo’lsak, tarix manbalariga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Soliqqa oid manbalarni o’rganish va tahlil qilish natijasida soliqlar va ularning vazifalarini bajaruvchi ayrim majburiy yig’im hamda to’lovlar yaqin o’n yillar emas, balki bir necha ming yillar muqaddam paydo bo’lgani, ular zamon bilan hamohang takomillashib kelganligi ma’lum bo’ladi. Soliqlarning paydo bo’lishiga bir nechta omillar ta’sir etgan. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

    • jamiyatning markaziy bo’g’ini hisoblangan davlatning paydo bo’lishi;

    • kishilar o’rtasida o’zaro insonparvarlik fazilatlarining shakllanishi;

    - aholining daf’atan tabiiy ofat va baxtsiz hodisalarga duch kelishi;
    - aholining taraqqiyot uchun birgalikda harakat qilishi va boshqalar.
    Endi soliqlarning paydo bo’lishiga ta’sir etgan yuqoridagi omillarga qisqacha izohlar beramiz:
    1. Davlatning paydo bo’lishi soliqlarning paydo bo’lishiga qanday ta’sir etdi degan savolga quyidagi mazmunda javob berish maqsadga muvofiqdir. Yer kurrasidagi insoniyat aqlini tanibdiki oila-oila yoxud qabila-qabila bo’lib istiqomat qilib, o’z mehnati orqali tirikchilik qilgan. Yillar davomida ob-havo yaxshi kelib aholining yashash va tirikchilik qilishi shunga mos ravishda monandlashib borgan. Biroq, shunday davrlar ham bo’lganki, tabiiy sharoit ayrim hududlarda o’ta yomon bo’lib, aholining yashash tarziga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Ana shunday sharoitda aholining yashash instinkti yuqori kelib, qo’shni hududdagi oila va qabilalarga hujum uyushtirib ulardagi mavjud yashash predmetlariga egalik qilishga harakat qilishgan. Ba’zida shu holatning aksi bo’lgan. Ya’ni, muqaddam talangan, xo’rlangan oila yoki qabilada tabiiy sharoit yaxshi bo’lmay, talagan qabilada yaxshi bo’lgan. Shunga o’xshash hodisalar bir necha bor takrorlanganidan so’ng endi muqim faoliyat yuritadigan bir boshqaruvchi va unga ko’mak beruvchi qurollangan kishilar bo’lishiga ob’ektiv talab shakllangan. Ular jismoniy mehnat qilishdan ozod etilib, faqat oila yo qabilani boshqarish va qo’riqlash bilan muntazam band bo’lishgan. Ularning o’zlari va mehnat faoliyati olib bora olmagan oila ahzolarining oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlashi qabiladagi qolgan a’zolarning mehnat natijasining bir qismi hisobiga amalga oshirilgan.
    Qisqacha qilib aytganda, qabila ichida muqim boshqaruvchi va unga xizmat qiluvchi qurolli shaxslarning shakllanishi davlatchilikning oddiy bir shaklidan dalolat bersa, qabila a’zolari mehnat mahsulining muayyan qismini ularning yashashi va faoliyat yuritishi uchun berishi esa, o’z navbatida, soliqlarning sodda bir turlarini vujudga kelishini namoyon qilgan. Davr o’tishi bilan davlat o’z oldiga jamiyatni boshqarish va tartibga solib turish uchun beshta funksiyani bajarishni maqsad qilib qo’ygan bo’lib, ularning hozirgi ko’rinishlari quyidagilardan iborat:

    • siyosiy funksiya;

    • ijtimoiy-sotsial fuiktsiya;

    • iqtisodiy taraqqiyot funksiyasi;

    • milliy xavfsizlik funksiyasi;

    - ekologik muammolarni bartaraf etish yoki ko’lamini qisqartirish fuksiyalari.
    Ushbu funksiyalarni o’z vaqtida bajarish uchun davlat ixtiyorida muayyan moliyaviy resurslar bo’lishi taqozo etilgan. Hozirgi kunda mazkur moliyaviy resurslarning qariyib 90-92 foizi soliqlar va soliq funksiyasini bajaruvchi majburiy toplovlar hisobiga tashkil etilmoqda.
    2. Kishilar o’rtasida o’zaro insonparvarlikning shakllanishi. Insonparvarlikning yorqin namunasi sifatida, biror bir shaxs og’ir xastalikka chalinib, mehnat qobiliyatini yo’qotganda, unga dastlab yaqin qarindosh urug’lari yoki atrofdagilar ko’maklashishgan. Ma’lumki, davolanish jarayoni uzoq muddatli bo’lgani uchun muayyan bir zaxira tashkil etish taqozo etilgan. Zaxirani bir vaqtning o’zida yig’ib olish mumkin yoki ishlab topilgan mehnat mahsulining bir qismini natura yoxud qiymat shaklida oldindan bir me’yor asosida jamg’arib qo’yish ham mumkin. Ana shu oldindan bir me’yor usulida yig’ilgan mehnat mahsulotining natura ko’rinishi dastlabki soliqlarning paydo bo’lishiga asosiy turtki bo’lgan
    3. Aholining daf’atan tabiiy ofat va baxtsiz xodisalarga duch kelish hollari. Ushbu holat ham qator yillar mobaynida echilmay kelgan asosiy muammolardan biri hisoblangan. Chunki tabiiy ofat kelishini oldindan seza olmagan ongli aholi u sodir bo’lganda juda ko’p ijtimoiy-iqtisodiy zarar ko’rgan. ‘irovardida, qator yillar mobaynida o’z iqtisodiy ahvolini tiklay olmay aksariyat aholi aziyat chekib, olamdan o’tib ketgan. Keyinchalik tabiiy ofat va baxtsiz xodisalar ob’ektiv reallik ekanligini his etgan aholi qatlami oldindan mehnat mahsulining mahlum bir qismini muayyan bir jamg’armaga shakllantirgan. Aholining tabiiy ofat va baxtsiz hodisa ro’y bergan chog’da ana shu zaxira jamg’armasidan foydalanib faoliyatini qisqa muddatlarda yana qayta tiklash imkoniyati jadallashgan. Bizning fikrimizcha, yuqorida qayd etilgan zaxira jamg’armasini shakllantirish uchun belgilangan ulush soliqlar paydo bo’lishining dastlabki alomatlari bo’lgan.
    Ammo bugungi kunda mazkur holatni oldini olishning yangi shakli paydo bo’lib, u sug’urta o’eratsiyalari orqali shakllanadi. Shuni alohida qayd etish joizki sug’urta tarmoqlari ham moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
    4. Aholining taraqqiyot uchun birgalikda harakat qilishi. Insonlar o’rtasida mehnat faoliyati rivojlanishi natijasida sekin-astalik bilan ularning ongli faoliyati takomillashib borgan. ‘irovardida, taraqqiyotga erishishning samarali yo’llari qidirib topilgan, ilm-fan kurtak otib, tabiat in’om etgan narsalardan oqilona foydalanish, madaniy ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, bir hududdan ikkinchi bir xududga o’tish, kanallar qazish, ko’priklar qurish va shy kabi qator ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirila boshlangai. Ammo bevosita jismoniy mehnat va tirikchilik qilish bilan bir vaqtda, yuqorida zikr etilgan tadbirlarni amalga oshirish mumkin emas edi. Bu tadbirlarni alohida bir mehnatkashlar qatlami amalga oshirishi ehtiyoji tug’ilgan. Shunda mehnat qiluvchilar o’rtasida alohida -alohida qatlamlarga bo’linish zarurati paydo bo’lgan. Aks holda taraqqiyot davri boshlanishi qiyin kechar edi. Shunda asta-sekinlik bilan muayyan bir aholi qatlami erlarni o’zlashtirish, ayrimlari esa ko’priklar qurish, yana birlari madaniy inshootlar qurish bilan band bo’lganlar. Ammo hozirgi kun amaliyoti bilan tahlil qilganimizda ham ko’prik qurish, madaniy inshoot va yangi erlarni o’zlashtirish noishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lib, muayyan davr mobaynida daromad olmasdan, yahni qiymat yaratmasdan faqat xarajat qiliishi taqozo etadi. Shunday bir sharoitda, noishlab chiqarish sohasida band bo’lgan ishchilar va ularning oilasini moliyaviy yoki natura mablag’lar bilan ta’minlash zarurati vujudga kelib, taraqqiyot tadbirlarini amalga oshirish qiyin kechishi tabiiy bo’lgan. Ana shunday bir sharoitda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lgan aholi qatlami mehnat mahsulining bir qismini maxsus shaxslar alohida jamg’arma sifatida bir joyda yig’ib, so’ngra noishlab chiqarish sohasida band bo’lib turgan ishchilar va ularning oila ahzolariga mehnat haqi va nafaqalar ko’rinishida berib turgan. Maxsus shaxslarning ishlab chiqarishda band bo’lgan aholi qatlamining mehnat natijalaridan bir qismining bir joyga yig’ilishi soliqlar va soliq vazifasini bajarayotgan majburiy tolovlarni paydo bo’lishiga sabab bo’lgan dastlabki harakatlar yig’indisidir.
    Shuni alohida qayd etish joizki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan omillar hozirgi kunda mavjud bo’lgan soliqlar va soliq vazifasini bajaruvchi majburiy yig’im va to’plovlarning paydo bo’lishiga ta’sir etgan dastlabki, eng oddiy va sodda alomatlar hisoblanadi. Ana shunday alomatlar ta’sir etmaganda soliqlar paydo bo’lishi ham mumkin emas edi.
    Umuman olganda, soliqlar qaytarilmaydigan to’lovlar bo’lsada, soliqdan tushgan mablag’lar davlat byudjetiga fuqarolarga, xalq manfaati yo’lida sarflanadi. Darhaqiqat ayrim iqtisodchilar soliqlarni davlatning milliy daromadlarini taqsimlash va qayta taqsimlash shaklidir deb ta’kidlaydilar. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo'lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko'rsatishining moddiy asosini tashkil etadi va davlat xarajatlarining katta qismini tashkil qiladi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalaming iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi. Shunday ekan soliqqa undirilishida soliqqa tortish prinsplariga tayangan holda soliq solinishini adolatli, to’g’ri, aniq, uzluksiz, ochiq va oshkora tashkil etish kerak. Bu esa soliq to’lovchilar orasida norozichiliklar va turli xil muammolar va soliq organlari va soliq to’lovchilar orasidagi kelishmovchiliklar kelib chiqishiga yo’l qo’ymaydi. Shuningdek fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga putur yetmasligini ta’minlaydi. Buyuk davlar arbobi Amir Temur yurgizgan soliq siyosatidan ham bilamizki yuqorida keltirilgan prinsplar tarixdan mavjud bo’lgan. Hozirgi bizning foydalanayotgan tamoyillar esa bevosita Sohibqironning tamoyillarining takomillashtirilgan shakli hisoblanadi. Tamoyillar takomillashib borishida yangi tahrirdagi soliq kodeksini ta’sis etilishining o’rni beqiyosdir. Yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2018 yil 26 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-sonli Qarori bilan belgilangan davlat soliq xizmati organlarini soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish maqsadida kiritilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



    1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.- T.: «O‘zbekiston», 2017.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.

    3. O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-589-sonli Qonuni, 2019 yil 9 dekabr;

    4. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-sonli Qonuni, 2019 yil 30 dekabr;

    5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida”gi PQ-4086-sonli Qarori.

    6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga Murojaatnomasi (24.01.2020), Xalq so‘zi, 2020 yil 25 yanvar.

    7. Xodiev B.Y., SHodmonov SH.SH. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Barkamol fayz-media, 2017. – 783 bet.

    8. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi

    9. Fuqarolar uchun 2020 yil uchun byudjet taqsimoti prognozi Toshkent 2019

    10. Vahobov. A.V., Jo’rayev A.S. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. – T.: Sharq, 2009

    11. https://openbudget.uz


    Download 321.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling