Amaliy mashgʻulot №6 Mavzu: Metrologiya bo‘yicha qonunlarni o‘rganish


Download 22.13 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi22.13 Kb.
#1204721
Bog'liq
6-AMALIY MASHGʻULOT

AMALIY MASHGʻULOT №6

Mavzu: Metrologiya bo‘yicha qonunlarni o‘rganish


Ishdan maqsad: Metrologiya bo‘yicha qonunlarni o‘rganish va ishlab chiqarishga joriy qilishni tahlil qilish.
Nazariy maьlumotlar
ISO 10017 xalqaro standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimida statistik usullarni qo‘llanilishini o‘rganish sifatni boshqarishda samarali tizim ko‘rinishida shakllantiradi. Respublikamizning ichki va tashqi bozorlarida ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va mahsulotlar sifatini oshirish masalalariga taalluqli hukumat Qarorlarining qabul qilinishi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.2004 yildagi No349 sonli “Xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini korxonalarga joriy etish bo‘yicha chora
-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida sifatni boshqarish sohasida mutaxassislarini tayѐrlash ta’kidlangan. Shu asosida 5A310902
–“Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (sanoat)” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni tayѐrlash davlat standarti tasdiqlangan.
Mazkur ta’lim standartida esa “Kvalimetriya va standartlar asosida sifatni boshqarishning nazariy asoslari” fanini o‘qitish ko‘zda tutilgan.
Fanning maqsad va vazifalari
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar “Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari” fanini o‘zlashtirish jaraѐnida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
Maqsad•
Kvalimetrik axborotlar olish, kvalimetrik natijalarni qayta ishlash, usullar, sifatni boshqarish tizimlari to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish.
Vazifalar•
5A310902 –Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (sanoat) mutaxassisligi magistrlari uchun sifatni o‘lchashni va mahsulot, hamda jarayonlar sifatini boshqarish sohasida amaliy ishlashga tayyorlash. kvalimetriya va sifatni boshqarish asoslari, sifat boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar, sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, sifatni boshqarishning paydo bo‘lishi va rivojlantirishning nazariy asoslari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
statistik usul va matematik-statistik usullarni qo‘llashni;
tanlangan boshqarishning nazariyasi va statistik gipotezalarni ilmiy asoslashni;
sifat menejmenti tizimini baholashning nazariy asoslarini; mahsulotlarni sifat tizimi bo‘yicha mavjud nazariy va amaliy tadqiqotlar texnologik jaraѐnlarning kamchiligini tahlil qilish va ilmiy tekshiruv o‘tkazishni; ishlab chiqarish jaraѐnlarini statistik tekshirishni; texnologik jaraѐnlarni sifati va barqarorligini statistik tadqiqoti va tahlil etishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
mahsulotlarning sifati va sifat ko‘rsatkichlarini baholash;
sifatni boshqarish, boshqaruvning kompleks tizimini tashkillashtirish;
mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining optimal qiymatlarini aniqlash usullarini ilmiy tahlil qilish; sifatni baholash jaraѐnining tamoyil va usullarini nazariy tahlil qilish haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi “Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari” fani milliy ist iqlol g‘oyasi va ilmiy tadqiqot metodikasi, axborot tizimlari, kattalik birliklari va etalonlari kabi fanlarga suyanadi, hamda ilmiy va amaliy izlanishlarga asos soladi. “Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari” fani iqtisodiѐtning, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan sifatni o‘lchash, kvalimetrik natijalarni qayta ishlash va ularning usullari xususida yetarli va zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan yuqori sifatli kadrlarni tayѐrlashda muhim o‘rin egallaydi.
Ishlab chiqarishda sifat ta’minotining ahamiyati va o‘rni nihoyatda kattadir. Shuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda asosiy omillardan biridir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va mahsulotlar sifatni boshqarish va sifatni ta’minlashda kvalimetriya va xalqaro standartlar talablariga muvofiq faoliyatlarni tashkillashtirish ishlab chiqarilaѐtgan mahsulotlarni sifatini kafolatlanishi va raqobatbardoshligi ta’minlash, ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlanishi bilan sifatini boshqarish muhim o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarish jaraѐnlari va mahsulotlarni sifatini ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish, boshqaruv ob’yektlarini nazorat qilish, ishlab chiqarilaѐtgan mahsulotlarning tannarxini va sarflanadigan xarajatlarni kamaytirisha kvalimetrik usullarni qo‘llashning tashkiliy masalalarini ѐritib beradi. Shu sababli ushbu fan asosiy mutaxassis fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi.

Hisobot tartibi:

  1. Amaliy mashg‘ulot mavzusi.

  2. Ishdan maqsad.

  3. Nazariy ma’lumotlar.

  4. O‘qituvchi tomonidan mavzuga doir topshiriq va uni yechimi (to‘plangan ma’lumotlar).


ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatalshtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. 28.12.1993-y.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni. 28.12.1993-y.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 28.12.1993-y.

  4. Magamedov M.D “Upravleniye kachestvom”. –Moskva.: -2006.

  5. http://gov.uz/– O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

  6. http://www.ziyonet.uz/ – axborot o‘quv portali.

Download 22.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling