1. Soliqqa tortish tamoyillarining mohiyati
Download 321.02 Kb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot nazariyasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan KURS ISHI Mavzu: O’zbekistonning soliqqa tortish tamoyillari va ularning amal qilishi Bajardi: “Korporativ boshqaruv” fakulteti, KB-51 guruhi talabasi Xoliqov Nozir Tekshirdi: Karimova Latofat
TOSHKENT – 2020 Mavzu: O’zbekistonning soliqqa tortish tamoyillari va ularning amal qilishi Reja: Kirish: 1. Soliqqa tortish tamoyillarining mohiyati. 2. Soliqqa tortishning iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy tamoyillari. 3. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatida soliqqa tortish tamoyillari. 4. Soliqqa tortish tamoyillariga iqtisodchilarning qarashlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Soliqlarning funktsiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga binoan fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburiyligi belgilab qo’yilgan. Amaldagi Soliq kodeksining 9-moddasidagi “Soliq solishning majburiyligi prinsipi”da keltirilishicha: “Har bir shaxs Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi shart”. O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksi 12-moddasida “Soliqlar deganda O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, budjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi.” deb ko’rastib o’tilgan. Soliqlar davlatning mavjudligi bilan bog’liq bo’lgan majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan soliqlarni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Soliqlar, bu nafaqat budjet tushumining asosiy manbai, balki u bozor iqtisodiyoti tarkibining ham asosiy omili hisoblanadi. Faqat mukammal soliq tizimigina ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati, davlat budjetini zarur miqdordagi moliyaviy resurslar bilan ta’minlash hamda uning samaradorligi oshishi uchun zarur bo’lgan mablag’larni shakllantira oladi. Hozirgi vaqtda olib borilayotgan tadbirlardan asosiy maqsad, korxonalarga iqtisodiy jihatdan kengroq erkinliklar berish, foydani ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash, xodimlarning ish haqini oshirishdan iborat. O’bekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomasida (24.01.2020) soliq siyosatidagi o’zgarishlar shunday e’tirof etilgan: “Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etilmoqda. Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblashda, yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi ob’ektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo‘yicha chegirmalar kengaytirildi. Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha, engillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda. Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‘llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ qoladi. Endi tadbirkor tomonidan to‘langan ortiqcha soliq o‘z muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha byudjetdan foiz to‘lanadi. Buning ahamiyatini mana shu zalda o‘tirgan va “oynai jahon” orqali mening so‘zlarimni eshitayotgan tadbirkorlar, o‘ylaymanki, hammadan ko‘ra yaxshi tushunadi. Soliq kodeksi normalarini har bir soliq xodimi, tadbirkorlar va soliq to‘lovchilar puxta o‘zlashtirishi, buning uchun ularni muntazam ravishda o‘qitish zarur. Soliq xizmati xodimlari dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi qoshida Fiskal institutini tashkil etishni taklif qilaman. Bu jarayonga katta tajribaga ega nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilish zarur.”. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug’ullanish iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, sog’liqni saqlash, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurati soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo’yadi. Norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo’ladi. Download 321.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling