1-son Davolash fakulteti 117-b guruh talabasi Hasanova Xonzodaning Biologiya
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Hasanova Xonzoda Biologiya 1 ontogenez
Regeneratsiya (
lotincha : regeneratio qayta tiklanish) (biologiyada) — organizmning yoʻqotgan yoki jarohatlangan organlar va toʻqimalarni tiklash xususiyati (xususiy Regeneratsiya), shuningdek, uning ayrim qismlaridan bir butun organizmning tiklanishi (somatik embriogenez, vegetativ koʻpayish). Regeneratsiya terminini fransuz tabiatshunosi R.Reomyur 1712-yilda fanga kiritgan. Odam va hayvonlarda Regeneratsiya reparativ (olib tashlangan yoki nobud boʻlgan tuzilmalar oʻrniga yangisining hosil bo'lishi) va fiziologik (yo'qotilgan tuzilmalar o'rniga yangisining hosil boʻlishi) boʻladi. Fiziologik R. koʻproq uchraydi (Mas, sut emizuvchilarda qon va ayrim epiteliy hujayralarining yangilanib turishi). R. turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Koʻpchilik tuban umurtqasiz hayvonlar (gʻovak tanlilar, boʻshliqichlilar)da tananing kichik parchasidan yaxlit organizm rivojlanishi mumkin. Tuban umurtqalilar (suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar), shuningdek, bir qancha yuksak umurtqasizlar (halqalilar, qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da koʻz qismlari, dum, ichak va toʻqimalar, odam va sut emizuvchilarda esa faqat ayrim toʻqimalar tiklanadi. Sharoit oʻzgarganida geteromorfoz kelib chiqishi mumkin. R. mexanizmlarini hujayraviy manbalar, hujayralararo va toʻqimalararo taʼsirlar, gormonlar va b. biologik faol moddalar taʼsiri, nerv va immun sistemalari, shuningdek, genetik omillar orqali tushuntirish mumkin. Har xil organlar va toʻqimalar R.sida kam ixtisoslashgan (koʻpchilik hayvonlarda) va ixtisoslashgan (tuban umurtqalilarda) hujayralar ishtirok etadi. Gomeostaz, gomeostazis (gomeo... va yun. stasis — harakatsizlik, holat) — biologik sistemalarning oʻz tarkibi va xossalarining dinamik nisbiy doimiyligini saqlab qolish xususiyati. Gomeostaz tushunchasini amerikalik fiziolog U.Kennon (1929) taklif etgan. Gomeostaz biologik tuzilishning har xil darajasida namoyon boʻladi. Fiziologik Gomeostaz Yerda hayotning paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan, chunki bir hujayralilarning kelib chiqishi hujayra ichida tashqi muhit sharoitidan farq qiladigan maxsus fizik-kimyoviy sharoitning qaror topishi bilan bogʻliq boʻlgan. Koʻp hujayralilarda vujudga kelgan ichki muhit ichida hujayra va toʻqimalar joylashadi, ana shu ichki muhitda Gomeostaz mexanizmlari rivojlanadi va takomillashib boradi. Evolyutsiya davomida qon aylanish , ayirish, nafas olish , hazm qilish va Gomeostazni boshqarishda zarur boʻlgan boshqa maxsus sistemalar vujudga kelgan. Dengiz umurtqasiz hayvonlarida ichki muhit suyuqligi hajmi, ion tarkibi va rN ini barqarorlashtiradigan gomeostatik mexanizmlar paydo boʻladi. Chuchuk suv va quruqlikda yashashga oʻtgan hayvonlarda, shuningdek, chuchuk suvdan dengizga oʻtgan umurtqalilarda osmotik faol moddalar konsentratsiyalanadi. Gomeostaz ayniqsa sut emizuvchilarda mukammal rivojlangan boʻlib, ularning atrof muhitga moslanish imkoniyatlarini oshiradi. Gomeostaz tufayli qon va toʻqima suyuqligi hajmi, ulardagi ionlar va osmotik faol moddalar konsentratsiyasi, qonning rN, undagi oqsillar, lipidlar va uglevodlar tarkibining doimiyligi saqlanib qoladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling