1. Sopranoda tertsiya sakrashlari


Download 264.83 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi264.83 Kb.
#1494953
Bog'liq
bass


1. Sopranoda tertsiya sakrashlari.
Kvarta-kvinta nisbatidagi ( ya’ni T-D, D-T, T-S, S-T ) uchtovushliklarni garmonik qo’shganda, sopranoda ulardan birortasining tetsiyasini boshqa birining tetsiyasiga yo’naltirish mumkin. Ikki turli akkordlarni qo’shganda bu xildagi yo’nalma kvarta yoki kvinta yuqoridagi yoki pastga sakrashni hosil qiladi. Bunday sakrash tertsiya sakrash deyiladi.
Shunday sakrashda joylashuv holati o’zgaradi: sakrashning eng yuqori tovushiga moslanadigan akkord keng joylashuvga, eng pastki tovushga moslanadigan akkord esa zich joylashuvga to’g’ri keladi:
Sakrashdan keyin kuy doim sakrash yo’liga qarama qarshi tomonga tomonga harakat qiladi. Kamdan- kam hollardagina ( S yoki D ning ikkinchi tovushi – tersiya o’zining tabiiy lad echilisini talab qiladigan vaqtda ) kuy sakrashdan keyin yana o’sha tomonga harakatlanishi mumkin. Minorda tonik tersiyadadan dominanta tersiyasiga sakrash faqat pastga kichraytirilgan kvartaga sakrash bo’lishi mumkin, chunki yuqoriga orttirilgan kvintaga sakrashga (orttirilgan intervallarga boshqa har qanday yo’nalma va sakrashlardek ) yo’l qo’yib bo’lmaydi ( 12- mavzu, 4- § ga qarang ).
2. Tenorda tersiya sakrashi
Yuqorida ko’rsatilgan ( T –D, D-T, T-S, S-T) uchtovushliklari garmonik qo’shilganida tersiyaning tersiyaga sakrashi tenorda ham bo’lishi mumkin. Bunda joylashuv holati o’zgarishining teskari tartibda bo’lishi kuzatiladi: sakrash yuqori tomonga bo’lsa, keng holatdan zich holatga, sakrash pastga tomon bo’lganda esa zich holatdan keng holatga o’tadi:
Eslatma. Altda tersiyalar sakrashi qo’llanilmaydi, chunki, bu akkordlarning no’tug’ri joylashuviga olib keladi:
3. Masalalar analizi
Masalalarning dastlabki analizi umuman bundan oldin qilingan analiz hajmida bo’ladi. Ko’rib chiqiladigan sakrashlar orasida joylashuv holatining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan ayrim tersiya sakrashlari bo’lishini ham esda saqlash kerak.
Garmoniyalash misoli:
Topshiriqlar
Yozma topshiriqlar
Berilgan kuylarni garmoniyalang:
Fortepianoda mashqlar
a) Turli tonalliklarda sopranoda va tenorda yuqoriga va pastga tomon, 82 va 83- misollaridagidek T- D, D- T, S- T, T- S tersiyalar sakrashi bilan chaling.
b) Quyidagi parchlarni garmoniyalang:


Download 264.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling