1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?


Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi deganda nimani tushunasiz?


Download 52.41 Kb.
bet11/12
Sana31.01.2024
Hajmi52.41 Kb.
#1830839
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi -hozir.org

23.Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi deganda nimani tushunasiz? 
Ma’lumki, sotsiolingvistika ikkita qismga bo’linadi: 1-nutqning rivojlanish 

omillari hamda 2-nutqning ixtisoslashuvi.


Endi esa ikkinchi asosiy bo’lim – nutqning ixtisoslashuvi xususida to’xtalib
o’tamiz.Nutqning bunday ixtisoslashuvida nutq tushunchasi sotsial tilshunoslikda
tushuniladigan til (lison)ning bevosita voqealanishi, uning moddiy shaklda yuzaga
chiqishi tushunchasidan farq qiladi.Sotsiolingvistikada nutqning ixtisoslashuvi
deganda umumijtimoiy imkoniyatlarning muayyan shaklda voqealanishi emas,
balki qandaydir alohida bir guruh (ijtimoiy guruhlar) uchun me’yor vazifasini
o’taydigan umumiylik bilan xususiylik oralig’i tushuniladi.
Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyati bilan bevosita aloqadordir, chunki
badiiy, ilmiy, rasmiy-idoraviy, publitsistik kabi uslublar sohaviy
me’yorlardir.Suning uchun nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyat doirasida
tahlil va tadqiq etilishi mumkin.Lekin bunda ham o’ziga xos farq mavjud:
uslubiyat, asosan, lisoniy vositalarni o’rganadi, nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvida
esa nutqiy ifoda vositalari paralingvistik, ekstrolingvistik vositalar bilan birgalikda
tadqiq qilinadi va bu nuqtada sotsiolingvistika etnografiya, odob-axloq fanlari
bilan kesishadi.
Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi rang-barang bo’lib, ularning ichida
quyidagi turlarni ajratish mumkin:
-
Nutqning so’zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga ko’ra
ixtisoslashuvi;
-
Nutqning so’zlovchi va tinglovchining ijtimoiy mavqeyiga ko’ra
ixtisoslashuvi;
-
Nutqning so’zlovchi va tinglovchining jinsiga ko’ra ixtisoslashuvi;
-
Nutqning so’zlovchi va tinglovchining yoshiga ko’ra ixtisoslashuvi;
-
Nutqning so’zlovchi va tinglovchining kasb-koriga ko’ra ixtisoslashuvi;



-
Nutqning so’zlovchi va tinglovchi orasidagi aloqaning kontakt-


distantligiga ko’ra ixtisoslashuvi;
-
Nutqning shakliga ko’ra ixtisoslashuvi (yozma, og’zaki, imo-ishora);
Nutqning muloqot mavzusi tabiatiga ko’ra ixtisoslashuvi (suhbat,
munozara, bahs, savol-javob, ma’ruza, hikoya va hokazolar).

Download 52.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling