1. Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi?


Download 258.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.07.2020
Hajmi258.95 Kb.
#123169
Bog'liq
1-dars savollarga javoblar


Mavzu:Sotsiolingvistika  fani, uning tadqiq manbayi. Til va jamiyat, 

sotsiolingvistik jamiyat tushunchasi.Milliy til, uning shakllari. Til va nutq, ularning 

rivojlanish omillari (ichki va tashqi omillar). Nutq, uning ixtisoslashuvi. Tilning 

tuzilish sathlari.Ko’p tillilik. Pijin va kreol tillari. Diglossiya, bilingvizm.Nutqning 

kommunikantlarga bog’liq ixtisoslashuv turlari.Nutq vaziyati, uning nutqqa ta’siri, 

turlari 


Savollarga javoblar: 

1.Sotsial lingvistika tilni qanday hodisa sifatida baholaydi? 

     Sotsiolingvistikada grammatika hal qiluvchi omil emas.Sotsiolingvist 

grammatikani to’la-to’kis rad etmaydi, lekin uni birinchi planga qo’ymaydi, 

grammatikadan ko’ra lisoniy vositalarning ijtimoiy axborot qiymati muhimroq 

o’rin egallaydi.Shuning uchun sotsial tilshunoshlik tilning qurilishi va tuzilishi 

haqidagi fan bo’lsa, sotsiolingvistika bevosita nutq, tildan unumli foydalanish 

jarayoni haqidagi sohadir.Sotsiolingvistikadagi jamiyat tushunchasi sotsial 

lingvistikadagi jamiyat tushunchasidan ancha tor.Bunda jamiyat deganda muayyan 

nutq jarayoni ishtirokchilari, bu nutq sharoiti tushuniladi.Sotsiolingvistika sotsial 

tilshunoslikdan keskin farqlaridan biri nutq vaziyati-ya’ni nutq jarayoniga alohida 

diqqat-e’tibor qaratishdir.Sotsial tilshunoslik nuqtayi nazaridan bu ish to’g’ri 

emas.Zeroki, sotsial tilshunoslik tilning ichki tizimi, uning birliklari va qurilishi 

bilan shug’ullanar edi. Sotsial lingvistika fanologik sistema birliklaridan tortib 

butun til strukturasigacha bo’lgan barcha til hodisalarni ijtimoiy shartlashgan 

hodisalar deb qaraydi. 

2.Sotsiolingvistika sotsial lingvistikadan nima bilan farqlanadi? 

   Sotsiolingvistika sotsial tilshunoslikdan keskin farqlaridan biri nutq vaziyati-

ya’ni nutq jarayoniga alohida diqqat-e’tibor qaratishdir.Sotsiolingvist 

grammatikani to’la-to’kis rad etmaydi, lekin uni birinchi planga qo’ymaydi, 

grammatikadan ko’ra lisoniy vositalarning ijtimoiy axborot qiymati muhimroq 

o’rin egallaydi.Shuning uchun sotsial tilshunoshlik tilning qurilishi va tuzilishi 

haqidagi fan bo’lsa, sotsiolingvistika bevosita nutq, tildan unumli foydalanish 

jarayoni haqidagi sohadir.Sotsiolingvistikadagi jamiyat tushunchasi sotsial 

lingvistikadagi jamiyat tushunchasidan ancha tor. 

      Sotsiolingvistika nutqni topiklar asosida o’rganish sohasini ilgari 

suradi.Topiklar jonli muloqot yoki uning aksi parchalaridir.Sotsiolingvistikaning 

tadqiq manbayi ham topiklardir.Shuning uchun sotsiolingvistika zaruriy ehtiyoj, 

oddiy muomala- muloqat uchun xorijiy tillarni o’zlashtirishning serunum yo’llarini 

ishlab chiqadi va tezda amaliy foydalanish ehtiyojlarini qondirish usullarini ishlab 

tavsiya qila oladi.Umuman, otsial tilshunoslik bilan sotsiolingvistika orasidagi farq 

ana shulardan iborat. 



3.Sotsiolingvistika qanday muammolarni hal qilishga xizmat qiladi? 

       “Sotsiolingvistika  (lotinch soctios-jamiyat va lingvistika) – tilshunoslik, 

sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya, etnografiya fanlari 

tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, 



ijtimoiy omillarning tilga ta’sir ko’rsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat 

hayotida tutgan o’rni bilan bog’liq ko’plab muommolaarni o’rganuvchi ijtimoiy-

nazariy sohadir.Sotsiolingvistikaning eng muhim vazifalaridan biri- tildagi 

o’zgarishlarni jamiyatdagi o’zgarishlar bilan bevosita bog’liq ekanligini 

o’rganishdir. 

4.Til va jamiyat o’rtasidagi munosabat qanday? 

      Til jamiyatda paydo bo’lganidan boshlab ijtimoiy xarakterga ega.Chunki til 

kishilar jamoasida ijtimoiy mehnat jarayonida vujudga kelgan bo’lib, o’zaro aloqa 

bog’lash, fikr almashishga xizmat qiladi.Til faqat jamiyatda, odamlar o’rtasidagina 

mavjud bo’lgan ijtimoiy quroldir.Tilning taqdiri jamiyat taqdiri bilan 

bog’langan.Jamiyat yo’q ekan, til ham bo’lmaydi.Til kishilik jamiyatining  asrlar 

davomidagi tarixiy-ijtimoiy tajribasi asosida yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir.Til 

va jamiyat taraqqiyoti uzviy bog’liqdir.Jamiyatda ro’y beradigan har qanday 

voqealik, ma’lum ma’noda tilde o’z ifodasini topadi.Tilning ijtimoiy  tabiati uning 

mavjud bo’lishi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo’ladi. 

     Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam 

bog’liq.Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.Ta’kidlanganidek, til jamiyat 

taraqqiyoti bilan rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi.Til 

taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan.Kishilik tarixidan ma’lumki, 

avval urug’dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan. 

5.Til jamiyati deganda nima tushuniladi? 

      Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida aloqa-` munosabat vositasi bo’lgan 

tilning jamiyatga bolgan nisbatini turlicha zohlashgan.har xil fikrlar, turli 

nazariyalar vujudga kelgan.ba’zi guruhlar tilni tirik organism sifatida 

tushunishgan.Ba’zilari o’zgarmas voqealik sifatida qarashgan.Jamiyat bo’lib 

uyushgan kishilargina aloqa-munisabat vositasi bo’lgan tilga ega.Til kishilik 

jamiyatining asrlar davomida butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan 

emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan 

ijtimoiy hodisadir.Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy 

jamiyatning mahsuli bo’lmay, balki, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-

baravar xizmat qiladi.Tilning kishilik jamiyatidagi o’rnini madaniy-  ma’naviy 

soha taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini to’g’ri 

ta’riflashga asoslanadi. 

6.Sotsiolingvistik jamiyat nima? 

      Sotsiolingvistikada jamiyat deganda nafaqat jamiyati, balki so’zlovchi va 

tinglovchi mabnsub bo’lgan ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy tabaqa ham 

tushuniladi.Zeroki, bu tabaqalarda nutq ixtisoslashadi. 

      Sotsiolingvistik jamiyat deganda faqat nutq jarayoni, uning ishtirokchilari 

tushuniladi degan bir tomonlama xulosa chiqarmaslik kerak. 

         Jamiyatda ko’p tillilik, qardosh va noqardosh tillarning bir-biriga ta’siri 

masalasi ham sotsiolingvistikada til va jamiyat munosabatlari doirasida o’rganiladi. 

 


        7.Nutq ishtirokchisi mansub bo’lgan tabaqa deganda nima tushuniladi? 

      Jamiyat deganda muayyan nutq shaoitida nutq jarayoni ishtirokchilari, bu nutq 

ishtirokchilari mansub bo’lgan ijtimoiy madaniy tabaqa hamda nutq sharoiti 

tushuniladi.Chunonchi, bozorda uzumfurush bilan xaridor o’ziga xos bir jamiyatni 

tashkil etadi.Shuningdek, dengizda ikki kema uchrashib, turli  masalalar bilan 

muloqotda bo’lar ekan, bu ham bir jamiyat sanaladi.Shubhasizki, yo’lovchi va 

taksichi, sotuvchi va xaridor, oilada ota bilan farzand va hokazolar tabiatan hamda 

mohiyatan xilma-xil jamiyatlar bo’lib, ular  orasidagi nutq mavzularini ham, 

so’zlashish odobi ham turli-tumandir.Shuning uchun sotsiolingvistikada nutqiy 

muloqot turlarini ajratish (masalan, “Bozorda”, “Ko’chada”, “Poyezdda”, 

“Shaharlaro so’zlashuv shahobchasida”), “Teatrda”, “O’yingohda” kabi mavzular, 

har bir jamiyat uchun nutq shtamplarini belgilash, leksikasini faollik darajasiga 

bog’liq ravishda bera olishga alohida e’tibor qaratiladi. 

        Sotsiolingvistika jamiyat deganda nafaqat nutq jamiyati, balki so’zlovchi va 

tinglovchi mansub bo’lgan ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy tabaqa ham 

tushniladi.Zeroki, bu tabaqalarda nutq ixsoslashadi.Buni “O’tkan kunlar” asarida 

Otabek va Homid nutqlarini qiyoslasak, tushunib ilosh qiyin emas: 

          Homid qo’lini bo’shatishga urinar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi: 

-   Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarli qo’lingizni 

bo’shataman, hozir ammo shungacha siz bilan ikki o’g’iz so’zim bor! 

Homid hanuz qo’lini bo’shatishga urinar edi. 

-  Kuchanmangiz, Homidboy! 

-  Mard yigit bo’lsang qo’limni qo’y! 

-  Oshiqma, qo’yaman! –dedi Otabek… Xanjarini qo’li bilan tuymakka 

ishorat qilib, Otabek so’z boshlad. 

 

 - Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha 



mashaqqatlarga slogan, cheksiz jonivorliklar ishlatgan va hisobsiz tillalar 

to’qdirgan, nihoyat shu daqiqaga kelib to’xtatgan birov uxlaydir.Agarda 

sizning  mening tilimdan yozi,b bergan taloq xatingiz durust hisoblanmasa, 

bu uxlaguvchi mening halol rafiqam bo’lib, ikki yildan beri men ham uning 

ko’yida sargardonman.Demak, siz bilan mening oramizda shu birov uchun 

kurash boradir.Lekin siz shu choqqacha mening ustimdan muvaffaqiyat 

qozonib keldingiz:qorachoponchi, deb dor ostlarigacha olib 

bordingiz.Musulmonqul qo’liga topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz 

chiqqach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillab rafiqamdan ayirib turishga 

muvaffaq bo’ldingiz…Endi menga javob bering-chi: bu yomonliklaringizda 

siz haqlimi edingiz? 

            - Haqli edim!- dedi Homid va siltab xanjarli qo’lini bo’shatib 

chalqancha yiqildi. 

 

             Nutq  parchasini  o’qib  tahlil  qilish  bizni  shunday  xulosaga  olib  keladiki, 



bunda  har  bir  tabaqa  namoyondasi  o’ziga  xos  ravishda  gapiradi.Otabek-izzt-

hurmatli,  madaniyatli,  tarbiyali,  har  tomonlama  ibrat  bo’la  oladigan  xonadon 



farzandi.zero,  u  ilk  murojaat  shaklida  muallif  va  o’quvchi  nafratini  keltiradigan 

Homidni sizlaydi, vaholangki, ijtimoiy tabaqa jihatdan Otabekdan o’nlab pog’ona 

pastda, insoniylik xislatlariga ko’ra Otabekning tamoman aksi bo’lgan Homid unga 

juda  qo’pol  munosabatda  bo’ladi.Ikkinchi  murojaat  shaklida  raqibini  senlashga 

Majbur bo’ladi.Chunki u izzat-hurmatli, tarbiyali oila farzandi bo’lish bilan birga 

o’z qadr-qimmatini biladigan, o’zining g’ururini himoya qila oladigan, har qanday 

sharoitda  ham  g’ururining  paymol  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaydigan  inson.Shuning 

uchun  ham  nomardlikni  do’ndirib  qo’yib,  yana  mardlikni  talab  qiluvchi 

Homidning  gapi  uning  izzat-nafsiga  tegadi  va  u  muomala  shaklini  o’zgartirishga 

majbur bo’ladi. 



8.Bolalar va kattalar nutqi oralig’ida qanday tafovutlarni sezish mumkin? 

 Nutqning faol ishtiroki tufayli inson tevarak-atrof, borliq haqida ma’lumotlarga 

ega bo’ladi.Shu bilan birga nutq bolaning rivojlanishida, uning ta’lim tarbiya 

olishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida 

rivojlanib boradi.Nutqning to’g’ri shakllanish atrofdagilar nutqiga, nutqiy 

tajribaga, to’g’ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bo’g’liq. 



9.So’zlovchi va tinglovchining ayol  yoki erkak jinsiga mansubligi nutq 

jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatadi? 

       So’zlovchi va tinglovchining ayol yoki erkak jinsiga mansubligi ham nutq 

jarayonida ahamiyatlidir. 

        O’zbek xotin-qizlari nutqiga xos “aylanay”, “girgitton”, “o’rgilay”, 

“qoqindiq” kabi so’zlar ijobiy ma’no nozikligini ifodalovchi leksik vositalar 

hisoblanadi.Ular ko’proq keksa ayollar tomonkidan qo’llanadi: 

          Xolposh xola sandal chetida xamir qorib o’tirgan ekan.Mehmonlarni ko’rib 

quvonib ketdi. 

       -Voy girgittonlar, voy o’zim girgittonlar!- degancha kalovlanib o’rnidan turdi. 

       Xotin-qizlar nutqining individual xususiyatlarini “voy” jundovi o’ndan ortiq 

ma’no nozikliklarini ifodalaydi.Bular: sevish, erkalash, achinish, qo’rqish, havas, 

sarosimalanish, koyish, alam singari holatlardir. 

        O’zbek tilida shunday iboralar borki, ular faqat erkaklar nutqidagina 

uchraydi.Jumladan, “burnini yerga ishqamoq”, “baqbaqangdan akang”, 

“dabdalasini chiqarmoq’, “jag’ini ezib qo’ymoq”, “otimni boshqa qo’yaman”, 

“quling o’rgilsin”, “haromi”, “yuzimga tuflang” kabi iboralar, asosan, erkaklar 

nutqida qo’llanishi bilan o’ziga xoslik kasb etadi: 

-  … To’yingizning ertasiga Farg’onaga jo’nab qoldim.Butun qaytimu 

okaxonni bir yo’qlab qo’yay, dedim. 

-  Tinchlikmi? – dedi Asadbek. 

-  G’alvali ish bor.Ko’rishganda aytaman. 

-  “Kamaz” ga ketganlardan darak bormi? Qo’lidan ish keladigan 

balalarmidi o’zi? 

-  Bu yo’g’iga xotirjam bo’ling, okaxon.O’nta “Kamaz” sizniki.Shu hafta 

ichi yetkazib kelishmasa, basharamga tuflang. 


10.Adabiy tilga ta’rif bering. 

      Adabiy til (standart) umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, Grammatik 

qonun-qoidalariga rioya qilinadigan, ma’lum me’yorga solingan, umummajburiy 

va qonuniy to’g’ri qo’llanadigan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat 

qiluvchi tildir.Adabiy til jamiyatning ilm-fan, ta’lim, adabiyot, diplomatiya, 

huquqshunoslik, ish yuritish, turli tashkilotlar va ziyolilarning kundalik hayotida 

ishlatiladigan milliy til ko’rinishidir.adabiy tilga muomala jarayonida 

qo’llanadigan shevaga, so’zlashuvga xos bo’lgan so’zlarning ishlatilmasligi xosdir. 

   11.Dialektlarning turini ayting. 

      Norasmiy nutq modeli hisoblangan dialektlar hududiy  va ijtimoiy turlarga 

bo’linadi.Hududiy dialektlar ma’lum hududning o’ziga xos hududiy belgilari, 

binobarin, o’ziga xos lug’at, grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega bo’lgan 

so’zlashuv tilidir. 

          Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi.Angliyada ijtimoiy dialekt muhim 

bo’lib, u hududiy dialektdan ustuvorligi bilan ajralib turadi.AQSHda esa aksincha, 

hududiy dialekt ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o’ringa ega. 

          Tabiiyki, hududiy yoki mahalliy dialektlar tilning grafik jihatidan bo’linishini 

ifodalaydi.Biroq hududiy mahalliylik mazkur til shaklining faqat o’ziga xos bir 

tomoni xolos.  “Hududiy dialekt” tushunchasi ijtimoiy dialektologiyaning asosiy 

kategoriyasi hisoblanadi.Dialektning ijtimoiy variantliligi tahlilga tortilishi sof 

dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-dialektologik tadqiqiotlarga o’tish sanaladi.          

12.Sotsiolekt va dialektlarga ta’rif bering. 

       Sotsiolekt-umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko’ra birlashgan ayrim guruhlarning 

lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq amaliyotida ishlab chiqilgan til 

shakli.Standart tildan farqli o’laroq, sotsiolektda ba’zi o’rinlarda chetga chiqish 

mumkin.Til ham xuddi tashqi ko’rinish singari sinflar haqida guvohlik 

beradi.Soilekt verbal xulq va ijtimoiy ahvolning muvofiqligini ifodalaydi. 

         Tarixan dialektlar kishilarning bir-biridan uzoqda bo’lishi, bir-birlari bilan 

muloqot qilishga halaqit qiladigan turli masofalarda joylashishi natijasida 

shakllngan.tabiiyki, bir-biridan uzoqda, shuningdek, iqlimi har xil bo’lgan 

hududlarda yashaydigan kishilarningehtiyojlari va tevara-atrofdagi endenik (turfa) 

hodisalar nomlashni talab qiladi. 

13.Argo, jargon, slengning o’ziga xos xususiyatlarini ayting va misollar bilan 

izohlang. 

       Argo- jargondan farqli o’laroq, biron ijtimoiy guruh tomonidan boshqalar 

uchun atayin tushunarsiz qilib qo’llaniladigan u yoki bu darajadagi yashirin, yasama 

til. Masalan, o’g’rilar agrosida shmon qilmoq, gopstop qilmoq iboralari 

“o’g’irlamoq” ma’nosida, giyohvandlar argosida dori “giyohvand modda” 

ma’nosida ishlatiladi.Argolar jargonga nisbatan o’zining yashirinlik xususiyati bilan 

ajralib turadi.Suning uchun ular ko’proq jamiyatning yashirin tabaqalari hisoblangan 

josuslar, jinoyatchilar, o’g’rilar, giyohvandlar, fohishalar va hokazolar nutqida 

uchraydi. 



      Jargon- biron ijtimoiy guruh vakillarining o’z nutqi bilan ko’pchilikni ajratib 

turish maqsadida, o’zicha mazmun berib ishlatiladigan so’z va iboralari.Masalan, 

oq(aroq), qizil (vino)-ichuvchilar nutqiga xos; strelka (uchrashuv) yoshlarning 

nutqida; ko’k, ko’kat(AQSH dollari), dodasi (biron narsaning zo’ri)-ko’proq 

bozorchilar nutqida qo’llanadi. 

        Sleng-  muayyan kasb egalari yoki ijtimoiy guruhlarning og’zaki nutqida 

qo’llanadigan, emotsional-ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lgan so’z va iboralar.Slenglar 

ko’proq yoshlarning nutqida uchraydi.Masalan, olmaxon “o’zini yuqori oladigan, 

nozlanadigan odam”, g’isht “xunuk”, sindirdi “lol qoldirdi” va hokazolar. 

        Sleng-jonli harakatdagi til shakli bo’lib, u mamlakat va jamiyat hayotidagi har 

qanday o’zgarishdan ta’sirlanadi.Sleng qo’llanish doirasiga ko’ra: hammaga ma’lum 

va barcha tomonidanqo’llanuvchi umumiy sleng (general slang) va muayyan 

guruhlarga ma’lum bo’lgan, tor doirada qo’llanuvchi xususiy sleng (special slang)ga 

ajraladi. 

         Slenglarning ko’p so’zlari va iboralari (ayniqsa, ularning dastlabki shakllanishi 

davrida) keng ommaga tushunarsiz bo’ladi.Chunki aksariyat slenglar ko’chma 

ma’noda qo’llanadi.Shuningdek, slengizmlar ko’pincha chet tillardan, ularning 

dialektlaridan va jargonlaridan o’zlashtirilgan bo’ladi.Masalan, “tusovka”, “telejka”, 

“tachka”, “stukach”, rus tilidan, “yuzer”(user), “chat”(chat) ingliz tilidan 

o’zlashtirilgan. 

14.Zamonaviy sotsiolingvistikada koyne qanday tushuniladi? 

            Koyne termini (yunoncha “umumiy til”) birinchi marta eramkizdan avval 

IV-III asrlarda shakllangan umumyunon tiliga nisbatan qo’llanilgan.Zamonaviy 

sotsiolingvistikada koyne aholi turlari guruhlarining ijtimoiy va lisoniy aloqalari 

jarayonida shakllangan dialektlararo og’zaki muloqot vositasi hisoblanadi. 

           Turli hududiy dialektlarning xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan 

qurama dialektlar yoki ushbu mintaqada mavjud bo’lgan tillarning biri koyne rolini 

bajarishi mumkin.Koynelar oldi-sotdi, harbiy, iqtisodiy vamadaniy aloqalar 

maqsadida qo’llaniladigan, muayyan dialektlar yoki tillar asosida shakllangan 

dialektlararo yoki millatlararo muloqot tili sifatida namoyon bo’ladi. 



15.Tilning rivojlanish omillari deganda nimani tushunasiz? 

      Bizga “Tishunoslikka kirish”, “Horirgi o’zbek adabiy tili”, “O’zbek adabiy tili 

tarixi”, “Umumiy tilshunoslik” kurslaridan ma’lumki, sotsiol tilshunoslik nuqtayi 

nazaridan til rivojlanishning ikki asosiy omili mavjud: 

-  Ichki omil 

-  Tashqi omil 

          Albatta, bular nutqda ham o’z aksini topadi va umumiy tilning rivoji bilan 

birga nutqning ham rivojlanishini ta’minlaydi.Lekin nutqning ham o’ziga xos 

rivojlanish xususiyatlari mavjud.Bularni ham ichki va tashqi kabi ikki turga 

ajtarish mumkin.Faqat sotsial tilshunoslikda tashqi deb baholangan ko’pgina 

qirralar sotsiolingvistika uchun ichki omildir.Chunonchi, jamiyat sotsial lingvistika 

uchun tashqi omil bo’lsa, sotsiolingvistika uchun ichkidir. 


16.Til rivojlanishining ichki va tashqi omillarini sanang. 

     Nutq rivojlanishininh ichki omillariga quyidagilar kiradi:  

          1) jamiyat 

          2) jamiyatdagi til siyosati 

 Darhaqiqat, jamiyat, jamiyatdagi kishilarning o’zaro muloqatga kirishishi, 

kommunikatsiyasini yo’lga qo’yishi nutq rivoji uchun eng asosiy omil 

hisoblanadi.Masalan, “qo’l ko’tarmoq” fe’li yozuvda bir xil ko’rinishda bo’lsa-da, 

uning konteksdan anglashiladigan ma’nolari turlicha bo’lib, bu faqat nutq 

jarayonidagina reallashadi.Kuzating: 

     1.Men sizni haydamaslikka qo’l ko’taraman (A.Qahhor)-ovoz bermoq. 

     2.Yaqin kelgan mashinaga iltijo bilan qo’l ko’taraman (X.Sultonov)- to’xtatmoq 

     3.Nahot shu odam bir vaqtlar bo’lsa ham, xotiniga qo’l ko’targan bo’lsa! 

(A.Qahhor)-urmoq. 

    4.Chang-to’zon ichida yalang ko’ylak, yalangbosh nemislar qo’llarini baland 

ko’tarib, bulutlar orasidan yugurib borardi (Y.Shamsharov)- taslim bo’lmoq. 

     5.Hech bo’lmasa qo’l ko’tarib, kampir o’yin qilib borasiz-da, Shermatxo’ja 

(S.Siyoyev) – raqs tushmoq. 

      Misollardan anglashiladiki, demak, nutq jarayoni, aloqa-aralashuv munosabati 

nutq rivoji uchun asosiy omildir. 

       Nutq rivojlanishining tashqi omillariga quyidagilar kiradi: 

       - So’zlovchi va tinglovchi saviyasining rivoji 

       - jamiyatda ko’p tillilik va uning nutqqa ta’siri 



17.Til qurilish sathlari deganda nimani tushunasiz? 

         Til qurilish sathlari deganda til yaruslari fonetika, fonologiya, leksika, 

morfologiya, sintaksis va semantika (shuningdek, ayrim mutaxassislar tomonidan 

frazelogiya, terminologiya va stilistika ham alohida sathlar sifatida ajratiladi) 

tushuniladi.Bu sathlar davrlar o’tishi bilan takomillashib o’zgarib boradi.Lekin til 

sistemasidagi taraqqiyot, o’zgarishlarning barchasida bir xil kechmaydi.Tilimizda 

ijtimoiy o’zgarishlarga eng sezgir sath leksikadir. 

         18.Sathlarning o’zgarib borishiga sabab nima? 

         Keyingi yigirma yilda katta o’zgarish va ravnaqni o’zbek  tili stilistikasi 

(uslubiyati) boshdan kechirdi.O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi tilimizning 

hayotning turli jabhalarida zarur bo’lgan barcha vazifaviy uslublarining 

shakllanishi va rivojlanishiga asos bo’ldi.Jiddiy o’zgarishlar, xususan,idoraviy ish 

uslubida, ilmiy va tibbiy nutq tizimlarida paydo bo’ldi.Aytish lozimki, yaqin 

yillargacha barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlargina o’zbek tilida yozilar 

edi.Ammo bu hujjatlarning tilini ham sof o’zbekcha deb aytish ancha qiyin. 

         Tilning grammatikasi uning boshqa sohalarga qaraganda bir muncha sekin 

taraqqiy etdi.Grammatikadagi o’zgarishlarni, ko’pincha, payqash ham qiyin.Biroq 

sobiq sovet tuzumi davrida o’zbek tilining grammatikasi uning boshqa sohalari 

kabi sezilarli o’zgarishlarga uchradi.O’zbek tilining sintaktik taraqqiyoti natijasida 

o’zbek tilida ilgari mavjud bo’lgan qurilishlar qatoriga yangilari kelib 



qo’shildi.Chunonchi, o’zbek tilidagi “Jahonga tinchlik!”, “Hamma kommunistik 

shanbalikka” kabi gaplar ruscha jumlalarni aynan tarjima qilish, ulardan andoza-

nusxa olish asosida yaratilgan. 

           Fonetika sohasida ham ancha o’zgarishlar yuz berdi. Yolashgan harflarning 

alifbodan chiqarilishi va ular ifodalaydigan tovushlarning talaffuzga mos ravishda 

berilishi o’zbek imlosini ancha soddalashtirdi va imlo talaffuzga 

yaqinlashtirildi.1995-yilning 24-avgustida lotin yozuvi asosidagi o’zbek imlosi 

uchun yangi qoidalar majmuasi ishlab chiqildi va vazirlar Mahkamasi tomonidan 

tasdiqlandi.Yangi alifbo va yangi imlo ancha qulayliklar tug’dirishi bilan birga, 

kompyuter texnikasidan keng foydalanishga ham zamin yaratdi. 



      19.Nima uchun leksika eng o’zgaruvchan sath? 

      Tilimizda ijtimoiy o’zgarishlarga eng sezgir sath leksikadir.Buning sababi 

shundaki, jamiyatda bo’ladigan turli-tuman o’zgarishlar natijasida yuz beradigan, 

paydo bo’ladigan narsa-hodisalar ular uchun tilde maxsus atamalari bo’lishi taqazo 

etadi.Ana shunday obyektiv sabablar asosida yangi-yangi so’z (leksemalar) paydo 

bo’ladi, lug’at tarkibi boyib boradi.keyingi yigirma yil ichida o’zbek tili leksikasi 

keskin o’zgarishlarni boshidan kechirdi va bu o’zgarishlar quyidagi ko’rinishda 

namoyon bo’ldi: 

     1.Shu tushunchani ifodalaydigan so’z tilimizda mavjud bo’lgan holda rus tilidan 

va rus tili orqali boshqa tillardan kirib kelgan qator so’zlar iste’moldan 

chiqdi.Chunonchi, oblast, rayon,kolxoz,sovxoz,tipografiya,propaganda, ideologiya, 

ideya, aktiv, avtor va hokazolar.Ularning o’rnini o’z so’zlarimiz egalladi: viloyat, 

tuman, jamoa xo’jaligi, shirkat xo’jaligi, bosmaxona, matbaa, targ’ibot, 

ma’naviyat,g’oya, faol, muallif va hokazolar.Bu so’zlardan kattagina qismi arab 

yoki eroniy tillarga mansub bo’lsa-da, bu tillar bilan o’zbek xalqi va tilining 

hamkorligi bir necha ming yillik tarixga ega.Shuning uchun bunday so’zlarning 

fonetik qiyofasi va mazmuni bizda o’zlashgan. 

      2.Juda ko’p so’zlar tushunchalar va denotatlarning yo’qolishi tufayli 

iste’moldan chiqdi: communist, boshevik, partbyuro, kamsomol, pioneer, 

oktyabryat 

       3.Yangi tushuncha va denotatlarni ifodalovchi so’z va birikmalar 

shakllandi:biznes, marker, auditor, menejment, marketing, Oliy Majlis, Vazirlar 

Mahkamasi.  

         20.Ko’p tillik nima? 



        Ko’p tillilik istagan davrda rivojlangan, iqtisodiy-madaniy taraqqiy etgan 

jamiyatning belgilaridan biridir.Bu jihatdan o’zbek xalqi faxrlansa arzidi.Ko’z z 

ilg’amas uzoq davrlardan beri o’zbek xalqi xitoy, koreys, mo’g’ul xalqlari bilan 

yaqin aloqada bo’lib, ko’p tillilik sharoitida yashab kelgan bo’lsa (O’rxun 

obidalarida turk-xitoy ikki tilliligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan), juda qadim 

davrlardan hozirgacha  eroniy tillar bilan yonma-yon ikki tillilik sharoitida kun 

kechiryapti. Bu hol tilimizda o’z aksini topgan.Hozir o’zbek tilida manti, lag’mon, 

shiypon kabi xitoycha; kitob, ma’no, asbob, davlat, majlis, harakat kabi arabcha; 



anor, barg, poytaxt, korxona, qog’oz, baxt kabi fors-tojikcha so’zlarini ham 

ishlatamiz.O’zbek tili lug’ati rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan  o’tgan 

so’zlar hisobiga ham boyimoqda, o’zbek tilidagi stol, stul, pechka, parta kabi 

so’zlar asli ruschadir.Rus tilidan olingan so’zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa 

tillarga xos so’zlar ham bor:buxgalter, ofitser (nemischa), vergul, palto 

(fransuzcha), klub, tramvay, futbol, boks (inglizcha), tomat, limon (ispancha) va 

boshqalar. 

          O’zbek tilidan ham boshqa xalqlarning tillariga so’zlar o’tib, ular madaniy 

saviyasining yuksakligiga katta hissa qo’shishi hozirgi kunda hech birimizga sir 

emas.Bu xulosa sotsiolingvistlar tomonidan ham, etnograflar, antropologlar, 

ruhshunoslar, madaniyatshunoslar va tarixchilar tominidan yakdilona qabul 

qilingan. 



21.Lisoniy interferensiya nima? 

      Qadimdan qolgan qiyos: bir tilni bilgan bir xazina kalitiga ega bo’lsa, ikki tilni 

bilgan xazina kalitiga ega dir.O’zbek lingvistik jamiyatida turkey-eroniy bolinvizm 

(ikki tililik, zullisonaynlik) shunchalik uzoq tarixga egaki, shunchalik chatishib 

ketganki, juda ko’p hollarda lisoniy interforensiya (chatishuv) sodir bo’lgan.(xo’sh, 

lingvistik yoki lisoniy interferensiyaning mohiyati nimad? Interferensiya so’zi 

lotincha inter-ora, o’rta va ferens(ferentis)tashuvchi, o’tkazuvchi so’zlaridan 

olingan.Interferensiya tilshunoslikda ikki tillilik sharoitida til tizimlarining o’zaro 

ta’siri natijasida sodir bo’ladigan hodisa bo’lib, bir til xususiyatlaruning ikkinchi 

tilde namoyon bo’lishida ko’rinadi. Interferensiya til iyerarxiyasining barcha 

sathlarida (fonetik, leksik-semantik, morfologik, sintaktik) amalga oshishi 

mumkin.) O’zbek tilida ba-, bar-, be-, bo-, no-, ser-, to-, ham- kabi tojikcha old 

qo’shimchalar ikkala tildan ham so’z yasash xususiyatiga ega bo’lib, tojik tili bilan 

bir qatorda o’zbek tili lug’at tarkibining boyidhga ham xizmat qiladi.Shulardan, 

ba-, bo- qo’shimchalari faqatgina tojikcha so’zlarga qo’shilsa (baaql, boobro’, 

bag’ayrat), be-, no-, ser-, hsm- kabilar esa uzoq yillik tarixiy taraqqiyotdan so’ng 

o’zbekcha va ruscha-baynalminal so’zlarga ham birikib kelish xususiyatini o’zida 

shakllantirgan: bebosh (o’zbekcha), notanish (o’zbekcha), noreal (ruscha), 

servitamin (ruscha), serjun (o’zbekcha).So’z yasash tizimida o’zbek va fors tillari 

orasida sodir lisoniy interferensiyani XV asrdayoq Mir Alisher Navoiy qayd etgan 

va sharhlagan. 

          22.Pijin va kreol tillari qanday tillar? 

        Pijin tillari-mahalliy tillarning Yevropa tillari bilan chatishuvi natijasida 

yuzaga kelgantil.Pijin va kreol tillari o’xshash va farqli tomonlarga bo’linadi.Agar 

kreol tilida so’zlashadigan, uni ona tili deb hisoblaydigan aholi bo’lsa, pijin tili 

bunday xuvsusiyatga ega emas.Pijin tilaridan ikinchi aloqa vositasi sifatida katta 

port shaharlarida foydalaniladi.Umuman olganda, pijin tili kreol tillarining paydo 

bo’lishida boshlang’ich bosqich sanaladi.Hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan  pijin 

tillaridan biri “pijin-inglish” deb nomlanuvchi janubiy Xitoy portlarida 

qo’llaniladigan tildir.Shuningdek, XIX asr o’rtalarida S/I/Cherepanov tomonidan 


o’rganilgan “rus tilining xitoy dialekti”, ya’ni kyaxta deb ataluvchi pijin tili ham 

mavjud (Rossiya va Xitoy chegarasidagi Kyaxta shahrida yashovchi aolining 

o’ziga xos “tili”).Yamayka, Gaiti singari orollarda mahalliy aholi  bilan fransuz, 

ispan, portugal, tillari aralashuvidan yuzaga kelgan pijin tillari hozir ham keng 

qo’llanadi. 

        Kreol tillar – mustamlakachilik natijasida Amerika, Afrika, Sharq 

mamlakatlari xalqlari tillari bilan Yevropa tillari (ingliz, fransuz, ispan, portugal) 

elementlari aralashuvidan tashkil topgan til.Masalan, Amerikadagi Gaiti rolida 

mahalliy aholi bilan fransuz tili aralashuvi natijasida gatti-kreol til 

shakllangan.Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi aralashuvi natijasida ispan-nautl 

kreol tili yuzaga kelgan.Amerikadagi Aruba, Bonayre orolllarida negr va ispan 

tillari aralashuvi bilan papiyamento kreol tili shakllangan.Bunday kreol tillari 

Grammatik sistemasi soddalashgani, aloqa uchun qulaylashgani bilan ajralib 

turadi. 


23.Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi deganda nimani tushunasiz? 

       Ma’lumki, sotsiolingvistika ikkita qismga bo’linadi: 1-nutqning rivojlanish 

omillari hamda 2-nutqning ixtisoslashuvi. 

        Endi esa ikkinchi asosiy bo’lim – nutqning ixtisoslashuvi xususida to’xtalib 

o’tamiz.Nutqning bunday ixtisoslashuvida nutq tushunchasi sotsial tilshunoslikda 

tushuniladigan til (lison)ning bevosita voqealanishi, uning moddiy shaklda yuzaga 

chiqishi tushunchasidan farq qiladi.Sotsiolingvistikada nutqning ixtisoslashuvi 

deganda umumijtimoiy imkoniyatlarning muayyan shaklda voqealanishi emas, 

balki qandaydir alohida bir guruh (ijtimoiy guruhlar) uchun me’yor vazifasini 

o’taydigan umumiylik bilan xususiylik oralig’i tushuniladi. 

         Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyati bilan bevosita aloqadordir, chunki 

badiiy, ilmiy, rasmiy-idoraviy, publitsistik kabi uslublar sohaviy 

me’yorlardir.Suning uchun nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyat doirasida 

tahlil va tadqiq etilishi mumkin.Lekin bunda ham o’ziga xos farq mavjud: 

uslubiyat, asosan, lisoniy vositalarni o’rganadi, nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvida 

esa nutqiy ifoda vositalari paralingvistik, ekstrolingvistik vositalar bilan birgalikda 

tadqiq qilinadi va bu nuqtada sotsiolingvistika etnografiya, odob-axloq fanlari 

bilan kesishadi. 

           Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi rang-barang bo’lib, ularning ichida 

quyidagi turlarni ajratish mumkin: 

-  Nutqning so’zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga ko’ra 

ixtisoslashuvi

-  Nutqning so’zlovchi va tinglovchining ijtimoiy mavqeyiga ko’ra 

ixtisoslashuvi; 

-  Nutqning so’zlovchi va tinglovchining jinsiga ko’ra ixtisoslashuvi; 

-  Nutqning so’zlovchi va tinglovchining yoshiga ko’ra ixtisoslashuvi; 

-  Nutqning so’zlovchi va tinglovchining kasb-koriga ko’ra ixtisoslashuvi; 

 


-  Nutqning so’zlovchi va tinglovchi orasidagi aloqaning kontakt- 

distantligiga ko’ra ixtisoslashuvi; 

-  Nutqning shakliga ko’ra ixtisoslashuvi (yozma, og’zaki, imo-ishora); 

Nutqning muloqot mavzusi tabiatiga ko’ra ixtisoslashuvi (suhbat, 

munozara, bahs, savol-javob, ma’ruza, hikoya va hokazolar). 

      24.Nutq kommunikantlarga bog’liq ravishda qanday ixtisoslashadi? 

              Nutq sharoiti murakkab butunlik bo’lib, bir necha tarkibiy qismlarning 

umumlashmasidan iborat.Bu tarkibiy qismlar quyidagilar: 

         1.Nutq akti ishtirokchilari- sotsiolingvistika bular kommunikantlar 

deyiladi.Kommunikantlar so’zlovchi (kommunikator, informant, adresat), 

tinglovchi (adresat) va ishtirokchi bo’lishi mumkin. 

       2.Nutq ishtirokchilarining millati, jinsi, yoshi, kasb-kor, madaniy saviyasining 

ham nutq jarayonida o’z o’rni bor.     

      25.Kommunikator (so’zlovchi)ning qaysi jihatlariga ko’ra nutq 



ixtisoslashadi? 

       Nutqning muloqot mavzu tabiatiga ko’ra ixtisoslashuvi (suhbat, munozara, 

bahs, savol-javob, ma’ruza, hikoya va hokazolar). 

         Nutqning yana boshqa turdagi ijtimoiy ixtisoslashuvi shakllarini va turlarini 

sanash mumkin.Ammo shu yuqoridagilar ham ularning turi ko’p ekanligi haqida 

xulosa chiqarishga imkon beradi.Bundan tashqari, bu turlar o’zaro birikuvlarda 

cheksiz xil va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. 

  26.Nutq vaziyati deganda nimani tushuniladi? 

          Fatik kommunikatsiya jarayonida adresant va adresatlarning jins jihatidan 

farqlanishi sodir bo’ladigan nutqiy vaziyatda yaqqol aks etadi. 

          To’y-hasham, mehmondorchilik va boshqa shodiyona kunlarida ishlatiluvchi 

mulozamat shakllarini o’rganar ekanmiz, ularning ham erkaklarning hamda 

ayollarning shunday nutqiy vaziyatda qo’llovchi birliklarini alohida ajratish 



maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.         

Download 258.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling