1. Sotsial ps
Download 160.35 Kb.
|
S.P.P. (RASHIDOVA FOTIMA)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 . A s osiy q i s m
- 3 . Ya k uniy qi s m
- 5 . S otsial p s i x o l o g i k testlar
1. Kirish qismi yoki «respondentga murojaat» deb ataladi, bu qismda odatda tadqiqot o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiruvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketani to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi. Instruksiya murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.
2. Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham e’tibor berish kerak, chunki boshidan qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni cho‘chitib qo‘yishi, hattoki, to‘ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga o‘tish, oxirida yana «neytralroq» savollar berish maqsadga muvofiq. 3. Yakuniy qism respondentning shaxsiy sifatidagi ob’yektiv ma’lumotlarni olishga qaratilgan bo‘lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so‘raladi. Anketalar tarqatilish uslubiga ko‘ra, qo‘l bilan tarqatiladigan, pochta orqali yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to‘ldiriladigan formalarga bo‘linadi. To‘plangan ma’lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuterlar yordamida analiz qilinadi. 5. Sotsial psixologik testlar Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo‘lib, ular yordamida u yoki bu sotsial psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul – testda tekshiriladi. Testlar 20-30-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, ular hayotga, amaliyotga shunchalik chuqur kirib keldiki, hattoki maxsus soha psixometrika paydo bo‘ldi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni bir test yordamida bir ob’yektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish, bu testni faqat qanday turdagi ob’yektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’yektlardagina qo‘llash mumkin. Qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, testlar ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’yektlarda sinovdan o‘tkazish, hattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Masalan, ingliz olimi Kettel shaxs sifatlarini sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4,5 mingga yaqin sifatlarni o‘rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yordamida 171 juft dixotomik sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maqtanchoq, bosiq-tez va shunga o‘xshash). Nihoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-oqibat 21 xil shaxs xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular asosida mashhur Kettel testi paydo bo‘ldi. Uning yordamida asosan shaxsdagi introversiya, ekstroversiya, faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar sinaladigan bo‘ldi. Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z «kaliti» bo‘ladi va bu kalitning egasiga maxsus litsenziyalar, ya’ni kelishuviga ko‘ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‘ladi. «Kalitsiz» esa maxsus testlarni hech kimga ishlata olmaydi. Endi maxsus sharoitlarga moslashtirilishi kerak bo‘lgan testlarga kelsak, masalan, o‘sha Kettel testi yoki Ayzenkning testlarini bizning O‘zbekiston sharoitida ishlatish kerak bo‘lib qolsa, demak, uni tarjima qilgan va uni amaliyotda qo‘llagan kishida professional huquq va moslashtirish uchun kamida 2-3 ming kishilik ob’yekt, ya’ni odamlar kerak. Shundagina bu metod moslashtirilgan va to‘plangan ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi. Download 160.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling