1. Sotsial struktura tushunchasi va uning ahamiyati. Ijtimoiy stratifikatsiya tushunchasi va turlari
Download 27.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqJamiyat sotsial strukturasi
6- mavzu. Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar. Reja: 1. Sotsial struktura tushunchasi va uning ahamiyati. 2. Ijtimoiy stratifikatsiya tushunchasi va turlari. 3. Sotsial mobillik. Sotsiologiya predmetining asosiy tushunchalari sotsial status va sotsial rol hisoblanadi. Status deb insonning guruhdagi yoki jamiyatdagi pozitsiyasi, o'rniga aytiladi. Guruhda lider bo'lish norasmiy yoki shaxsiy statusni bildiradi. Injener, erkak, er, o'zbek, rus, provoslav, musulmon, biznesmen bo'lish rasmiy statusni bildiradi. Sotsial status rol orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi bo'lish “o'qituvchi” statusiga ega bo'lish va o'qituvchilik rolini bajarishni anglatadi. Har qanday status huquq va majburiyatlar majmuasidan tashkil topgan. Ma'lum statusga birlashtirilgan rasmiy huquq va majburiyatlarga mos keluvchi hatti-harakat modeli sotsial rol deb ataladi. Inson, odatda bir statusda bo'lib bir rolni bajarishi mumkin. Masalan, Erkak Harbiy Talaba Demak, bir insonda bir qancha status va shuncha rol bo'lishi mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumida statuslar kam bo'lgan qabila boshlig'i, erkak, ayol, qiz, shaman, qariya, ovchi, farzand, va h.k. Zamonaviy jamiyatda professional statuslarning o'zi, 40.000 ga yaqin. Oila, nikoh-qarindoshlik munosabatlari 200 ga yaqin Yuzlab siyosiy, diniy, iqtisodiy statuslar mavjud. Ularning har birini orqasida esa etnik guruh-millat, elat, qabila va h.k. mavjud. Bular ham statuslar, ular demografik sistemaga kiradi. Rus sotsiologi A.Kravchenko (1949) Jamiyatning sotsial strukturasini arining uyasiga qiyoslaydi. Ko'p sonli bo'sh yacheykalar bir biriga qapishgan. Sotsial uyalar bir biriga mustahkam fundament-sotsial funktsiyalar bilan bog'langan. Download 27.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling