1 So’z uslublari va undan foydalanish
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamalar mezoni va komponentlari
Download 64.09 Kb.
|
jismoniy madaniyat mus ish
14 Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamalar mezoni va komponentlari.
Kishining chidamlilikni talab qiladigan mashqlardagi funksional imkoniyatlari bir tomondan, tegishli harakat malakalari texnikani egallash darajasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, organizmning aerob va anaerob imkoniyatlari bilan belgilanadi. Nafas olish imkoniyatlari uncha maxsus emas, ular harakatlarning tashqi shakliga juda ham bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun agar kishi mashqlar yordamida, masalan, yugurishda o‘zining aerob imkoniyatlari darajasini oshirgan bo‘lsa, bu boshqa harakatlarni bajarishga - yugurishga yoki chang‘ida yugurishda ham ta’sir etadi. Mazkur sportchi organizmining vegetativ tizimlarining ishlash imkoniyatlari barcha shunga o‘xshash harakatlarni bajarishda ham yuqori bo‘ladi. Shartli qilib aytganda, vegetativ mashq ko‘rganlikning umumlashgan xarakteri chidamlilikni ko‘chirish uchun keng miqyosda qulay sharoitlar yaratadi. Biroq har bir ayrim holda ko‘chishning mavjudligi yoki yo‘qligi organizmning energetik imkoniyatlariga va harakatlarning barcha xususiyatlariga ega bo‘lgan talablar bilangina emas, balki harakat malakalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik xarakteri bilan ham belgilanadi. Masalan, yurish va yugurishdagi harakatlarning koordinatsion tuzulishlari hamda tezkor kuchlilik xarakteristikalari ko‘p jihatdan boshqa bo‘ladi. Shuning uchun yugurish tezligini mashq qildirish yo‘li bilan oshirilishi yurishdagi maksimum tezlika ta’sir etmaydi. Bunda tezkorlik kuchaymaydi. Ayni vaqtda uzoq masofalarda yugurish va yurish o‘rtasida mashq ko‘rganlikning o‘sishi shubhasizdir. Ish quvvati qancha kam bo‘lsa, ish natijasi harakat malakalarining mukammallik darajasiga qancha kam bog‘liq bo‘lsa, kishining aerob imkoniyatlariga shuncha ko‘p bog‘liq bo‘ladi. Ish quvati juda kam bo‘lganda aerob imkoniyatlarining qiymati shunchalik katta bo‘ladiki, shunga o‘xshash ishlardagi chidamlilik umumiy xarakterda bo‘lib qoladi. Umumiy chidamlilik barcha muskul guruhlarini ishga soladigan, o‘rtacha intensivlikda uzoq davom etadigan ishlardagi chidamlilikdir. Shuning uchun umumiy chidamliliklarning fiziologiyasi kishining aerob imkoniyatlaridir. Chidamlilikni tarbiyalash jarayonida organizmning umumiy chidamlilikni maxsus turlarini belgilab beradigan funksional xususiyatlarini har tomonlama o‘stirishning bir qator vazifalarini hal etish talab qilinadi. Ish jarayonida charchoq paydo bo‘lganiga qaramay, mashqni davom ettirish albatta zarur bo‘ladigan, katta hajmdagi, anchagina zerikarli va og‘ir ishni bajarmay turib, bu vazifalarni hal qilishni tasavur etish ham qiyin. Shu munosabat bilan irodaviy fazilatlarga alohida talablar qo‘yiladi. Chidamlilikni tarbiyalash, mehnatsevarlikni, katta jismoniy yuklamalarga va nihoyatda horg‘inlik hissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan birga olib boriladi. Jismoniy tarbiya jarayonida organizmning aerob imkoniyatlariga ta’sir etish orqali uch vazifa hal etiladi: a) kislorod iste’mol qilish maksimal darajasini oshirish; b) shu darajani uzoq vaqtgacha saqlab turish qobiliyatini rivojlantirish; v) nafas olish jarayonlari maksimal miqdorgacha tezroq yetishini oshirish. Yurak va nafas olish tizimlarining maksimal ravishda ishlashiga erishiladigan hamda uzoq vaqt mobaynida juda ko‘p kislorod iste’mol qilinishini ta’minlaydigan mashqlar nafas olish imkoniyatlarini oshirish vositalari jumlasidandir. Bular orasida mumkin qadar ko‘proq muskullar qatnashadigan mashqlar samaradordir. Agar imkon bo‘lsa, mashg‘ulotlarni kislorodga boy bo‘lgan joyga ko‘chirish ancha foydali. Mashqlarni kritik darajaga yaqin intensivlikda bajarish tavsiya etiladi. Aerob imkoniyatlarni oshirishda bir me’yorda mashq qilish metodidan, shuningdek, takroriy va o‘zgaruvchan mashq metodlaridan foydalaniladi. Bir me’yorda to‘xtovsiz mashq qilish umumiy chidamlilikni tarbiyalashni dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, keng qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, kislorod iste’mol qilishini ta’minlaydigan tartiblarning ishidagi uyg‘unlik bevosita mashq jarayonida oshadi. Agar mashqlar organizmga uzoq vaqt ta’sir etib tursa, bu ortish yanada ko‘proq bo‘ladi. Ba’zi bir organlar va tizimlarning funksional imkoniyati unchalik tez bo‘lmagan, lekin uzoq davom etadigan ishlami bajarishda jadallik bilan ortib boradi. Biroq to‘xtovsiz ishlaganda maksimal miqdorda kislorod iste’mol qilishni saqlab turish organizm uchun juda qiyin. Odatda, chegara darajada kislorod iste’mol qilib ishlash 10-12 daqiqadan oshmaydi. Aerob imkoniyatlarini oshirishda - garchi birinchi qarashda parodaksal bo‘lib ko‘rinsa ham - ozgina dam olish oraliqlariga bo‘lingan qisqa muddatli takrorlash tarzida bajarilayotgan ishlar ko‘proq samara beradi. Download 64.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling