1 So’z uslublari va undan foydalanish
Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari
Download 64.09 Kb.
|
jismoniy madaniyat mus ish
2 Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari.
Ko‘p yillik jismoniy tarbiya jarayenida jismoniy mashqlar, tabiyatnining sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillardan jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasidir. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruxlarga ajratilib, tarbiya jarayenining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyeriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyat lari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, tuplandi va usluban tuldirildi. Tarbiya amaliyetida, asosan, inson mehnat faoliyatida kullaydigan harakatlarini ko‘prok mashq qiladi. Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlarda, bayramlardagi o‘yinlar, rakslar, harbiy faoliyatdagi, san’atdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyeriy harakatlar manba bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar tabiatining tabiiy qonunini I.M. Sechenov va I.P Pavlovning ilmiy dunekarashi ochib berdi. Ixtiyeriy harakat Sechenovning fikricha, ong va akl bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, harakatlar bosh miya pustlok qismining tuplash xususiyati bilan bog‘liqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi. Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar. Har xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yeki turli xildagi jismoniy mashqlarning bir xil tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi amaliyetda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir. Tarbiya jarayenida jismoniy mashqlarning samarali ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayenni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quyidagicha guruxlangan: 1. O‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy xarakteristikasini bilish asosiy omillardin biri. Ta’lim jarayeni ikki tomonlama – o‘quvchilar ukiydi, o‘qituvchi ukitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning ta’siri keng darajada kim ukitayetganligiga va kimlarni ukiyetganligiga, axlokiy sifatlariga va iktidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyergarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, kizikishi, harakat faolligi hamda boshqalarga bog‘liq. 2. Ilmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini inson tomonidan anglash meyerini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psihologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik chukur ishlab chikilgan bo‘lsa, pedagogik vazifalarni hal qilish uchun shunchalik samarali foydalanish mumkin. 3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydalanishda amal kilinadigan juda keng kamrovdagi talablar guruxini umumlashtiradi. Jismoniy mashqni o‘qitish davomida yeki boshqa pedagogik vazifani hal qilish uchun kullayetib (masalan, jismoniy kobiliyatlarni rivojlan tirsh uchun) shuni xisobga olish kerakki, birinchidan, shu jismoniy mashqdan kutilayetgan samara, ya’ni bu mashq bilan qanday vazifalarni (bilim berish, tarbiyalash, sog‘lomlashtirish) hal qilish mumkin; ikkinchidan, uning tuzilishi – statik yeki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik yeki boshqacha harakatmi; uchinchidan, mumkin bo‘lgan takrorlash usullari (bo‘laklarga ajratib yeki mashqni to‘la bajarish bilan o‘rgatish maqsadga muvofikmi, takrorlashlar oraligida aktiv dam olishni qo‘llashmi yeki passiv dam olishnimi va xokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi qo‘yilgan pedagogik vazifalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy vazifasi harakat ko‘nikmalari va maxsus bilimlarini egallashdir. Jismoniy tarbiya jarayonida ham ta’lim ham tarbiya amalga oshiriladi. Bundan o‘rgatishning asosiy fani bo‘lib o‘zaro bog‘langan harakat tizimini o‘z ichiga oluvchi ratsional harakat faoliyatlari hisoblanadi. Biror bir harakatga o‘rgatish shug‘g‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, fuksional imkoniyatlarini oshirish va rivojlantirish, sogliqni mustahkamlash va h.k. lar bilan bog‘liqdir, hamda jismoniy sifatlarini oshirish sodir bo‘ladi. Harakat faoliyatlariga turli va konkret vazifalarni hal etgan holda o‘rgatiladi. Ko‘pgina holda quyidagilarga olib kelinadi: 1. Harakatning dastlabki maktabini ta’minlash, ya’ni harakat faoliyatini murakkab shakllari uchun dastlabki bazani yaratgan harakat apparatining asosiy bo‘ginlarida oddiy harakatlarni boshqarishga o‘rgatish. Masalan yuqori stardan chiqish. 2."Yerdamchi” mashqlar yangi yoki ayrim jismoniy sifatlar qobiliyatlarni rivojlanishiga ta’sir etuvchi vositalar sifatida foydalaniladigan harakatlarga o‘rgatish. Masalan: har-xil usulda balandlikka sakrash- plankasiz oyoqlarni har-xil ketma-ketli harakatlari 3.Kundalik hayotda, faoliyatning mehnat, sport va boshqa sohalarda zarur bo‘lgan asosiy harakat ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda takomillashtiruvning kerakli darajaga olib borish. Masalan: har-xil sport turlari. Bu vazifalarning xarakteriga va o‘rganilayotgan harakat faoliyatlarining xususiyatlariga bog‘liq holda o‘qitish jarayoni bir qator xususiyatlariga egadir. Ma’lumki, vazifalarning qiyinligiga qarab ularga sarf bo‘ladigan vaqtlar ham turlichadir. Masalan: bir-ikki bo‘g‘inli gimnastika harakatlariga o‘rgatish mu’lum holatlarda nisbatan tezroq bo‘ladi, lekin ularni o‘zlashtirish hamda murakkab harakat foliyatlarni yuqori darajaga oshirishga ba’zan yillab vaqtlar ketadi (misol: shest bilan sakrash). Bunday holatda o‘rgatish metodikasi ham farq qiladi. Harakat faoliyatining tuzilish murakkabligi ma’lum darajada harakatga dastlabki harakatda asosiy metodlarni tanlashni oldindan aniqlaydi. Oddiy harakatlarga o‘rgatishda butunlicha o‘rgatish qo‘llanilsa, murakkab mashqlarda esa qismlab o‘rgatish qo‘llaniladi. Harakatning tayyorlov, asosiy, yakuniy vazifalari orasida bog‘lanish muhim ahamiyatga va xususiyatlarga egadir. Download 64.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling