1 So’z uslublari va undan foydalanish


Download 64.09 Kb.
bet1/14
Sana24.04.2023
Hajmi64.09 Kb.
#1394737
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
jismoniy madaniyat mus ish


1 So’z uslublari va undan foydalanish
So‘zdan foydalanish usullari - O‘qituvchi o‘z faoliyatini asosan so‘z yerdamida (konstruktivlik, tash kilotchilik, izlanuvchanlik) amalga oshiradi, shuningdek o‘quvchilar bilan o‘zaro mulokat va munosabat urnatadi. So‘z ta’lim ja rayonini faollashtiradi, aytarli to‘la va aniq tasavvurning shakillantiradi, ta’lim ning vazifasini chukurrok xis qilish va fikrlashga yordam beradi. So‘z yordamida o‘qituvchi o‘quv materialidan foydalanadi, uning o‘zlashti rilishi natijasini baholaydi va taxlil qiladi, bu bilan o‘quvchini uz-o‘zini baholashga o‘rgatadi. Va nihoyat, so‘z bo‘lmaganda, o‘qituvchi ta’lim ning barcha jarayoniga xos holatni va o‘quvchining xulki yurish-turishi boshqa shu kabi jarayonlarni boshqara olmagan bular edi.
Shunday qilib, o‘qituvchi so‘zning ikki funksiyasidan foydalanish imkoniga ega: birinchidan - ma’nosi orkali o‘qitilayotgan material ning mazmunini ifodalash; ikkinchidan emotsionalligi - o‘quvchi xissiyotiga ta’sir etishi.
So‘zning ma’nosi harakat vazifasini amalga oshirish uchun aniq va o‘quvchilar tushunarli bo‘lishi lozim. B.A. Ashmarin (1979) shu yo‘nalish bo‘yicha quyidagi uslubiy tavsiyalarni taklif etadi.
1. So‘z ma’nosining mazmuni o‘quvchilar xususiyatlari va ta’lim vazifalariga muvofiklashgan bo‘lishi. Yangi harakat faoliyatini o‘zlashtirishdan avval dastlabki tushuntirishdan foydalanish, eng avval harakat faoliyati asosini anglash va so‘ng harakat texnikasini detallarini bayon qilish va unga tushunib yetish.
2. So‘zdan foydalangan holda o‘zlashtiriladigan harakat faoliyatini foydasini uktirish. Masalan, bolalar tir mashib chiqishning erkin usulini bir oz bilganliklari sababli, ko‘pincha koordinatsiya talab qiladigan uch usul bilan tirmashib chiqishni o‘rganish xoxishni pasayishga olib keladi. Tushunarli tarzda bu usulning afzalliklari so‘zlab berilsa, o‘zlashtrishdagi salbiy munosabatni yo‘qka chika rish mumkin.
3. So‘zning harakat faoliyatidagi aloxida harakatlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda kerakligi. Buni, ayniksa, yo‘llanma beruvchi mashqlarni bajarishda yoddan chiqarmas lik lozim. Bu mashqlar aytarli emotsional bo‘lmay, ularni o‘zlashtiri layotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan bog‘liqligini anglash kerak ligi talab kilinadi.
4. O‘qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirishdagi so‘ziga katta ahamiyat berish, asosiy zurikish talab kilinadigan dakikalarini tushunish. Bu maqsadda ko‘pincha ko‘rsatma bilan aytish tarzidagi so‘zlar, iboralar (“kullarni”, “boshni”, “ale op”. va. x.k.)dan foydalaniladi.
5. So‘z obrazli bo‘lishi kerak, bu uning ko‘rgazmaliligini oshiradi va o‘quvchilarga ancha tushunarli qiladi. O‘quvchilar bilimlari va harakat tajribasini xisobga olgan holda, o‘qituvchi qo‘yilgan vazi falarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan kerakli dakikalarga o‘quvchi dik katini qaratishi mumkin.
6. O‘quvchilarga ular avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari xakida (tuzatishga to‘g‘ri kelib kolgan payitlar bundan mustasno) gapirish maqsadga muvofik emas. Agar uki tuvchi o‘quvchining avtomatlashgan harakatlari xakida gapirsa, o‘quvchi ijro vaqtida harakatni usha fazalari ustida uylaydi, natijada avtomat lashgan harakatlar tarkibida o‘zilishlar sodir bo‘ladi.
Jismoniy bilimlarni egallashda terminlarning ham muxim ahamiyatibor. Terminlar o‘quvchilarga uzlari uchun yangi bo‘lgan tushuncha va tasavvurlariga so‘z orkali urgu beradi. Tanish tushunchalarni aniq ajratish, ukitvuchiga esa umum qabul kilingan tushunchalar - so‘zlar bilan tushuntirishni osonlashtiradi. Nihoyat o‘qituvchi va o‘quvchi orasida qisqa, keng ma’noli so‘zlarning ma’lum ma’nolari asosida o‘zaro tushunish – mulokat vujudga keladi.
Terminlarda kasbning tarixi aks ettiriladi, masalan, gimnastika da ko‘prok chexlar, shvedlarning atamalari; futbolda, tennisda, boksda ing lizcha; kilichbozlikda ko‘pincha fransuzcha atamalar, so‘zlar ko‘p uchraydi. Xozirgi kundagi chet el terminlarini uzbek tiliga tarjima qilish, milliy atamalarimiz bankini yaratish jismoniy tarbiya nazariyasining eng yirik muammolaridan biri bo‘lib qolmokda. Xozirgi zamon terminlari va atamalarini yaratilishiga quyidagi talablar qo‘yilmokda (V.V. Belino vich, 1958).
1. Atama yoki termin ko‘rsatuvchan bo‘lishi lozim, ya’ni mashq texnikasining asosini ifodalasin. Shundagina ular uzlari uchun xos bo‘lgan mazmunni egallaydilar.
2. Atama aniq bo‘lishi kerak. Bu talabni bajarish jismoniy mashq xarakterini shunchalik aniq aks etirilishi kerakki, uni tushun tirish va izoxlashga xojat qolmasin. Bu o‘qituvchi va o‘quvchilar mulokati - fikr almashinuvini aytarli darajada qisqa va tushunarli qiladi.
3. Atamalar qisqa bo‘lishi kerak. Agar bu talab bo‘zilsa termin larni qo‘llash ifodalashga aylanib qoladi. Qisqalik juda ham aniq so‘z topib ishlatishni talab qiladi.
4. Atama tushunarli bo‘lishi lozim. Atamalar ta’lim jarayoni ning tiliga shunday aylanishi mumkinki, agarda, qo‘llanilayotgan so‘z – atamalar o‘quvchini tushunish kuchiga yarasha bo‘lsa hamda ularda umumiy qabul kilingan adabiy tilda vosita sifatida qo‘llansa.
So‘zning emotsionallik xizmati o‘quv va tarbiyaviy vazifa larni hal etishda muxim ahamiyatga ega. Emotsional jixatdan rango-rang lik so‘zning ta’sir kuchini oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o‘qituvchining o‘z faniga, o‘quvchiga bo‘lgan munosabatini bildiradi, o‘quv chi kizikishini oshiradi, o‘z yutugiga ishontiradi qiyinchiliklarni yen gish uchun ishonch tugdiradi.
Umumiy pedagogika jarayonida so‘zdan doimo foydalaniladi. Jismo niy tarbiya jarayonida uni qo‘llash o‘ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyat lari bilan ajralib turadi.
Aytib berish(hikoya) o‘quvchi faoliyatini o‘yin tarzida tashkillash uchun ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladi.
So‘zda ifodalash - bu harakat faoliyati xususida tasavvur xosil qilish usuli bo‘lib, faoliyatning xarakterli belgilari sanaladi, so‘z orkali nima qilish lozimligi tushuntirilib, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi aytiladi. Undan dastlabki - birlamchi tushuncha xosil qilish yoki eng sodda harakatlarni o‘zlashtirishda o‘quvchining harakat tajribasi va bilmidan foydalanishda qo‘llaniladi.
Tushuntirish - harakat faoliyatlariga ongli munosabatning muxim usullaridan biri bo‘lib, u asosiy «nima uchun?» degan savolga javob beradi.



Download 64.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling